Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i –

YUSUPOVA MALIKA BOTIRALIYEVNA

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Xizmat telefoni (0374) 223-44-09

Uyali aloqa +998 91 600-38-59

Elektron manzil: myusupova@rambler.ru

YUsupova Malika Botiraliyevna Toshkent xalq xo’jaligi instituti Andijon filialini 1985 yilda “Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 1993 yilda M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti aspiranturasini muddatidan ilgari tamomlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 dan ziyod, 190,0 b.t. hajmdagi ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar chop etgan. Jumladan, 2 ta o’quv qo’llanmasi, 35 dan ortiq uslubiy qo’llanmalar va 65 dan ziyod ilmiy, ilmiy-ommabop maqola hamda tezislar muallifidir.

«Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi»ga e-murojaat qiling

TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO’LIMI MAQSADI VA VAZIFALARI

Andijon mashinasozlik instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, bevosita institut tarkibiga kiradi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining asosiy maqsadi institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko’rishdan iborat.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

Institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;

Institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

Institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

Institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;

Institutning o’quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;

Institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;

bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

Institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish;

Institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib borish;

o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;

Institut Ilmiy kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;

ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.


Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi 
NIZOMI

Andijon mashinasozlik instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, bevosita institut tarkibiga kiradi.

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom Andijon mashinasozlik instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Andijon mashinasozlik instituti (keyingi o’rinlarda matnda – institut deb yuritiladi) tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi (keyingi o’rinlarda matnda – Bo’lim deb yuritiladi) institut tuzilmasiga kiradi.

3. Bo’limning asosiy maqsadi institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko’rishdan iborat.

4. Bo’lim boshlig’i va uning xodimlari Davlat inspektsiyasi boshlig’i tavsiyasiga ko’ra institut rektori buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

5. Bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspektsiyasi hamda institut rektorining buyruqlari va qonuniy ko’rsatmalariga, shuningdek Bo’lim to’g’risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

 Bo’lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etadi.

II. BO’LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKTSIYALARI

6. Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

Institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;

Institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

Institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

Institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;

Institutning o’quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;

Institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;

bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

Institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish;

Institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib borish;

o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;

Institut Ilmiy kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;

ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

7. Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

Institutda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o’quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo’yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo’nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;

ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o’rganadi;

talabalarning darslik va o’quv qo’llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo’llanmalar)  bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

Institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganadi va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qiladi;

o’quv jarayonida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o’rganadi va ularni takomillashtirish bo’yicha tegishli  takliflarni beradi;

ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, institut professor-o’qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig’ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo’yicha o’rganadi;

Institut tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o’quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, institutning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o’rganadi;

o’z sohasi bo’yicha ilg’or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo’nalishlari bo’yicha iste’molchilar bozorining o’rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;

ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;

talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o’rganadi;

Institutning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

Institutning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;

Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o’qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, institutdagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so’rovnoma asosida) o’rganadi;

Institut axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o’qituvchilar va talabalar salmog’ini aniqlaydi;

bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o’qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi;

ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi;

professor-o’qituvchilar reytingini aniqlash bo’yicha takliflar kiritadi;

talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;

Institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o’rganishning samaradorligi bo’yicha monitoring yuritadi;

talabalar bilimini baholash bo’yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o’rganadi va takliflar tayyorlaydi;

yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o’tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni Davlat inspektsiyasi boshlig’i hamda institut rektoriga o’rnatilgan tartibda taqdim qiladi;

Institutda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazadi;

Institut faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib o’rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

Institutda xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko’rsatadi;

bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etadi;

Davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan OTMlar reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda hamda boshqa topshiriq va  vazifalarni bajarishda ishtirok  etadi;

Institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarish uchun tajribali professor-o’qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o’rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda institut rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o’rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

Institutda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha olib borilgan o’rganishlar natijalari asosidagi takliflarni oliy ta’lim rahbariyatiga taqdim etadi.

III. BO’LIMNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

8. Bo’lim quyidagi huquqlarga ega:

Bo’lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun institut tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

Institut va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o’quvchilarni o’qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo’yicha ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o’quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o’rganish;

Institutda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o’z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;

Institutda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko’rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;

Institutda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazilishini tashkil qilish;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo’yicha xalqaro konferentsiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o’quvlarda ishtirok etish;

belgilangan tartibda OTM Kengashiga saylash va saylanish;

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

9. Bo’lim quyidagi majburiyatlarga ega:

xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o’z sha’niga dog’ tushirmaydi;

Davlat inspektsiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda institutning ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.

10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.

IV. BO’LIM ISHINI TASHKIL ETISH

11. Bo’lim Andijon mashinasozlik institut tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida institut rektori buyrug’iga muvofiq tashkil etiladi.

Bo’lim yuridik shaxs maqomiga ega emas.

12. Bo’lim 3 nafar xodim: bo’lim boshlig’i va ikki nafar bosh mutaxassisdan iborat.

13. Bo’lim boshlig’i va bosh mutaxassis lavozimlariga nomzodlar institut rektori buyrug’i bilan Davlat inspektsiyasi boshlig’i tavsiyasiga asosan tayinlanadi va Davlat inspektsiyasi boshlig’i ruxsati bilan lavozimlaridan ozod etiladi.

14. Bo’lim xodimlarining oylik ish haqi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son,40-modda; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 33-son, 852-modda) muvofiq belgilanadi va institut tomonidan to’lanadi. Bo’lim xodimlariga institut xodimlari lavozimlari uchun belgilangan moddiy rag’batlantirish shartlari qo’llaniladi.

15. Bo’lim faoliyatiga rahbarlik qilish bo’lim boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.

Bo’lim boshlig’ining lavozimi, dekan lavozimiga tenglashtiriladi.

Bo’lim boshlig’i bo’lmagan (ta’til, betoblik, xizmat safari) davrda uning vazifasini bajarish bosh mutaxassisning biriga yuklatiladi.

16. Bo’lim o’z faoliyatini yuritishda Davlat inspektsiyasiga va institut rektoriga bo’ysunadi.

17. Bo’limga ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassislar, shuningdek, ilmiy-pedagogik stajga ega bo’lgan shaxslar tarkibidan malakaviy talablarga muvofiq belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.

 V. BO’LIM XODIMLARINING MALAKA TALABLARI VA FUNKTSIONAL VAZIFALARI

18. Bo’lim boshlig’i lavozimiga qo’yidagi malaka talablari qo’yiladi:

oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega bo’lishi;

ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo’llay olishi;

ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo’lishi;

Institutning tarkibiy bo’linmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;

ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo’llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo’lishi;

o’quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi ishlarning mazmun-mohiyatini to’liq tushunishi, yangi avlod o’quv adabiyotlarini tayyorlash va ularga OO’MTVning grifini olish tartibini bilishi;

Institut professor-o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;

o’zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

19. Bo’lim boshlig’ining asosiy funktsional vazifalariga quyidagilar kiradi:

bo’lim faoliyatini O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspektsiyasi boshlig’i va institut rektori bo’yruq va ko’rsatmalari asosida tashkil etish;

bo’limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;

ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

Institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;

Institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

Institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

Institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;

ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;

Institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;

bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

Institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlar va treninglar o’tkazish;

o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;

Institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;

bo’lim xodimlarining lavozim vazifalari bo’yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko’ra ularni rag’batlantirish yoki intizomiy chora ko’rish haqida Davlat inspektsiyasiga va institut rahbariyatga o’rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;

ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo’limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

20. Bo’lim mutaxassisi lavozimiga qo’yidagi malaka talablari qo’yiladi:

oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik jihatidan) ega bo’lishi;

ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo’llay olishi ;

pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo’lishi;

ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo’llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo’lishi;

 o’quv, ilmiy–tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi ishlarning mazmun-mohiyatini tushunishi, yangi avlod o’quv adabiyotlarini tayyorlashga qo’yilgan talablarni bilishi;

o’zbek tilini mukammal, rus va xorijiy tillardan birini yetarli darajada bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

21. Bo’lim mutaxassisining asosiy funktsional vazifalariga quyidagilar kiradi:

o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspektsiyasi boshlig’i va institut rektori buyruq va ko’rsatmalari hamda bo’lim boshlig’ining topshiriqlari asosida tashkil etish;

bo’limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash;

Institutning o’quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek  oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazishni tashkil etish va ularning natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;

jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib borish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o’z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash choralarini ko’rish;

bo’lim faoliyatiga oid me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o’rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan bo’lim boshlig’i ruxsati bilan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish.

