Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Mashinasozlik texnologiyasi

Mashinasozlik texnologiyasi fakultet dekani

iqtisod fanlar nomzodi, dotsent

Eshonov Muxammad-Ayyub Xoshimjon o’g’li

 

  Telefon: +998934121054; +998902597577

  E-mail:  maeshonov@umail.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 3 noyabrdagi “Andijon mashinasozlik instituti Ustavini tasdiqlash xaqida”gi 427-sonli buyrug’i, Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2015 yil 4 noyabr kungi 918-sonli va shu yilning 11 noyabr kungi “Institut tuzilmasiga o’zgartirish kiritish xaqida”gi 951-sonli buyrug’i, Andijon shaxar Hokimligining 2015 yil 23 dekabrdagi “Andijon mashinasozlik institutining yangi tahrirdagi Nizomini qayta Davlat ro’yxatiga olish to’g’risida”gi ro’yxatdan o’tkazilganligi xaqidagi 851-K-sonli Qarori bilan Andijon mashinasozlik instituti tarkibida Mashinasozlik texnologiyasi  fakulteti tashkil etildi. Institut rektorining 2018 yil 22 dekabr kungi «Institut tuzilmasiga o’zgartirish kiritish to’g’risida»gi  № 573 – sonli buyrug’i asosida fakultet nomi o’zgarmagan xolda MAShINASOZLIK TEXNOLOGIYaSI fakulteti nomi saqlanib tasdiqlandi. Fakultet boshqaruvi fakultet dekani va dekan o’rinbosarlari orqali amalga oshiriladi.

Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti institut boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Fakultet faoliyati tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha talabalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi.

FAKULTET OLDIDAGI VAZIFALAR:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha talabalarni o’qitish, Ta’lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyqunlashgan holda olib borishni taqminlash.
  • O’quv- tarbiyaviy jarayon qamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi  va amaliyotlarini tashkil etish.
  • Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimini asosida baholashni tashkil etish.
  • Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayyta tayyorlash, shuningdek kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlarini olib borish.
  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasini kengaytirish va mustaxkamlash maqsadida yirik  mashinasozlik korxonalari va muassasalar qoshida belgilangan tartibda kafedralar tomonidan  tuzilgan bitim asosida xorijiy Ta’lim muassasalari bilan xamkorlikda  tashkil etish. 

ASOSIY  ILMIY – TADQIQOT SOHALARI:

  • Fakultet ilmiy –  tadqiqot  faoliyatining ustuvor  yo’nalishlari:
  • Fakultetning iqtidorli talabalarni izlash va ular bilan ishlash, ularni  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, «Ist’edod» jamqarmalari, hamda fanlar bo’yicha o’tkaziladigan olimpiadalar tanlovida ishtirok etishlarini tashkil etish.
  • Fakultetda talabalar  ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarish, ilmiy -ijodiy faoliyatni ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy xamda moddiy-texnikaviy sharoitlarni  yaratib berish.
  • Fakultet tassarufidagi kafedralar professor-o’qituvchilar malakasini oshirish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
  • Yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning qisobotlarini muqokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etish.
  • fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan birgalikda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni tayorlashga ko’maklashish.
  • Ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga taqsir ko’rsatadigan asosiy omillaridan biri bo’lgan axborot -resurs manbalari bazalarini kengaytirish.
  • Ta’limni rivojlantirish bo’yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish.

Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida tarkibiga kiritilgan bakalavriatning kuyidagi talim yo’nalishlari bo’yicha yo’lga qo’yilib, hozirgi kunda jami 1144 nafar talaba tahsil olmoqda

  1. 5320300 – «Texnologik mashinalar va jixozlar» yo’nalishi – 465 nafar talaba
  2. 5320200 – «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish» yo’nalishi – 516 nafar talaba
  3. 5111000 – «Kasb ta’limi»(5320200 – «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish») yo’nalishi – 58 nafar talaba
  4. 5230100 – «Iqtisodiyot (real sektor)» yo’nalishi – 105 nafar talaba.

 «Mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti tarkibidagi kafedralar:

  1. Mashinasozlik texnologiyasiKafedra mudiri t.f.n., dotsent X.Akbarov, kafedra professor-o’qituvchilari soni 23 nafar.
  2. Texnologik mashinalar va jixozlarKafedra mudiri t.f.n., dotsent N.Qobulova, kafedra professor-o’qituvchilari soni 20 nafar
  3. Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishKafedra mudiri i.f.d., professor U.Madrahimov, kafedra professor-o’qituvchilari soni 14 nafar
  4. Gumanitar fanlarKafedra mudiri i.f.n., dotsent G.Bazarova, kafedra professor-o’qituvchilari soni 16 nafar
  5. TillarKafedra mudiri N.Mirzaeva, kafedra professor-o’qituvchilari soni 25 nafar.

 Fakultet dekani o’rinbosarlari:

  1. Axmedov Azizbek Baxadirovich – yoshlar bn ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
  2. Muxtorov Maxmudjon Marufovich – o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  3. Xolmirzayev Shavkatbek – o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  4. Mirkomilov Ozodbek Oqyo’ljonovich – ilmiy va innovatsion ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  5. Sattikulova Gulnora Axmadxonovna – o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari