Xalqaro bo’lim boshlig’i
Jo`raev Zafar Botirovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon:0 (374) 235-12-64
+998 (93) 442-42-30
E-mail: andmi-xab@mail.ru; xab@andmiedu.uz; ird-andmi@umail.uz;Faks: 0 (374) 223-43-67
Bo`lim haqida
Andijon mashinasozlik instituti xalqaro aloqalar bo`limi tarkibiy bo`linma sifatida 2014-yildan boshlab faoliyat ko`rsatmoqda. Bo`limga shtat jadvaliga asosan ikkita shtat ajratilgan: bo`lim boshlig‘i va bo`lim uslubchisi. 2015 yil avgust oyidan boshlab bo`lim boshlig‘i lavozimida texnika fanlari nomzodi, dotsent Jo`raev Z.B. ishlamoqda, 2015 yil noyabr oyidan boshlab esa ikki nafar hodim 0,5 stavkada O.Tursunov va A. Yusufovlar faoliyat olib bormoqdalar. Andijon mashinasozlik instituti Xalqaro Texnika universitetlar assotsiyasiyasining to`laqonli a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda, 50 dan ortiq oliy o`quv yurtlari bilan xalqaro bitimlar, ahdlashuv memorandumlari imzolangan va ular asosida tegishli tadbirlar amalga oshirmoqda.
O`zbekistondagi xalqaro hamkorlik agentliklari bilan ishlash
2016 yil davomida O`zbekistonda faoliyat olib borayotgan beshta halqaro tashkilotlar bilan – Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA), Shveytsariya rivojlantirish va hamkorlik agentligi (SDC), Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA), Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ), Britaniya Kengashi (British Council), UNESCOning O`zbekistondagi milliy komissiyasi bilan hamkorlik o`rnatildi.
Yaponiya xalqaro xamkorlik agentligi (JICA) tomonidan e’lon kilingan Yaponiyada “Sanoat texnologiyalari sohasida ta’lim” o`quv kurslarida ishtirok etish uchun tanlovga Andijon mashinasozlik institutidan “Avtomobilsozlik” kafedrasi katta o`qituvchisi Yusupov Sarvarbek Sodiqovich nomzod sifatida ko`rsatildi va grantga sazovor bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 16 sentyabrdagi 87-02-78 sonli rozilik xatiga xamda Andijon mashinasozlik institutining 2016 yil 23 sentyabrdagi buyrug‘iga asosan Yusupov Sarvarbek 29 sentyabrdan 13 noyabrgacha Yaponiyaning Nagoyadagi Chubu universitetida malaka oshirish kurslarida qatnashdi.
“Gidropnevmoyuritmalar” kafedrasi assistenti Xaydarov Sardor Xitoy Xalq Respublikasi Grantlar Konsulligi (Chinese Scholarship Council) tomonidan moliyalashtiriladigan grantlar dasturida ishtirok etib, Beixang univeritetida doktoranturada o`qish uchun to`liq grant soxibi bo`ldi.
Shveytsariya rivojlantirish va hamkorlik agentligining “Kasbiy ko`nikmalarni rivojlantirish, IV faza” loyihasi doirasida institut professor o`qituvchilari tomonidan malaka oshirish markazlari uchun 4 ta tajribaviy o`quv qo`llanmalari nashrdan chiqarildi.
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturlarida ishtiroki
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ milliy ofisi (NEO) bilan hamkorlik davom etmoqda. TEMPUS loyihasi doirasida institut professor-o`qituvchilari tomonidan hozirgi kunda “Magistral yo`llar qurilishi va transport vositalarini loyihalash magistratura o`quv dasturlarini rivojlantirish” mavzusida xalqaro loyiha bo`yicha faoliyat olib bormoqdalar. Ushbu loyixa doirasida “Avtomobilsozlik” kafedrasining katta o`qituvchisi Yusupov Sarvarbek Sodiqovich Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 17 fevraldagi 87-03-364 sonli rozilik xatiga asosan 2016 yil 21 fevraldan 28 fevralgacha Ruminiyaning Buxarest shahridagi Buxarest Politexnika Universitetida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi.
2016-yil uchun “Erasmus+” dasturining Oliy ta’limni rivojlantirish bo`yicha e’lon qilingan tanloviga D kategoriyasi bo`yicha Gretsiyaning Tessaloniki Texnologiya universiteti (ATEITH) va Egaleo Amaliy Tadqiqotlar universiteti (PUAS), Italiyaning Florensiya Texnologiya universiteti (UNIFI) va Kesiya ilmiy-tadqikot O`quv Markazi (CESIE), Ispaniyaning Valensiya Politexnika universiteti (UPV), Belgiyaning Gent universiteti (UGent), Kiprning Texnologiya universiteti (CUT) hamda Toshkent shahar Turin politexnika universiteti (TTPU), Toshkent Davlat Texnika universiteti (TSTU), Andijon Davlat universiteti (ASU) bilan hamkorlikda “Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi asosida mutaxassislar tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirishining yangi uslublarini joriy etish” (EOL) mavzusida joriy yilning fevral oyida loyiha xujjatlari taqdim etildi. Loyiha talabnomasining tartib raqami № 574285-EPP-1-2016-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP.
“Erasmus+” dasturining Oliy ta’limni rivojlantirish 2016-yil uchun B kategoriyasi bo`yicha Buyuk Britaniyaning Vestminster Universiteti (UofW), Gretsiyaning Tessaloniki Texnologiya universiteti (ATEITH), Ispaniyaning Kataloniya Universiteti (UOC), Toshkent shahar Turin politexnika universiteti (TTPU), Toshkent shaxridagi Vestminster Halqaro Universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Urganch Davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “O`zbekistonda oliy ta’lim va ijtimoiy-muxandislik o`quv dasturlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish” (BLISSE) mavzusida 2016 yil fevral oyida loyiha xujjatlari taqdim etildi. Loyiha talabnomasining tartib raqami № 573849-EPP-1-2016-1-UK-EPPKA2-CBHE-JP.
Italiyaning Turin Politexnika Universiteti bilan “Erasmus+” dasturining “Kredit almashinuvi” kategoriyasi bo`yicha loyiha hujjatlari o`rnatilgan tartibda arizalar 2016 yil 2-fevralda taqdim etildi va 2016-2020 yillarga rejalashtirilgan loyihaga ega bo`ldi.
Xalqaro grantlar
2016-yilning fevral oyida UNESCOning oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari uchun grantlar tanlovi (UNESCO-UNITWIN/UUOOI)da institutning 24 nafar professor-o`qituvchilari ishtirok etib, 6 nafari UNESCO-UNITWIN granti sovrindori bo`ldilar. UNESCO va Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining ilmiy izlanuvchilar uchun “Buyuk devor” qo`shma stipendiyalar tanloviga “Avtomobilsozlik” kafedrasining katta o`qituvchisi Yusupov Sarvarbek va Kasimov Ikboljonlarning xujjatlari yuborildi.
Xalqaro Konferetsiyalar
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 yanvardagi 27-sonli buyrug‘iga asosan shu yil 19-21 aprel kunlari Andijon mashinosozlik institutida an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi. Konferensiyada ishtirok etish uchun 150 dan ortiq Rossiya Federatsiyasi texnik oliy o`quv yurtlari, 30 dan ortiq turli davlatlardagi OTMlar, xamda 10 dan ortiq O`zbekistonda faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar va fondlar taklif etildi.
Xorijiy delegatsiyalar
2016-yil 4 may kuni Andijon mashinasozlik institutiga Yaponiya “Xalqaro Ta’lim Instituti” (ISI) Prezidenti Ogino SHojiro, uning yordamchisi Tanabu Asami (ISI), maslahatchisi Xirokava Maasaki (ISI), iborat delegatsiya davlatlar orasida ta’lim soxasidagi aloqalarni kengaytirish, va xususan, mashinasozlik yo`nalishi bo`yicha Yaponiya “Xalqaro Ta’lim Instituti” (ISI) xamda AndMI bilan xamkorlikni yo`lga qo`yish, Andijon mashinasozlik institutida yapon tili markazini ochish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif natijasida instituti iqtidorli talabalari va uchun “Xalqaro Ta’lim Instituti” prezidenti janob Ogino Shojironing Yaponiyada o`qish imkoniyatini beruvchi mahsus grant va dasturlarini joriy etish bo`yicha dastlabki kelishuvlar bayonnomasiga imzo chekildi.
