Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Mashinasozlik

Mashinasozlik fakulteti dekani

KUCHKAROV MUXIDDIN UMARALIEVICH

  Telefon: +998742231260

  E-mail: mkuchkarov@andmiedu.uzmuhiddin5150@mail.ru

 

FAKULTET XAQIDA MA’LUMOT

Vatanimiz avtomobilsozlik sanoatinig to‘ng‘ich korxonasi “GM –Uzbekistan” AJ va unga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi mashinasozlik korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayerlash va Andijon viloyatini sanoat xududiga aylantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy – texnik bazasini mustaxkamlashi va yuqori malakali mutaxassislar tayerlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ 1533 – sonli qarori ijrosini ta’minlash va institutning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsilash, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratori jixozlari bilan ta’minlash yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini muqobillashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirsh hisobiga ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakillarini joriy etish asosida mashinasozlik korxonalari talab qiladigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini muqobillashtirish tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida institutning 2013/ 2014 o‘quv yili uchun tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmasi va institut rektorining 2014 yil 1 fevraldagi 45-k- sonli buyrug‘iga asosan Andijon mashinasozlik institutga aylantirildi. Sobiq “Muhandislik” fakulteti negizida “Mashinasozlik ” fakulteti tashkil topdi.

Fakultet negizidagi kafedralar tomonidan xamkorlik aloqalari o‘rnatilgan,jumladan, Buyuk Britaniyaning Bermingxem universiteti, Rossiyaning Kurgan davlat universiteti, Tyumen neftgaz universitetining “Transport instituti”, Belarus respublikasining Gomel shaxridagi Belorus davlat transport universitet, Gomel metellpolimer tizimlari mexanikasi ilmiy tadqiqot institutlari va Andijon viloyatining 5 ta zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan ishlab chiqarish korxonalari(“GM-Uzbekistan” AJ, “Uz-SaeMuyng”, “Uz – Kodji”, “Uz-AutoAustem”, “Uz-Koram”, “Uz-SaeMuyng” qo‘shma korxonalari) .

FAKULTET OLDIDAGI VAZIFALAR 

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash.
  • O‘quv- tarbiyaviy jarayon hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyotlarini tashkil etish.
  • Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimini asosida baholashni tashkil etish.
  • Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash,, shuningdek kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlarini olib borish.

Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustaxkamlash maqsadida yirik mashinasozlik korxonalari va muassasalar qoshida belgilangan tartibda kafedralar tomonidan tuzilgan bitim asosida xorijiy ta’lim muassasalari bilan xamkorlikda tashkil etish.

FAKULTET ILMIY –  TADQIQOT  FAOLIYATINING USTUVOR  YO‘NALISHLARI 

  • Fakultetning iqtidorli talabalarni izlash va ular bilan ishlash, ularni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, “Ist’edod” jamg‘armalari, hamda fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalar tanlovida ishtirok etishlarini tashkil etish.
  • Fakultetda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarish, ilmiy –ijodiy faoliyatni ro‘yobga chiqarsh uchun zarur tashkiliy, uslubiy xamda moddiy-texnikaviy sharoitlarni yaratib berish.
  • Fakultet tassarufidagi kafedralar professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
  • YAngi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etish.
  • Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan birgalikda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayorlashga ko‘maklashish.
  • Ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillaridan biri bo‘lgan axborot –resurs manbalari bazalarini kengaytirish.
  • Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish.

 Fakultetdagi ta’lim yo’nalishlari:

  5310600 – “YER USTI TRANSPORT TIZIMLARI VA ULARNING EKSPLUATASIYASI”

 5310500  –   AVTOMOBILSOZLIK  VA  TRAKTORSOZLIK

 5310900 –  “МЕТРОЛОГИЯ, СТАНДАРТЛАШТИРИШ  ВА  МАҲСУЛОТ СИФАТИ МЕНЕЖМЕНТИ (САНОАТ)”

 5111000  –   “KASB TA`LIMI  (5310600 – YEUTT VA UE (AT))”

 5610100  –   XIZMATLAR SOHASI (AVTOMOBIL TRANSPORTI)

Fakultet tarkibidagi kafedralar: