Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies

MARKAZIY OSIYODA OLIY TA’LIMNI YANGI TEXNOLOGIYALARNI QO’LLAB MODERNIZATSIYALASH  

(HiEdTec)

KOORDINATOR:

Ruse universiteti, Bolgariya

VAZIFALAR:

  • Ishlab chiqarishni raqamlashtirish (Industriya 4.0) be’vosita TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISHNI ham ko’zda tutadi. Konsortsium har bir hamkor-davlatning muayyan sharoitlarini inobatga olib, ta’lim tizimini raqamlashtirishga moslashtirish kontseptsiyasini ishlab chiqadi.
  • Evropa Ittifoqi talablariga asosan, IXTIYORIY QURILMALARNI – kompyuter, noutbuk, planshet, fablet, smartfon va boshqalarni qo’llab, BARCHAGA IXTIYORIY VAQTDA, HOHLAGAN joyida, ISTALGAN MA’RUZACHISI yordamida, o’qish imkoniyatini beradi.  Konsortsium tomonidan innovatsion ta’lim texnologiyalari markazlari tashkil etadi.

LOYIHANING ASOSIY KO’RSATKICHLARI  VA SAMARADORLIGI:

  • didaktik modellar va innovatsion ta’lim texnologiyalari sohasida ilg’or tajribalar almashinish uchun muntazam ishlaydigan akademik tarmoqni shakllantirish;
  • raqamlashtirishga o’tish jarayoniga ta’lim tizimini moslashtirishning 5 ta kontseptsiyasi- hamkor-davlat uchun 1 ta;
  • hamkor-davlatlar ta’lim muassasalarida jami 15 ta innovatsion ta’lim texnologiyalari markazlari;
  • har bir oliy ta’lim muassasasida 3 tadan jami 45 ta faol o’qitish kurslari;
  • xamkor universitetlarning har biri uchun 1 tadan virtual kurslar;
  • innovatsion ta’lim texnologiyalari uchun ma’lumot-qo’llanma;
  • trenerlar uchun raqamlashtirish bo’yicha tegishli ko’nikma hosil qilish va o’qitish usullarini o’rganish kurslari;
  • professor – o’qituvchilar uchun raqamlashtirish bo’yicha tegishli ko’nikma hosil qilish va o’qitish usullarini o’rganish kurslari;
  • har bir oliy ta’lim muassasasida 5 tadan, jami 75 ta elektron o’qitish kurslari;
  • interaktiv elektron doskalarni qo’llab o’qitishga mo’ljallangan PowerPoint formatidagi taqdimot. Xar bir oliy ta’lim muassasasida 5 tadan, jami 75 ta;
  • raqamli ta’lim resurslarining “Bulut” virtual kutubxonasi.

QO’LLANILISH SOHASI:

  • Loyiha natijalari quyidagi barcha manfaatdor tomonlar uchun foydali:
  • milliy va universitet miqyosida ta’lim siyosatini shakllantiruvchi shaxslar uchun;
  • o’rganuvchilarga ta’lim beruvchi universitet professor-o’qituvchilari uchun;
  • ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlar uchun.
  • Loyiha hamkor-universitetlarni innovatsion universitetlarga aylantirishga va ishlab chiqarishni raqamlashtirish  (Industriya 4.0) uchun  tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini  orttirishga yordam beradi.

HAMKORLAR:

Bolgariya, Italiya, Lyuksemburga, Portugaliya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmeniston, O’zbekiston davlatlarining 19 ta universiteti va Markaziy Osiyoning 5 ta ta’lim vazirligi.

BAJARILISH MUDDATI:

2018 yil noyabr-2021 yil noyabr.