VI. YAKUNIY QOIDALAR

22. Bo’lim xodimlari o’z zimmasiga yuklatilgan va funktsional vazifalari doirasida Davlat inspektsiyasiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.

23. Bo’lim faoliyatiga oid nizolar, o’zaro munozaralar olib borish orqali yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.

24. Bo’lim nizomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining
2017 yil 30 dekabrdagi 50-son buyrug’ining 1- ilovasi bilan tasdiqlangan namunaviy Nizom asosida ishlab chiqildi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan holda institut rektorining 2018 yil 15 yanvardagi 19-son buyrug’ining 1-ilovasi bilan tasdiqlandi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan institut bo’limining Nizomi bo’lim xodimlari tomonidan o’ziga yuklatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

25. Mazkur Nizomni bekor qilish yoki unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish belgilangan tartibda Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

 

Andijon mashinasozlik instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining

2018 yil I chorak (yanvar-mart) uchun

 ISH REJASI

 

Amalga oshiriladigan ishlar mazmuni Ijro mexanizmi Bajarilish muddati Ijrochi mas’ullar
1. Andijon mashinasozlik instituti  tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tashkil etilganligini e’lon qilish va institut tarkibiy tuzilmasi tarkibiga kiritish.

Bo’lim Nizomi, bo’lim xodimlarining lavozim yo’riqnomalari, ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash

Bo’lim Nizomi, bo’lim xodimlarining lavozim yo’riqnomalari, ish rejasi namunaviy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan kelishiladi va institut Ilmiy Kengashida tasdiqlanadi. 2018 yil 17 yanvar TSNQB boshlig’i

M.B. YUsupova

2. Institut veb -saytida bo’limning maxsus sahifasini ochish. Unda bo’limning asosiy maqsadini yoritib berish. Institutda talabalar, professor-o’qituvchilar, xodimlar, kadrlar iste’molchilarining ta’lim  jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan fikr va takliflarini o’rganib borish maqsadida maxsus “Ta’lim sifati” ruknini yuritish. Bildirilgan fikr-mulohazalar tahlilini olib borish va tegishli takliflarni o’rnatilgan tartibda institut rahbariyatiga (Ilmiy kengashiga) kiritish Institut veb – saytida belgilangan tartibda sahifa ochiladi va uning faoliyati yo’lga qo’yiladi.

 Bildirilgan fikr-mulohazalar doimiy o’rganib boriladi va tegishli takliflar o’rnatilgan tartibda institut rahbariyatiga (institut Ilmiy kengashiga) kiritiladi.

2018 yil 25 yanvar,

(doimiy)

TSNQB xodimlari

M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

ATM boshlig’i

G’. G’. Parpiyev

3. Bo’lim faoliyati uchun zarur bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar nomenklaturasini shakllantirish, ularning mazmunini o’rganish va bo’limda ish yuritilishini tashkil etish Bo’lim faoliyatiga tegishli me’yoriy -huquqiy hujjatlar (ro’yxat ilova qilinadi) o’rganiladi va elektron baza yaratiladi, ular asosida ish yuritilishi tashkil etiladi 2018 yil 30 yanvar TSNQB boshlig’i
M.B. YUsupova,U.A. Madraximov,X.A. Mo’ydinovO’quv ishlari bo’yicha prorektorQ.M. Ermatov, Kadrlar bo’limi boshlig’iQ.S. Mirzaev
4. Tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda institut, fakultetlar, kafedralar va tegishli bo’limlarning ish rejalarini tahliliy o’rganish va ularning mazmunidan kelib chiqib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalarni kiritish bo’yicha takliflar berish, tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan va tasdiqlangan ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish Institut va uning tarkibiy tuzilmalari ish rejalari o’rganiladi (Savolnoma ilova qilinadi). O’rganish natijalari asosida tegishli tarkibiy tuzilmalarning ish rejalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritiladi. Bo’lim tomonidan ish rejalarining bajarilishi nazorat qilinadi. 2018 yil 31 yanvar, nazorati doimiy TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov

5 Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o’tkazishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ichki ekspertlarni jalb qilgan holda chuqur o’rganish. Bugungi kun talablardan kelib chiqqan holda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va o’rnatilgan tartibda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o’tkazishga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar chuqur o’rganiladi. Ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlanadi va o’rnatilgan tartibda Davlat inspektsiyasiga taqdim etiladi. 2018 yil 31 yanvar TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov

6 Institutda o’quv jarayonining DTS, malaka talablari, o’quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o’quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan ta’minlanganlik holatini o’rganish. Ularni kadrlar iste’molchilari fikrlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish bilan ta’lim integratsiyasi nuqtai nazardan yanada takomillashtirish bo’yicha takliflarni tayyorlash va institut rektoriga (Kengashiga) taqdim etish  Mazkur hujjatlarning o’quv bo’limi, dekanat, kafedralar kesimida mavjudligi o’rganiladi. Hujjatlar asosida ta’lim jarayonining tashkil qilinganligi, ularning o’zaro mantiqiy mosligi, fan dasturlarida fanning maqsad va vazifalarini aniq yoritilganligi, mashg’ulotlar jarayonida qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalar, metodlar va usullarning mavzularga hamda talabalarning ehtiyojlariga mosligi tahlil qilinadi, ularning mashg’ulotlar jarayonida qo’llanilayotganligi baholanadi, kamchilik va muammolar aniqlanadi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi nazoratga olinadi

2018 yil

fevral-mart

TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov

7 Professor – o’qituvchilar shaxsiy ish rejalarining yarim o’quv yili yakunlari bo’yicha bajarilishini o’rganish. Bunda o’quv yuklamalarining “Vaqt me’yorlari” asosida to’g’ri taqsimlanganligiga e’tiborni qaratish.

 Amaldagi “Vaqt me’yorlari” hujjatini tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda tahliliy o’rganib, uni pedagog-o’qituvchilar mehnatini moddiy rag’batlantirish nuqtai nazardan qayta ko’rib chiqish va ajratiladigan yuklamalar hajmini optimallashtirish bo’yicha takliflarni tayyorlash, ularni o’rnatilgan tartibda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish

Professor-o’qituvchilar shaxsiy ish rejalarining yarim o’quv yili yakunlari bo’yicha bajarilish holati tahliliy o’rganiladi, natijalari bo’yicha institut rektoriga ma’lumot taqdim etiladi (Ilova-jadval asosida).

Amaldagi “Vaqt me’yorlari” hujjati tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda o’rganiladi, takliflar tayyorlanadi, o’rnatilgan tartibda Davlat inspektsiyasiga taqdim etiladi

2018 yil 25 fevral TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov

8 Institut moddiy-texnik bazasini o’rganish (kafedralar kesimida). Bu jarayonda kafedralar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlar, shartnomalar asosida moddiy-texnik bazani yaxshilashga  qo’shgan hissasining ulushiga e’tiborni qaratish. Tegishli takliflarni tayyorlash, ularni institut rektoriga (Kengashiga) taqdim etish  Har bir kafedra kesimida ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasining holati (amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan maxsus o’quv xonalari  va ulardagi jihozlarning mavjudligi, zamonaviyligi, yaroqlilik muddati, zarur moddiy ashyolar bilan ta’minlanganligi va h.k.) tahlil qilinadi, tegishli takliflar beriladi (Ilova-jadval asosida) 2018 yil 15 mart TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

B.D. Mamadjanov

9 Institut ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining fanlar bo’yicha o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini ARM va kafedralar (fanlar) kesimida o’rganish Institut ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv rejasidagi fanlarning o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati (jumladan tillar kesimida), ARM fondida mavjudligi o’rganiladi.

Mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida institutda yangi avlod o’quv adabiyotlarini bosqichma-bosqich tayyorlash bo’yicha  reja ishlab chiqilishi muvofiqlashtiriladi, uning ijrosi nazoratga olinadi (Ilova-jadval asosida)

2018 yil 30 mart TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov

10 Professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini o’rganish Har bir professor-o’qituvchinig ilmiy salohiyati tahliliy o’rganiladi, institut bo’yicha ma’lumotlar bazasi tayyorlanadi, tegishli takliflar tayyorlanib institut rektoriga taqdim etiladi   (Ilova-jadval asosida) 2018 yil 15 fevral TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

B.D. Mamadjanov

11 Professor – o’qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlarining o’tkazilish holatini tahliliy o’rganish Tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda va bo’lim mudiri  tomonidan ishlab chiqilib, institut rektori tasdiqlagan reja asosida professor-o’qituvchilar dars mashg’ulotlarining o’tkazilish holati o’rganiladi, ularning sifati va samarasiga e’tibor qaratiladi. O’rganish natijalari bo’yicha takliflar tayyorlanadi, institut rektoriga (Ilmiy kengashiga) taqdim etiladi 2018 yil  mart

(bahorgi semestr davomida)

TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov

12 Institutda (kafedralarda) mustaqil ta’limning tashkil etilganligini o’rganish Institutda talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishga oid sharoitlar (uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalarning mavjudligi, o’quv-laboratoriya xonalarining zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi,  ulardan talabalarning foydalanishi uchun imkoniyatlarning yaratilganligi, ARMdagi sharoitlar, uning ish rejimi, kompyuter texnikalari va ularning internetga ulanganligi, ishlash tezligi, Wi-Fi zonalarining mavjudligi, TTJlarda kutubxonalarning mavjudligi, ularda yaratilgan sharoitlar va b.)ning yaratilganlik holatlari o’rganiladi. Tegishli takliflar tayyorlanadi, ular institut rektoriga (Ilmiy kengashiga) taqdim etiladi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olinadi. 2018 yil 28 fevral TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov

13 Kuzgi semestr yakuni bo’yicha talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash Talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichlari semestr yakuni bo’yicha (tanlash asosida) solishtirma jadvallar, sifat va miqdoriy ko’rsatkichlar asosida tahlil qilanadi, takliflar tayyorlanadi va institut rektoriga (Ilmiy kengashiga) taqdim etiladi 2018 yil

fevral-mart

TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov

14 Oxirgi 3 yilda BMI va MD mavzularining ishlab chiqarishdagi (kadrlar iste’molchilari) dolzarb muammolardan kelib chiqib shakllantirilganligini hamda ulardagi takrorlanishlarning mavjudligini o’rganish BMI va MD mavzulari ishlab chiqarishdagi (kadrlar iste’molchilari) dolzarb muammolardan kelib chiqib shakllantirilganligi hamda mavzulardagi takrorlanishlarning mavjudligi nuqtai nazardan o’rganiladi. O’rganish natijalari bo’yicha takliflar tayyorlanadi va institut rektoriga (Ilmiy kengashiga) taqdim etiladi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olinadi 2018 yil 10 fevral

(bahorgi semestr davomida)

TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov,
Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

B.D. Mamadjanov

15 Kadrlar iste’molchilarining fan dasturlari va bitiruvchilar malakasi  bo’yicha fikr – mulohazalarini o’rganish Kadrlar iste’molchilarining  fikr-mulohazalari o’rganiladi (asosiy ish beruvchilar kesimida, so’rovnomalar shaklida) 2018 yil

 fevral-mart

TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor
Q.M. Ermatov

16 Institutda chet tilini o’rganish bo’yicha qo’shimcha kurslarning tashkil etilganligi, ularning samarasini o’rganish Professor-o’qituvchilar va talabalarning chet tili(lari)ni o’rganishlari uchun qo’shimcha kurslarning tashkil etilganligi o’rganiladi. O’rganish natijalari bo’yicha takliflar tayyorlanadi va institut rektoriga (Ilmiy kengashiga) taqdim etiladi 2018 yil 25 fevral TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

 Q.M. Ermatov

17 CHet tili o’qituvchilarning til bilish darajasini o’rganish (talabalarning bilim darajasini o’rganish asosida) CHet tili o’qituvchilarning til bilishi darajasi talabalarning bilim darajasini o’rganish asosida (muloqot, testlar, reyting baholash natijalari, so’rovnoma) o’rganiladi 2018 yil 25 fevral TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov

18 Mutaxassislik fanlarining chet tilida o’qitilishi holatini va uning institut bo’yicha salmog’i va sifatini o’rganish. Mutaxassislik fanlaridan dars beruvchi o’qituvchi-mutaxassislarni qo’llab-quvatlash va rag’batlantirish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularni institut rektoriga (Kengashiga) taqdim etish  Tegishli ekspertlarni (tilni biladigan) jalb qilgan holda mutaxassislik fanlarining chet tilida o’qitilishi holati va uning institut bo’yicha salmog’i va sifati o’rganiladi. Mutaxassislik fanlaridan dars beruvchi o’qituvchi-mutaxassislarni qo’llab-quvatlash va rag’batlantirish bo’yicha takliflar tayyorlanadi va ular institut rektoriga (Ilmiy kengashiga) taqdim etiladi 2018 yil 15 mart TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Q.M. Ermatov

19 Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki attestatsiya o’tkazish jadvalini ishlab chiqish va institut rektoriga (Kengashga) taqdim etish Institutda ichki attestatsiyani o’tkazish jadvali ishlab chiqiladi, institut Ilmiy kengashida tasdiqlanadi, barcha tarkibiy tuzilmalar e’tiboriga yetkaziladi. Ichki attestatsiyaga tayyorgarlik ishlari muvofiqlashtiriladi 2018 yil 5 fevral TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov

20 Institut attestatsiyasi va akkreditatsiyasi jarayoniga tayyorgarlik ko’rish maqsadida ichki attestatsiya mexanizmini ishlab chiqish, tegishli ma’lumotlarni tarkibiy bo’linmalardan olish va jamlangan ma’lumotlar  bazasini shakllantirish Institut attestatsiyasi va akkreditatsiyasi jarayoniga tayyorgarlik ko’rish maqsadida ichki attestatsiya mexanizmini ishlab chiqish, tegishli ma’lumotlarni tarkibiy bo’linmalardan olish va jamlangan ma’lumotlar  bazasini shakllantirish 2018 yil 25 mart TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

Barcha prorektorlar (Q.M. Ermatov,

N.A. Ikromov,

 B.D. Mamadjanov, S.M. A’zamov,

A.A. Ermatov)

21 Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o’rganish. Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga, har xil tanlovlar, yoshlar olimlar ilmiy-amaliy loyihalari va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga qiziqtirish va ularni bu borada kengroq jalb qilish ishlariga e’tiborni qaratish. Takliflar tayyorlash va ularni institut rektoriga (Kengashga) taqdim etish.

 Iqtidorli talabalar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holati tegishli bo’lim, fakultetlar va kafedralar kesimida o’rganiladi. O’rganish natijalari bo’yicha takliflar tayyorlanadi va ular institut rektoriga (Ilmiy kengashga) taqdim etiladi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olinadi 2018 yil 20 mart TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov,

Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

B.D. Mamadjanov

22 Bo’limning II chorak uchun ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash Ish rejasi ishlab chiqiladi, Davlat inspektsiyasi bilan kelishiladi va institut Ilmiy kengashida tasdiqlanadi 2018 yil 27 mart TSNQB boshlig’i
M.B. YUsupova
23 Bo’limning I chorak yakuni bo’yicha ish rejasining bajarilishi haqida hisobot tayyorlash, uni institut rektori va Davlat inspektsiyasiga taqdim etish Hisobot tayyorlanadi, u institut rektori va  Davlat inspektsiyasiga taqdim etiladi 2018 yil 30 mart TSNQB xodimlari M.B. YUsupova,

U.A. Madraximov,

X.A. Mo’ydinov