Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagigi PQ-3151 qarori

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo’yicha Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

SHu bilan birga, respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o’z vaqtida zarur ixtisosliklar bo’yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar to’liq yechimini topmagan.

Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha qo’mitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017 yilning yanvar — iyun oylarida O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini kompleks o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo’lib chiqish o’rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o’z kasbini, mutaxassisligini o’rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo’lga qo’yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.

Bundan tashqari, iqtisodiyot sohalarining istiqbolda kadrlar tayyorlashga buyurtmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga qo’yiladigan malakaviy talablarni ishlab chiqish, tarmoqqa zarur bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini ta’minlash jarayonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy ta’lim dasturlarining o’zgaruvchan mehnat bozori talablariga hamohangligini ta’minlash uchun ish beruvchilar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmayapti.

Oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish o’rtasida uzilishlar mavjud, integratsiya ta’minlanmagan. Ilmiy-tadqiqot institutlari oliy ta’limda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmagan, ularda ilmiy izlanishlar iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga oshirilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning tizimli tayyorlanmasligi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatining pasayishiga olib kelmoqda.

Xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan taklif etilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy ta’lim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida:

  1. Qayd etilsinki, Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida» 2017 yil 27 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5121-son Farmoni va «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» 2017 yil 18 iyulda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 515-son qarori qabul qilindi.
  2. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, ularning ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun respublika oliy ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning o’rinbosarlari — kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlarga tarmoq (soha)lar bo’yicha tegishligiga ko’ra 1-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
  3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko’rsinlar:

bir oy muddatda kadrlar buyurtmachilari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash mazmuni, bitiruvchilarning bilim va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablarni mujassamlashtiruvchi oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining malakaviy talablari, o’quv rejalari va dasturlarini soha ehtiyojidan kelib chiqib, yangidan ishlab chiqish hamda tasdiqlash;

ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining mutaxassislar tayyorlash sifatiga bo’lgan talablarini bevosita ta’lim mazmunini shakllantirish bilan shug’ullanadigan oliy ta’lim muassasalari profil kafedralarining professor-o’qituvchilari tomonidan tizimli o’rganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilish;

joriy yilning 1 sentyabrigacha rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilg’or tajribasini chuqur o’rgangan holda o’quv rejalari va fan dasturlari, o’quv adabiyotlari, shu jumladan o’quv-metodik komplekslarning xalqaro standartlar asosida zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilish;

olti oy muddatda komplekslar tarkibidagi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli tarmoq (soha) hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojni yillar kesimida aniq manzilli, kasb va ta’lim yo’nalishlari hamda mutaxassisliklarini ko’rsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish;

oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo’nalishlari bo’yicha har bir talabasining 2-kursdan boshlab tegishli tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o’tkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashg’ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha aniq choralar ko’rish;

ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o’rtasida integratsiyani chuqurlashtirish uchun komplekslar tarkibidagi vazirliklar va idoralarga qarashli tarmoqlar (sohalar)ni ilmiy-texnik rivojlantirish yo’nalishlari muammolariga bag’ishlangan mavzular bazasini shakllantirish hamda bu muammolarni oliy ta’lim muassasalari bilan xo’jalik shartnomalari tuzgan holda hal etishga ularning ilmiy salohiyatini, ayniqsa, yosh olimlar va tadqiqotchilarni tizimli tarzda jalb etish;

iqtidorli yosh pedagoglar va doktorantlarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish, ular uchun maxsus stipendiyalar ta’sis etish, oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari, doktorantlari va talabalarining xalqaro tajriba almashinuvlarini tashkil etish orqali ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirish;

o’qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv-laboratoriya anjomlari va o’quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko’rish;

har oyda Kompleks rahbari, tegishli vazirlik va idora rahbari biriktirilgan har bir oliy ta’lim muassasasining professor-o’qituvchilari va talabalari bilan tarmoqqa (sohaga) oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, ta’lim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar o’tkazib borish.

