Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Salomov Uktam Raximovich

HURMATLI DO’STLAR!

Oliy o’quv yurti va kelajak kasbini tanlash – har bir insonning hayotidagi eng muhim va mas’uliyatli bosqichlardan biri hisoblanadi. CHunki, kasbiy o’sish, martaba va o’z-o’zini anglash imkoniyati olingan ta’lim sifatiga bog’liqdir. SHu nuqtai-nazardan olib qarasak, Andijon mashinasozlik instituti talabalari uchun keng imkoniyatlar ochib berilgan. YAnada aniqroq aytadigan bo’lsak, institutda ularga xalqaro qo’shma dasturlar asosida ta’lim olish, yirik hamkor mashinasozlik korxonalarida dual ta’lim tizimiga asoslangan dasturlar bo’yicha kasbiy ko’nikmalarini egallash, professor-o’qituvchilar va ishlab chiqarishning yetuk mutaxassislari rahbarligida ilmiy-tadqiqotlarni olib borish va yoshlarning innovatsion loyihalarida faol ishtirok etish va joriy etish imkoniyatlari yaratilgan.

Institut bitiruvchi talabalarining xalqaro standartlarga mos sifatli bilimga ega bo’lish bilan birga yuqori kasbiy tayyorgarlikka, ishlab chiqarishdagi muammmolarni hal etish uchun noan’anaviy yondashish qobiliyatiga ega ekanligi ularni mehnat bozorida raqobatbardosh bo’lishlarini ta’minlaydi. Bunga o’quv jarayoniga joriy etilgan amaliyotga yo’naltirilgan innovatsion ta’lim modeli yordam beradi. Bizning bitiruvchilar yirik ishlab chiqarish korxonalari ta’lim muasssasalari va ilmiy tadqiqot institutlari davlat va xususiy tarmoqlarida xalqaro kompaniyalarda faoliyat olib boradilar.

Institut rivojlangan infratuzilmaga va zamonaviy moddiy-texnik bazasiga ega. Rekonstruktsiya qilingan o’quv-laboratoriya binolari va qulay yotoqxonalar, kengayib borayotgan axborot-resurs markazi va texnopark, zamonaviy jihozlangan o’quv auditoriyalari va laboratoriyalar, shuningdek, kasb-hunar kollejlari hisobiga kengayayotgan moddiy-texnik baza ta’lim sifatini oshirish va xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Bizda ko’plab rejalar va qiziqarli loyihalar mavjud va biz ularni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz.

Ishonamizki, birgalikdagi harakatlarimiz bilan eng yuqori pog’onalarga ko’tarilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi eng zamonaviy va ta’lim sifati yuqori bo’lgan Oliy o’quv yurtlari qatoridan joy olamiz va uddasidan chiqamiz.

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTIGA XUSH KELIBSIZ!

Salomov Uktam Raximovich

Andijon mashinasozlik instituti rektori