Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!

Siz zamonaviy ta’lim yo’nalishlarida tahsil olib, raqobatbardosh kadr bo’lmoqchimisiz?

Agar shunday bo’lsa, sizga Andijon mashinasozlik instituti yordam beradi!

O’qishga marhamat!

 Andijon mashinasozlik instituti xorijiy davlatlar abituriyentlarini o’qishga chorlaydi!

Orzular ushaladigan vaqt keldi! Endi siz, O’zbekiston Respublikasida o’zingiz uchun mos, 30 dan ortiq turli zamonaviy ta’lim yo’nalishlarida to’lov-kontrakt asosida tahsil olishingiz mumkin.

Ushbu imkoniyatdan O’zbekistonda istiqomat qilayotgan Qirg’iziston va Tojikiston Respublikasi fuqarolari ham foydalanishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

O’qish turi: Bakalavriat

Kontrakt to’lovi: (ikkiga bo’lib to’lanishi mumkin).

Kunduzgi ta’lim yo’nalishlari (4 yil):

  • 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  • 5230200 Menejment (tarmogrlar va sohalar bo’yicha)
  • 5230900 Buxgalteriya zrgsobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)
  • 5310500 Avtomobilsozlik va traktorsozlik
  • 5310600 Transport vositalari muhandisligi (turlari bo’yicha)
  • 5310700 Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5311000 Texnologiya jarayonlar va ishlab chitsarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5312100 Energiya tejamkorligi va energoaudit
  • 5312400 Muqobil energiya manbalari (turlari bo’yicha)
  • 5312500 Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5312600 Mexatronika va robototexnika
  • 5312700 Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  • 5313000 Biotibbiyot mudandisligi
  • 5320100 Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
  • 5320300 Texnologiya mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5330200 Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  • 5620100 Transport logistikasi (transport turlari bo’yicha)
  • 5620400 Yo’l harakatini tashkil etish
  • 5620600 Avtomobil servisi
  • 5640200 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo’yicha)

 

 Sirtqi ta’lim yo’nalishlari (5 yil):

  • 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  • 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)
  • 5310500 Avtomobilsozlik va traktorsozlik
  • 5310600 Transport vositalari muhandisligi (turlari bo’yicha)
  • 5310700 Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5320100 Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish
  • 5320300 Texnologik mashinalar va jixozlar (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5640200 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo’yicha)

 

YUqoridagi yo’nalishlarni tanlang va faqatgina SUHBAT asosida to’lov-kontrakt shaklida Andijon mashinasozlik instituti talabasi bo’ling!

O’qish 2020 yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

O’qishga pasport va o’rta (mahsus) ma’lumoti haqidagi hujjat taqdim etiladi.

Hujjatlar 20 avgustgacha qabul qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun:

+998742259102

www.andmiedu.uz

Manzil: Andijon shahri, Boburshox ko’chasi 56-uy.

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTIGA XORIJIY TALABALARNI QABUL QILISH BOSQICHI

O’qishga kirish

Andijon mashinasozlik instituti (AndMI) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi № PQ-3775-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan me’yoriy xujjatlar asosida chet el fuqarolarini suhbat asosida test sinovlarisiz o’qishga kabul kiladi.

CHet el fuqarolari institutning Xalqaro aloqalar bo’limiga quyidagi hujjatlarni ONLAYN tarzda taqdim etishlari lozim:

  • Bakalavriatura bosqichiga: o’rta yoki o’rta maxsus ta’limi diplomi/shaxodatnomasi (sertifikat)
  • Skaner shaklidagi fuqarolik pasporti

O’qish jarayoni

AndMIda o’quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi (02.09-30.06). O’quv jarayoni davomiyligi bakalavriatura bosqichi kunduzgi bo’limda – 4 yil,  sirtqi bo’limda – 5 yil etib belgilangan.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun, iltimos institutning Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat qiling

(e-mail: xab@andmiedu.uz; tel: +998742343164).

AndMIda tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun rus va o’zbek tillarida amalga oshiriladi, shu sababli nomzodlardan rus tilidan mukammal bilim darajasi talab qilinadi.

Turar joy uchun ro’yhatdan o’tish hamda viza olish jarayoni

Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik ro’yhatdan o’tkazish oliy ta’lim muassasalarining O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan o’zaro kelishuvi asosida O’zbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning o’z davlatida joylashgan O’zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan taqdim qilinishi mumkin.