Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Выбрать страницу

Факультет «ТРАНСПОРТА И ЛОГИСТИКИ»

Декан факультета

ДАЛИЕВ ШУХРАТБЕК ЛАТИБЖОНОВИЧ

  Телефон: +998934447367

  E-mail: logistika@andmiedu.uz

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o’rta mahsus ta’lim Vazirligi bilan kelishilgan, institu rektori tomonidan  22 dekabr 2018 yil kuni tasdiqlangan №573 –sonli buyrug’i bilan  “Mashinasozlik”, “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Avtomatika va  elektrotexnika” fakultetlari negizida “Transport va logistika” fakulteti tashkil etildi.

FAKULTET OLDIDAGI VAZIFALAR:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha talabalarni o’qitish, ta’lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borishni ta’minlash.
  • O’quv- tarbiyaviy jarayon hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va amaliyotlarini tashkil etish.
  • Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimini asosida baholashni tashkil etish.
  • Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlarini olib borish.
  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik  mashinasozlik korxonalari va muassasalar qoshida belgilangan tartibda kafedralar tomonidan  tuzilgan bitim asosida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni  tashkil etish. 

 

FAKULTET ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINING USTUVOR  YO’NALISHLARI:

  • Fakultet talabalri orasidan iqtidorli talabalarni aniqlash,  ularni  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, “Ist’edod” jamg’armalari, hamda fanlar bo’yicha o’tkaziladigan olimpiadalar tanlovida ishtirok etishlarini tashkil etish.
  • Fakultetda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarish, ilmiy–ijodiy faoliyatni ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy hamda moddiy-texnikaviy sharoitlarni yaratib berish.
  • Fakultet tasarrufidagi kafedralar professor-o’qituvchilar malakasini oshirish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
  • YAngi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etish.
  • Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan birgalikda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni tayyorlashga ko’maklashish.
  • Ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillaridan biri bo’lgan axborot–resurs manbalari bazalarini kengaytirish.
  • Ta’limni rivojlantirish bo’yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish.

ILMIY  IZLANISHLAR  MAVZULARI:

  • O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish.
  • YUqori mustahkamlikka ega bo’lgan ikkilamchi xom ashyo asosida yangi materiallar yaratish va ularni avtomobillarda qo’llash.
  • Avtoservis korxonalari uchun yangi texnologik jihozlarni konstruktsiyalash (xo’jalik shartnomasi asosida).
  • Mamlakatimizdagi yuk va yo’lovchi tashish tizimini takomillashtirish.
  • Avtomobillarni ekspluatatsiya qilishda yangi tizimlarni qo’llash orqali ularning ishonchliligini oshirish.
  • Mexanizm, yuritma va mashinalar optimal konstruktsiyalarini hisoblash, loyixalash, tayyorlash va sinash.
  • Fermer xo’jaliklarida don mahsulotlarini quritish uchun ko’chma moslamasini loyihalash va joriy etish.
  • Kultivator sektsiyalarini  o’rash uchun kompozitsion materiallardan  tayyorlangan g’iloflarni joriy etish va sinash.
  • Biokimyo zavodi chiqindilarini sintezlash orqali sirtni faollashtiruvchi moddalar asosida pillani saqlash va chuvash texnologiyalarini takomillashtirish.
  • Asosiy va qo’shimcha xom-ashyo mahsulotlarini sarfini me’yorlashtirish muammolari.
  • Standartlashtirish sohasidagi xalqaro tajribalarni O’zbekiston sharoitida qo’llash va targ’ib etish muammolari.
  • Zamonaviy metod va texnik vositalarni standartlashtirish asosida me’zoniy mo’ljalangan adaptiv testlov texnologiyasini yaratish.
  • Mashinasozlik sanoati mahsulotlarini sifatini baholash, nazorat qilish va sinov jarayonlarini baholash muammolarini ilmiy-texnik yechimlari.

FAKULTET TA’LIM   YO’NALISHLARI:

Bakalavr :

  • 5610100 — «Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi»(avtomobil transporti);
  • 56100100 — «Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti) »;
  • 5111000 — «Kasb ta’limi» (5310600 — «Er usti transport tizimlari va ularnin ekspluatatsiyasi»;
  • 5620100 — «Tashishni tashkil etish va transport logistikasi»;
  • 5640100 — «Xayotiy faoliyat xavfsizligi»

 TA’LIM DARAJASI:

 Bakalavr – 4 yil

 Magistratura – 2 yil

KAFEDRALAR:

   Fakultet tasarrufida quyidagi  kafedralar mavjud:

  • «Er usti transport tizimlari» kafedrasi

Kafedra mudiri: t.f.n. dots. Ikromov  Nurillo

Tel: (+99893) 784-53-33; (+99891) 479-46-46

E-mail: nurillo.08@mail.ru

—————————————————————————

  • «Oliy matematika » kafedrasi

          Kafedra mudiri: katta o’qituvchi Qodirov Zoxidjon

           Tel: +99890-384-72-18

           E-mail: zqodirov@umail.uz     

—————————————————————————

  • “Muxandislik pedagogikasi  va psixologiyasi»  kafedrasi

          Kafedra mudiri: p.f.n. Xaydarova  Xilola

             Tel: 998916094736

            E-mail: haydarova2018@mail.ru

—————————————————————————

  • «Xayotiy faoliyat xavfsizligi» kafedrasi

Kafedra  mudiri: t.f.n. dots. Kobulova Nilufar

Tel: 90 5460821

E-mail:   nilufarqobulova@mail.ru