  1. Quyidagilar:

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash borasida o’quv yili davomida amalga oshiriladigan harakatlarning namunaviy rejasi (Yo’l xaritasi) 2-ilovaga muvofiq;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibidagi vazirliklar va idoralarning oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yuzasidan buyurtmalarni shakllantirish, tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan yaxshilash hamda tizimdagi korxonalar va tashkilotlarda talabalar amaliyotlarini o’tkazish, ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralarga quyidagi vazifalar yuklansin:

2017/2018 o’quv yilidan boshlab har bir oliy ta’lim muassasasida barcha kurslarda kamida 2 ta guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish, ingliz tilida dars o’tadigan professor-o’qituvchilarni maqsadli tayyorlash, ularning xorijda tegishli tayyorgarlikdan o’tishini tashkil etish, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini olib borishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, mashg’ulotlarni rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalarida bugungi kunda foydalanilayotgan zamonaviy o’quv adabiyotlari asosida o’qitilishini yo’lga qo’yish;

istiqbolli ilmiy-pedagogik kadrlarni, birinchi navbatda, muhandislik-texnika va arxitektura ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining rivojlangan davlatlar, xususan, Janubiy Koreya, YAponiya va Germaniyada 2-3 oylik kurslarda o’zaro hamkorlik bo’yicha tuzilgan shartnomalar, homiylik va xalqaro tashkilotlar grantlari mablag’lari hisobidan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malakasini oshirish, stajirovka o’tash va ta’lim olishini tashkillashtirish «Iste’dod» jamg’armasi orqali mutaxassisligi bo’yicha yangi bilimlarni egallashga yo’naltirilgan malaka oshirishlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni muntazam ravishda jalb etish;

2017/2018 o’quv yilidan boshlab magistraturada kadrlar tayyorlash tizimini tanqidiy tahlil qilish, magistratura ta’limi jarayonining barcha bosqichlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish choralarini ko’rish;

doktorantlar, magistratura talabalarini korxona (muassasa)larning muammoli masalalariga bag’ishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni korxona(muassasa)larda o’tkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari bo’lgan hamda ixtirochilik patentini qo’lga kiritgan doktorant va magistrlarni o’qituvchi lavozimi bo’yicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha korxona va tashkilotlar hisobidan moddiy rag’batlantirish choralarini ko’rish;

ikki oy muddatda respublika oliy ta’lim muassasalarining har yilgi reytingini aniqlash bo’yicha milliy tizimni takomillashtirish, bunda asosiy ustuvor ko’rsatkich sifatida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida talabgorligi va professor-o’qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha tuzilgan shartnomalar asosida ishlab topilgan moliyaviy mablag’larning salmog’iga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, milliy reyting tizimida yuqori ko’rsatkichlarni qayd etgan oliy ta’lim muassasalariga o’quv jarayonining alohida me’yoriy-huquqiy hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash vakolatini berish orqali akademik erkinlikni bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash yuzasidan takliflarni tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2017/2018 o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari kafedralarining maqomini ko’tarish, bunda ularning ta’lim sifatini oshirish bo’yicha mas’uliyatini kuchaytirish, kafedra va professor-o’qituvchilar tomonidan yuritiladigan turli statistik va boshqa hisobotlar sonini optimallashtirish orqali ularni tayyorlash jarayonlarini elektron formatga o’tkazish choralarini ko’rish.

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanishiga moddiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularning stipendiyasining 50 foizigacha moddiy rag’batlantirilishi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari hisobidan amalga oshirilishini, doktorantura bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga yo’llanma asosida yuborilishini, ularning mehnat faoliyatini rag’batlantirish uchun bazaviy doktoranturaning 2-kursidan imtiyozli ipoteka kreditini 25 yil muddatga ajratish mexanizmi joriy etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
  2. Oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, vazirliklar va idoralar rahbarlari ikki oy muddatda:

tegishli vazirliklar va idoralar huzurida oliy ta’lim muassasalarida o’quv-metodik rahbarlikni amalga oshirish, shu jumladan, o’quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy ishlarning samarali olib borilishini tashkil qilish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, sohaning yetuk mutaxassislari, professor-o’qituvchilaridan iborat tarkibdagi Muvofiqlashtiruvchi kengashlarini tashkil etsin;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib biriktirilgan har bir oliy ta’lim muassasasini 2030 yilgacha bo’lgan davrda rivojlantirish Kontseptsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, qarorda oliy ta’lim muassasasi bo’yicha belgilangan parametrlarni so’zsiz bajarish, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, professor-o’qituvchilarni xorijiy ta’lim muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga, iqtidorli bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga yuborish, shuningdek, o’quv laboratoriya bazasini yangilash bo’yicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishini har chorak yakuni bo’yicha muntazam muhokama qilib borishni yo’lga qo’ysin;

2021 yilgacha biriktirilgan oliy ta’lim muassasalaridan kamida bittasining nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishini (reyting ro’yxatida e’lon qilinishini) ta’minlash bo’yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.

  1. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi birgalikda to’rt oy muddatda:

2018/2019 o’quv yilidan boshlab pedagogika yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish;

pedagogika yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilishda abituriyentlarni kirish test sinovlari bilan bir qatorda ularning kasbiy layoqatini aniqlash bo’yicha ijodiy suhbat o’tkazish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;

hududlarning pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida pedagogika ta’lim yo’nalishlariga davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari ulushini oshirish orqali maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifalari topshirilsin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda:

o’quv-metodik va moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan, oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichlari past bo’lgan akademik litseylarni tugatish, akademik litseylarni faqat yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga ega oliy ta’lim muassasalari tarkibida bittadan qoldirish;

o’z faoliyatini davom ettiradigan akademik litseylarga umumta’lim maktablarini bitirgan eng bilimli, qobiliyatli yoshlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish va 2018/2019 o’quv yilidan joriy qilish;

akademik litseylarda o’qitish sifatini tubdan o’zgartirish, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichlarini keskin oshirish, bunda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo’yicha taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralar tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida dars beradigan pedagoglar, jalb etilgan mutaxassislarning faoliyatini tahlil qilish asosida samarali dars berayotgan professor-o’qituvchilar, mutaxassislarni rag’batlantirish mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralar O’zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda:

(11-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 sentyabrdagi PF-5194-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017 y.)

professor-o’qituvchilar tomonidan talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni har bir muayyan talaba bilan olib borish, ularda mafkuraviy immunitetni oshirishning ta’sirchan choralarini ko’rish yuzasidan uslubiy asoslarni yaratsin;

talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, ularning kasbiy kompetentligi bilan insoniy fazilatlarini uyg’unlashtirish, professor-o’qituvchilarning tarbiyaviy mas’uliyatini oshirish, ta’lim va tarbiya uyg’unligini amalda ta’minlash uchun fanlarning har bir mavzusidagi tarbiyaviy maqsaddan unumli foydalanilishini ta’minlash mexanizmlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin;

bugungi kunda yoshlar tarbiyasi o’ta dolzarb masala ekanini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektorlarning funktsional vazifalarini qayta ko’rib chiqib, ularning davriy malakasini oshirish choralarini ishlab chiqsin;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uch oy muddatda:

oliy ta’lim muassasasi uchun psixolog va har bir talabalar turar joyi uchun tarbiyachi-pedagog shtatini joriy etish;

mehnatga haq to’lash razryadi bo’yicha oliy ta’lim muassasalari ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’ining lavozim razryadini 16-razryadga, bo’lim xodimlarining lavozim razryadini 14-razryadga ko’tarish;

oliy ta’lim muassasalari guruh murabbiylarining faoliyati samaradorligi va mas’uliyatini yanada oshirish, ularning doimiy rag’batlantirib borilishini ta’minlash maqsadida har bir guruh murabbiyiga (jumladan murabbiylar kengashi rahbarlariga) oylik maoshining 25 foizigacha miqdorda ustama haq to’lanishini ta’minlash;

har o’quv yilida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni moliyalashtirish maqsadida ta’lim muassasasi xarajatlari smetasining kamida 5 foizini yuqorida nazarda tutilgan xarajatlar uchun ajratish choralarini ko’rsin.Ushbu mablag’larning maqsadli ishlatilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat oliy ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori zimmasiga yuklanishi belgilab qo’yilsin.

  1. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Markaziy bank, O’zbekiston kasaba Uyushmalari Federatsiyasiga birgalikda uch oy muddatda ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning ijtimoiy nufuzini oshirish, jamiyatda pedagogik faoliyatning obro’sini yuksaltirish, pedagoglarni yoshlarga namuna va o’rnak darajasiga ko’tarish, shuningdek, turli tanlovlar va konkurslarda sovrindor bo’lgan, o’quvchi-talabalari respublika va xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda yuqori natijalarni qo’lga kiritgan pedagoglarga uy-joy, O’zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil, maishiy-xo’jalik jihozlari sotib olishlari uchun imtiyozli ipoteka va iste’mol kreditlarini ajratish tartibini joriy etish yuzasidan takliflarni tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirilsin.
  2. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ijarada, qarindoshi yoki tanishining uyida yashovchi talabalarni ro’yxatga olish tartibining qulay va soddalashtirilgan shaklini ishlab chiqsin va ikki oy muddatda amaliyotga joriy qilsin.
  3. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi mamlakatimizda ijtimoiy sog’lom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasining ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish, shaxsning ma’naviy kamol topishini psixologik qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mazkur jarayonlarning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish va metodik ta’minotini ishlab chiqish hamda jamiyatda psixologik bilimlarni keng targ’ib etish maqsadida Toshkent davlat pedagogika universiteti tarkibida Psixologiya o’quv-ilmiy markazini tashkil etish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda taklif kiritsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. YUnusxodjaev zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2017 yil 27 iyul,

PQ-3151-son

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qaroriga
1-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning o’rinbosarlari — kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

RO’YXATI

T/r Kompleks rahbarlari,

mutasaddi rahbarlar

T/r

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

1. Aripov Abdulla Nigmatovich, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining rahbari 1. O’zbekiston milliy universiteti
2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
3. Toshkent shahridagi Inxa universiteti
4. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali
5. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
6. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti
7. Milliy rassomlik va dizayn instituti
8. O’zbekiston davlat konservatoriyasi
9. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
10. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
2. Ramatov Achilbay Jumaniyazovich, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari — «O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari 1. Toshkent temir yo’l muhandislari instituti
2. Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti
3. Toshkent arxitektura-qurilish instituti
4. Namangan muhandislik-qurilish instituti
5. Termiz davlat universiteti
6. Urganch davlat universiteti
7. Qoraqalpoq davlat universiteti
8. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
3. Kuchkarov Djamshid Anvarovich, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o’zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari 1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
2. Toshk�nt moliya instituti
3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
4. Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti
5. G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
6. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
4. Mirzaev Zoyir Toirovich, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Qishloq va suv xo’jaligi vaziri — Qishloq va suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari 1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
2. Toshkent davlat agrar universiteti
3. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
4. Andijon qishloq xo’jaligi instituti
5. Samarqand qishloq xo’jaligi instituti
6. Namangan muhandislik-texnologiya instituti
7. Samarqand davlat universiteti
8. Samarqand davlat chet tillar instituti
5. Ibragimov G’ulomjon Inomovich, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Geologiya, yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksining rahbari 1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
2. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali
3. Toshkent davlat texnika universiteti
4. Buxoro davlat universiteti
5. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
6. Navoiy davlat konchilik instituti
7. Qarshi davlat universiteti
8. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
6. Rozukulov Ulug’bek Ubaydullaevich, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, «O’zavtosanoat» aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari 1. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
2. Andijon mashinasozlik instituti
3. Andijon davlat universiteti
4. Namangan davlat universiteti
5. Jizzax politexnika instituti
6. Farg’ona davlat universiteti
7. Farg’ona politexnika instituti
7. Narbaeva Tanzila Kamalovna, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi raisi 1. Toshkent davlat pedagogika universiteti
2. Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
3. Navoiy davlat pedagogika instituti
4. Jizzax davlat pedagogika instituti
5. Qo’qon davlat pedagogika instituti
6. Nukus davlat pedagogika instituti
7. Toshkent islom universiteti
8. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
9. Guliston davlat universiteti
8. YUnusxodjaev Axmatxodja Nigmanovich, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi 1. Toshkent tibbiyot akademiyasi
2. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
3. Toshkent farmatsevtika instituti
4. Toshkent davlat stomatologiya instituti
5. Andijon davlat tibbiyot instituti
6. Buxoro davlat tibbiyot instituti
7. Samarqand davlat tibbiyot instituti
9. Abdullaev Ixtiyor Baxtiyorovich, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 1. Toshkent davlat yuridik universiteti
10. Kamilov Abdulaziz Xafizovich,

