Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

O`zbekiston YOSHLAR ITTIFOQI

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi

 SAFAROV BAXRIDIN TURG’UNOVICH

 Telefon: 0 (374) 223-46-11

 Faks:       0 (374) 223-46-11

 Uyali:     +998 93 412-08-72

                +998 99 326-91-91

  E-mail: @andmiedu.uz   

 

O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI” HAQIDA

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilindi.

O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 – barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;

– yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;

 – yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;

– iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

– yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullan ishga keng jalb qilish;

– yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Ittifoq o‘z faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar Dasturini qabul qilishi mumkin.