2016-yil 2 iyun hamda 15 iyun kunlari Janubiy Koreyaning avtomobillar konditsionerlari ishlab chiqaruvchi “HD PRECISION” kompaniyasi raisi Cho Bok Xyun, kompaniya prezidenti Park Xong U va katta maslaxatchisi In Choy, kompaniya hodimlari Jung Jintae va Ju Sun Sublardan iborat delegatsiya tashrif buyurdilar. Muzokaralar davomida Andijon mashinasozlik instituti talabalari va hodimlarini Janubiy Koreyaning Uzoq sharq universiteti (Far East University)da qisqa muddatli stajirovka o`tkazishlarini tashkil etish xamda Koreya avtomobil texnologiyalari universiteti (KATECH)ning o`quv reja, dasturlaridan foydalanib, Andijon mashinasozlik instituti o`quv reja, dasturlarini takomillashtirish masalalari bo`yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
2016-yil 2 sentyabr kuni Germaniyaning Gamburg texnologiya universiteti professori doktor Xanno Shaumburg Andijon mashinasozlik insitutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Germaniyaning ekologiya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “O`zbekiston axoli yashaydigan joylarida iqlim o`zgarishiga moslashuv” grant loyixasi natijalarini yoyish va quyosh energiyasidan foydalanishni rivojlantirish bo`yicha Germaniyaning Gamburg texnologiya universiteti xamda Andijon mashinasozlik instituti o`rtasida xamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari ko`rib chiqildi. Shu yilning 29-30 noyabr oyida Toshkent Texnika Universitetita bo`lib o`tgan halqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunida Andijon mashinosozlik instituti rasman loiyixa konsorsiumiga a’zo bo`lganligi e’lon qilindi hamda 8 dekabrdagi loyiha rahbari doktor Xanno Shaumburg elektron xati orqali institutga muqobil energiyasi bo`yicha 5 ming evroga teng bo`lgan o`quv-laboratoriya stendi ajratilgani xabar qilindi.
2016-yil 12 avgust kuni O`zbekistondagi Koreya xalqaro xamkorlik agentligi(KOICA) volontyorlar dasturi menedjeri Shin Yung Yong va Anvar Shomirzayevlardan iborat delegatsiya Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Andijon mashinasozlik instituti Axborot texnologiyalari markazining ko`ngilli (volontyor)lar taklif etish bo`yicha talabnomasiga asosan Choleon Von 2016 yil 24 oktyabrdan boshlab institutda ikki yil mobaynida faoliyat ko`rsatishi to`g‘risida kelishib olindi. Xozirda KOICA volontyori janob Choleon Von institutning Axborot-texnologiyalar markazida o`z faoliyatini boshladi.
Hozirgi kundagi faoliyati va xalqaro loyihalar
Ayni paytda Institutning “Avtomobilsozlik” kafedrasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Tempus (hozirda Erasmus+) dasturi HIGHVEC: “Magistral yo`llar qurish va transport vositalarini loyihalash magistratura o`quv dasturlarini rivjolantirish” loyihasi ishtirokchisi hisoblanadi.
Hozirgi kunda “Erasmus+” dasturining Oliy ta’limni rivojlantirish bo`yicha 2016-yil 20-oktyabr kuni, 2017-yil uchun e’lon qilingan dasturida qatnashish uchun to`rtta yo`nalishlar bo`yicha institut o`z loyihalarini taqdim etish bo`yicha takliflar ishlab chiqmoqda. Jumladan,
- “Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi asosida mashinosozlik yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishining yangi uslublarini joriy etish” (EOL) – konsorsium 16 ishtirokchi;
- “Mexatronika yo`nalishi bo`yicha mutaxassislar tayyorlashda o`quv yurtlarining salohiyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish” (UzMech) – konsorsium 8 ishtirokchi;
- “O`zbekistonda meditsina injeneriyasi yo`nalishi bo`yicha mutaxassislar tayyorlashning tizimli yondoshuvi” (UZMEDING) – konsorsium 8 ishtirokchi;
- “O`zbekistonda muqobil energiyasidan unumli foydalanishga qaratilgan oliy o`quv yurtlari va kasbiy ko`nikmalarni rivojlantirish markazlarida Yevropa modul-kredit tizimidan (ECTS) foydalanilgan holda dasturlar ishlab chiqish” (ALTER) – konsorsium 8 ishtirokchi
“Erasmus+” dasturining “Kredit almashinuvi” kategoriyasi bo`yicha 2017 yilga e’lon qilingan dasturida qatnashish uchun Evropaning qo`yidagi oliy o`kuv yurtlari bilan qo`shma loyihalarini taqdim etish bo`yicha XAB takliflar ishlab chiqmoqda:
- Latviya – Riga transport va aloka instituti
- Litva – Vilnyus texnika universiteti
- Polsha – Jeshuv texnika universiteti
Andijon Mashinasozlik instituti
Xalqaro aloqalar bo`limi
Manzil: Andijon shahar, Boburshoh ko`chasi, 56a
Mashinasozlik fakulteti binosi, № 218
Tel: 0 (374) 235-12-64
e-mail: andmi-xab@mail.ru, andmi_xab@edu.uz; ird-andmi@umail.uz;