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Izoh: biriktirilgan mutasaddi rahbarlar boshqa ishga o’tgan taqdirda ularning o’rniga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud vazifasi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qaroriga
2-ILOVA

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash borasida o’quv yili davomida amalga oshiriladigan harakatlarning

NAMUNAVIY REJASI (Yo’l xaritasi)

T/r Tadbirlar mazmuni Moliyalashtirish manbasi Ijro etish muddati

Kutilayotgan natija

1. Kompleksga qarashli tarmoq (soha)ning korxonalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi monitoringini amalga oshirish va biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarini istiqbolli rivojlantirish har yilgi rejasini ishlab chiqish.

Oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari faoliyatini takomillashtirgan holda qayta tashkil etish.

Avgust Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarini istiqbolli rivojlantirish har yilgi rejasi va Vasiylik kengashlari tarkibini belgilash
2. Hududlarda yangi barpo etilayotgan, qayta tiklanayotgan, rekonstruktsiya qilinayotgan zamonaviy korxonalar hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya va modernizatsiya qilinayotganligini inobatga olgan holda, yangi kasb va mutaxassisliklarga bo’lgan talab-ehtiyojlarni qoplash maqsadida aniq balans hisob-kitoblariga asoslangan oliy ta’limga qabul kvotalarini shakllantirish. Avgust — dekabr Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo’yicha buyurtmalar portfelini shakllantirish
3. Malakali kadrlar tayyorlash jarayoni va o’quv-uslubiy ta’minoti, o’quv reja va dasturlarini kadrlar iste’molchilarining yetakchi mutaxassislari tomonidan tanqidiy tahlil etilishini ta’minlash, oliy ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklari) malaka talablari, o’quv reja va dasturlari mazmuniga qo’yiladigan talablarni ish beruvchi korxonalar va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda shakllantirish. Avgust Oliy ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklari) malaka talablari, o’quv reja va dasturlari mazmuniga kadrlar iste’molchilari tomonidan qo’yiladigan talablarni belgilash
4. O’qish bilan amaliyotni birgalikda olib borish, talabalarning bevosita ishlab chiqarishda amaliy mashg’ulotlarini va malakaviy amaliyotlarini o’tkazishni tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasasining tegishli yo’nalishlarini tarmoqning muayyan tashkilotiga biriktirish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish uchun mas’ul xodimlarni tayinlash. Sentyabr Talabalarning ishlab chiqarishda amaliy mashg’ulotlarini va malakaviy amaliyotlarini o’tkazishni samarali tashkil etish
5. O’quv materiallarini korxonalarning istiqbolli vazifalari va muammolari asosida yangilash va boyitib borish, o’quv jarayoni shaklini tubdan yangilash, faqatgina nazariy bilimlar berish emas, balki uni amaliyotda yuz berayotgan o’zgarishlar, yangilanishlar bilan

chambarchas bog’liq holda amalga oshirishga erishish choralarini ko’rish.

Doimiy Amaliyotga yo’naltirilgan o’quv jarayoni va uning zamonaviy o’quv-metodik ta’minotini yaxshilash
6. Qobiliyatli yosh pedagoglarni xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda stajirovkadan o’tishi va ilmiy darajalarini himoya qilishi uchun yuborish maqsadida oliy ta’lim muassasasiga moddiy yordam ko’rsatish. Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablag’lari O’quv yili davomida, shartnomalarga muvofiq Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirish
7. Iqtidorli talabalarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga tajriba orttirish, ular uchun maxsus stipendiyalar ta’sis etish, talabalar o’rtasida tanlovlar tashkil etish uchun normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqib tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablag’lari Oktyabr — dekabr YOshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etishning rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish
8. Kompleksga qarashli tarmoq (soha) hamda korxonaning ilmiy-texnik rivojlantirish yo’nalishlari muammolariga bag’ishlangan mavzulari bazasini shakllantirish va bu muammolar bo’yicha oliy ta’lim muassasalari bilan xo’jalik shartnomalari (grantlar loyihalari) tuzish.

Ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnologik muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish hamda oliy ta’lim muassasasiga taqdim etish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari Oktyabr — dekabr

YAnvar — iyul

Oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish integratsiyasi asosida amaliyotga yo’naltirilgan ilmiy faoliyatni yo’lga qo’yish
9. Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning korxonalarda va xorijda malaka oshirishlarini tashkil etish.

Professor-o’qituvchilarning zamonaviy talablar asosida bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshirilayotgan texnologik yangilanishlar, joriy etilayotgan yangi texnologiyalar to’g’risida ma’lumot olishi hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tajriba-sinovdan o’tkazishda tegishli shart-sharoitlar yaratish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari Korxona va oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy va pedagogik salohiyatini ilg’or xorijiy tajriba va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish darajasidan kelib chiqib takomillashtirish
10. Talabalar va professor-o’qituvchilar bilan tarmoq (soha)dagi yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va korxona (muassasa)larda uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etish. Har oyda Tarmoq(soha)larni rivojlantirish istiqbollari haqidagi bilimlarni shakllantirish
11. Sohadagi malakali va tajribali mutaxassislarni oliy ta’lim muassasalari hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o’quv jarayoniga jalb etish. Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari mablag’lari Sentyabr — iyun O’quv jarayoni mazmunini ishlab chiqarish, sohadagi ilg’or tajriba bilan moslashtirish
12. Bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini tekshirib borish va natijalarini Kompleksning kengaytirilgan yig’ilishlarida muhokama qilish, ijobiy yutuqlarni rag’batlantirish. Har o’quv semestr yakunida

(yanvar, iyul)

Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini amalga oshirish va natijalarni tahlil qilish
13. Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika, o’quv-metodik bazasini mustahkamlash, talabalar turar joylari sharoitlarini, ijtimoiy va maishiy infratuzilmasini yaxshilash va ularning hududlarini obodonlashtirish. Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari, homiylik mablag’lari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablag’lari O’quv yili davomida (alohida tuzilgan grafik asosida) Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va o’quv-metodik bazasini takomillashtirish
14. Ta’lim jarayoni sifati va natijadorligini oshirish, kelgusida mehnat bozori rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnika kadrlarini tayyorlashning istiqboli yo’nalishlarini belgilash. Fevral — aprel Ishlab chiqarish sohalari uchun kadrlar tayyorlash bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni belgilash
15. Mutaxassislar tayyorlash sifatiga ko’maklashadigan istiqbolli dasturlarni moliyalashtirish, oliy ta’lim muassasalari faoliyatining izchil rivojlantirilishini ta’minlash uchun homiylik, texnikaviy ko’maklashish (grantlar) va boshqa mablag’larni jalb etish. Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari O’quv yili davomida, dasturlarni bajarish jarayonida Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini izchil rivojlantirishning moliyaviy ta’minotini yaxshilash
16. Korxonalar rahbarlari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini ta’minlash. Oliy ta’lim muassasalari mablag’lari May-iyun Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash sifatini baholash
17. Ta’tillar davrida talabalarning dam olishini tashkil etish, ularni korxonalarda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash. Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari Iyul-avgust Talabalarni moddiy rag’batlantirish
18. Oliy ta’lim muassasalarini kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari uchun vositalar, shu jumladan, internet tarmog’idan foydalanishini, zamonaviy o’quv-laboratoriya anjomlari va o’quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, oliy ta’lim muassasasining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini shakllantirish va rivojlantirish. Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari, investitsiya dasturlari mablag’lari O’quv yili davomida, oliy ta’lim muassasasi talabnomasi asosida Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga sharoitlar yaratish
19. Darslik, o’quv qo’llanma, metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallar hamda boshqa o’quv-metodik hujjatlarni nashr etish. Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo’naltirilgan mablag’lari Oliy ta’lim muassasasi talabnomasi asosida O’quv jarayonining zamonaviy adabiyot ta’minotini yaratish
20. Bitiruvchilarni Kompleksga qarashli korxonalarga ishga joylashtirish, korxonalardagi bo’sh vakant o’rinlarni malakali bitiruvchilar bilan to’ldirib borish. Iyul-avgust Bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko’maklashish
21. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida Kompleks rahbari huzurida hisobot yig’ilishini o’tkazish. Kelgusi o’quv yili rejalarini tasdiqlash. Avgust O’tgan o’quv yili natijalarini tahlil qilish va navbatdagi vazifalarni belgilash

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qaroriga
3-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibidagi vazirliklar va idoralarning oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yuzasidan buyurtmalarni shakllantirish, tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan yaxshilash hamda tizimdagi korxonalar va tashkilotlarda talabalar amaliyotlarini o’tkazish, ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar

DASTURI

T/r Tadbirlar Ijro
muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

I. Mutaxassis kadrlarga bo’lgan talabni va ta’lim mazmunini shakllantirish
1. Vazirlik va idoralar huzurida sohalar bo’yicha oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashlarni tashkil etish va bunday kengashlarning vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

tegishli sohaga kadrlar tayyorlovchi oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shuningdek pedagog kadrlar va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalariga o’quv-metodik rahbarlik qilish va ilmiy-metodik bazani shakllantirishni muvofiqlashtirish;

ilg’or xorijiy tajriba hamda soha ehtiyojlarini, o’quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishini inobatga olgan holda ixtisoslashtirilgan oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv reja va dasturlarini tizimli takomillashtirib borish;

sohaga oid ilmiy-texnik masalalar bo’yicha fundamental, amaliy va innovatsiyaviy ilmiy izlanishlar olib borilishini muvofiqlashtirish;

ixtisoslashtirilgan oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari ilmiy-pedagogik salohiyatini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, sohani rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib rahbarlar va mutaxassislarni sifatli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

2017 yil 20 avgust Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Badiiy Akademiya, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi,
Adliya vazirligi
2. Tasarrufdagi oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaror bilan tasdiqlangan har bir oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishning prognoz ko’rsatkichlari bajarilishini ta’minlashni nazorat qilish. 2017 — 2021 yillar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Badiiy Akademiya
3. Sohalarning istiqbolli talablaridan kelib chiqib ta’lim mazmuniga, bitiruvchilarning bilim va ko’nikmalariga talablarni belgilash va tegishli oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga taqdim etib borish. har yili
1 dekabrga
Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Badiiy Akademiya, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
4. Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv rejalarni ishlab chiqishda sohaning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, mutaxassislik fanlar bo’yicha soatlar taqsimoti hamda mazmunini buyurtmachi bilan kelishib shakllantirishni amaliyotga joriy etish. 2017/2018 o’quv yilidan boshlab Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi
5. Muhandislik-texnika yo’nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari o’quv reja va dasturlarida umummuhandislik fanlari (issiqlik texnikasi, metallar texnologiyasi, mashina detallari va boshqa fanlar) bo’yicha dars soatlarini maqbullashtirish hisobiga ko’paytirish. 2017 yil

30 avgust

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida muhandislik-texnika yo’nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar
II. Pedagoglar tarkibini shakllantirish va uning ilmiy salohiyatini oshirish
6. Soha korxonalarining istiqbolli rivojlanishi asoslangan davlatlarning texnika-texnologiyalari, sohada kutilayotgan o’zgarishlar, korxonalar modernizatsiyasi texnik taraqqiyoti yo’nalishlari haqidagi ma’lumotlarni tegishli oliy ta’lim muassasalariga taqdim etib borish. har yili
1 dekabrga
Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Badiiy Akademiya, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
7. Xorijiy hamkorlik qilinayotgan, sohaga o’z investitsiyalari va texnologiyalarini olib kirayotgan kompaniyalar, korxonalar faoliyatining texnika, texnologiyalarini o’rganish uchun tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining malaka oshirishini tashkil etish. 2018 yildan boshlab Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
8. Investitsiyalar bo’yicha tuzilayotgan shartnomalarda oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini xorijiy kompaniya va tashkilotlarda malakasini oshirish, stajirovkasini o’tkazishni tashkil etishni nazarda tutish. 2018 yildan boshlab Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash

vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

9. Malaka oshirish markazlarining tinglovchilari uchun ko’chma mashg’ulotlarni korxonalarda tashkil etish uchun sharoitlar yaratish (mas’ul xodim ajratish; jihozlangan auditoriya tashkil qilish va h. k.). 2017-2018 o’quv yilidan boshlab Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
III. Bitiruvchilarning amaliy ko’nikmalarini talab darajasida shakllantirish
10. Amaliyot o’tash joyida talabaga mas’ul xodimni biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishini ta’minlash, tashkilotlarda amaliyotchidan unumli foydalanishni yo’lga qo’yish. 2017/2018 o’quv yilidan boshlab Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
11. Amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish. 2017/2018 o’quv yilidan boshlab Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
12. Korxona va tashkilotlarda amaliyotchiga biriktirilgan mas’ul xodimlarni rag’batlantirishni yo’lga qo’yish. 2017/2018 o’quv yilidan boshlab Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
13. O’quv rejada belgilangan ishlab chiqarish va malaka amaliyotlarini o’tash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish va amaliyot davri davomida imkoniyat doirasida ish haqi to’lanadigan lavozimga ishga qabul qilish. 2017-2018 o’quv yilidan boshlab «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
14. Oliy ta’lim muassasalari talabalari ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs so’ngida emas, balki mos ravishda uchinchi va ikkinchi kursda tahsil olayotgan davrda o’tkazish va barcha turdagi amaliyotlarni ishga yo’llanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada o’tashni yo’lga qo’yish. 2017-2018 o’quv yilidan boshlab O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mavjud vazirlik va idoralar
15. 2017 yil va undan keyingi yillarga mo’ljallangan maqsadli dasturlar, shu jumladan, sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligi yo’nalishlaridagi loyihalar doirasida tashkil etiladigan yangi ish o’rinlariga ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko’maklashish. 2017-2018 o’quv yilidan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
16. YAngilangan «Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori»ga mos ravishda ishlab chiqilgan tasniflagichga kiritilgan kasblarning o’quv davriyligini kasblarning murakkablik darajasini inobatga olgan holda tabaqalashtirish. 2017 yil dekabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
17. CHekka hududlardagi korxona va tashkilot, shu jumladan, kasb-hunar kollejlariga ishlash uchun yuborilgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini doimiy ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish, jumladan, uy-joylar bilan ta’minlashga imtiyozli kreditlar,avtokreditlar ajratish hamda ishlagan davriga qarab

oylik ish haqlariga ustamalar belgilash tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017 yil dekabr Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi
IV. Ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash
18. Ta’lim mazmunini soha istiqbolidan kelib chiqib belgilash, uni ilmiy asosda uzluksiz yangilab borish, sohada ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash ishlarini rivojlantirish uchun vazirlik va idoralar huzurida Ilmiy-texnik kengashlarni tashkil etish hamda ularga shaxsan soha rahbarlarining o’zlari boshchilik qilishini ta’minlash. 2017 yil avgust Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Badiiy Akademiya, Adliya vazirligi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
19. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlarni, iqtidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shug’ullanishga jalb etish, tadqiqot ishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash. 2017 yil sentyabr oyidan boshlab Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Badiiy Akademiya, Adliya vazirligi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
20. Hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalarga ilmiy buyurtmalar berish, ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etilishini ta’minlash. 2017-2018 o’quv yilidan boshlab Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ
V. Ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish
21. Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo’ljallangan kompleks rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarni yuqori samara va sifat bilan amalga oshirishda tegishli oliy ta’lim muassasalariga amaliy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish. 2017 — 2021 yillar Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Badiiy Akademiya
22. Oliy ta’lim muassasalari laboratoriya bazasining doimiy yangilanib va to’ldirib borilishi, zaruriy xom ashyolar bilan ta’minlanishi, sohaga kirib kelayotgan yangi texnika va texnologiyalarning namunalarini ta’lim muassasalariga muntazam yetkazib berilishini ta’minlash. doimiy Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi
23. Biriktirilgan korxona va tashkilotlar bazasida o’quv, ilmiy laboratoriya komplekslarini barpo etish orqali talabalar va ilmiy izlanuvchilarni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’lash. 2017 — 2021 yillar Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekgidroenergo» AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi