Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Stipendiyalar

Qobiliyatli talaba – yoshlarni rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O’zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to’g’risida”gi qarori, shuningdek, O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 fevraldagi 2019 yilda vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa davlat boshqaruvi  organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to’g’risida” gi 5445-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Andijon mashinasozlik instituti ilmiy Kengashining 1-yig’ilishida tasdiqlangan “Nomli stipendiyalar ( M.A.Xadjinova (qizlar uchun), P.Q.Xabibullaev, N.I.Tashlanov, I.N.Ermatov, T.K.Iminov nomidagi) va ularni tayinlash tartibi to’g’risidagi  Nizom” ga muvofiq fakultetlar Ilmiy kengashining qarori bilan tavsiya etilgan va institut ilmiy kengashining 28 avgustdagi 1-kengashi qarori bilan nomzodlari ma’qullangan quyidagi talabalarga rektorning buyrug’i bilan atoqli olimlar nomidagi stipendiya tayinlandi:

  1. Akademik M.A.Xadjinova nomidagi stipendiya

Transport va logistika fakulteti “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo’nalishi 3-kurs talabasi Ibrohimova Muqaddas Muhammadsobir qizi

  1. Akademik P.Q.Habibullaev nomidagi stipendiya

Avtomatika va elektrotexnika fakulteti “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” yo’nalishi  4 – kurs talabasi YUsupov Elyorbek Erkinjon o’g’li

  1. Professor I.N.Ermatov nomidagi stipendiya

Avtomobilsozlik fakulteti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi  3 – kurs talabasi Otajonova  Mohinur

  1. Professor T.K.Iminov nomidagi stipendiya

Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo’nalishi 4 – kurs talabasi SHodiyev Farrux

  1. Professor N.YU.Tashlanov nomidagi stipendiya

Avtomatika va elektrotexnika fakulteti “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” yo’nalishi  4 – kurs talabasi Abdurazzaqov Jasurbek Begijon o’g’li

Ularning har biriga  stipendiyasiga qo’shimcha 100000 (yuz ming) so’m  hajmida stipendiya bilan ta’minlandi

Bu talabalarga quyidagi ta’minlansin

“M.A.Xadjinova (qizlar uchun) nomidagi stipendiya sohibi”;

“P.Xabibullaev nomidagi stipendiya sohibi”;

“N.I.Tashlanov nomidagi stipendiya sohibi”;

“I.N.Ermatov nomidagi stipendiya sohibi”;

“T.K.Iminov nomidagi stipendiya sohibi” guvohnomalari tantanali vaziyatda topshirildi.

Institutda nomdor Davlat stipendiyalari va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga talabalar orasida Nizomga muvofiq 3 ta fanlardan: “ingliz tili”, “O’zbekiston tarixi” va “Axborot texnologiyalari” dan imtihonlar o’tkazilib, saralab olindi va yuqori natijalarga erishganlarning hujjatlari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirildi.