Axborot- rеsurs markazi dirеktori
Rasuljon Mamatov
Telefon: +99891 612 3006 E-mail: r.mamatov@andmiedu.uz, andmi-arm@umail.uz
ARM direktori markaz “Nizomi”ga muvofiq:
– Axborot-kutubxona faoliyatiga oid Prеzidеnt, Vazirlar Mahkamasi Farmonlari va qarorlari, O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, instituti rektori buyruqlari va boshqa xujjatlarning ARM faoliyatida ijrosi va bajarilishini tashkil etadi hamda nazorat qiladi.
– ARM jamg`armasin o’quv adabiyotlari, matbuot nashrlari va elеktron rеsurslar bilan boyitish yo`llarini qidiradi, nashriyotlar va boshqa axborot organlari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi.
– Markaz moddiy tеxnika bazasi taraqqiyoti bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlaydi.
– ARM dirеktori viloyatdagi turli tashkilotlar, ma’naviyat va ma’rifat markazlari, ta’lim muassasalari va xorijiy mamlakatlar ARM vakillari bilan o`zaro xamkorlik ishlarini tashkil qiladi.
– Ichki tartib intizom va qonun-qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi, yong`inni oldini olish va mеhnat xavfsizligini ta’minlash uchun tеgishli ish sharoitini yaratadi.
Axborot-resurs markazi (ARM) da 5 ta bo`lim faoliyat ko`rsatadi. ARMda 3 ta abonement bolimi, 4 ta o`quv zali 80 o`rinli, talabalar turar joylarida 2 ta o`quv zali 40 o`rinli, Jalaquduq tumanida ARMning 5 ta shaxobchasi mavjud.
ARM ga yagona kitobxonlik guvohnomasi bo`yicha 4087 nafar kitobxon ro`yxatga olingan. Bulardan 3540 nafari talaba, 35 nafari magistr, 250 nafari professor-o`qituvchi, 128 nafari ishchi-xodim va 134 nafari maxalliy kitobxonlar. Shuningdek, Axborot-resurs markazining Jalaquduq tumanidagi ARM shoxobchalariga 7083 nafar kitobxonlar ro`yxatdan o`tgan. Umumiy kitobxonlar soni 11108 nafar.
Hozirgi kunda Axborot-resurs markazining umumiy fondi 173093 nusxani tashkil qiladi.
Shundan:
Darsliklar- 21480
O’quv qo’llanmalar- 77986
Ilmiy adabiyotlar- 8236
Badiiy adabiyotlar- 9505
Elektron adabiyotlar- 36187
Boshqa turdagi adabiyotlar- 19699
(Risola, entsiklopediya, lug’at va bosh.)
Gazeta va jurnallarga obuna :
gazetalar – 26 nomda 100 nusxa
jurnallar- 30 nomda 38 nusxa
Hozirgi kunda Axborot-resurs markazi kompyuterlariga o`rnatilgan “АРМАТ” dasturiga jami 16475 nomdagi o`quv adabiyotlarning bibliografik tavsifi kiritilgan.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi “Oliy ta`lim muassasalaridagi avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi 130-sonli buyrug`ini ijrosini ta`minlash maqsadida, institut rektorining 2019 yil 11 fevraldagi 119-sonli buyrug`I ishlab chiqildi.
Ushbu buyruq ijrosi bo`yicha Axborot-resurs markazlarida mavjud avtomatlashtirilgan tizimlari (ARMAT) dagi resurslar Tizim (ARMAT ++) ga o`tkazilmoqda, shuningdek ikki oy muddatda professor-o`qituvchilar va talabalarni Tizimdan foydalanuvchi bo`lib ro`yxatdan to`liq o`tishni ta`minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda 317 nafar professor-o`qituvchi va 1927 nafar talabalar ro`yxatdan o`tdi.
Hozirgi kunda Axborot-resurs markazi 48 ta kompyuter, 2 ta printer, 1 ta skaner bilan ta`minlangan. Kompyuterlarning 20 tasi elektron o`quv zaliga, 5 tasi Mashinasozlik fakultetidagi ochiq universal o`quv zaliga, 10 tasi 1- va 2-sonli talabalar turar joylaridagi o`quv zallariga, qolgan 13 tasi bo`limlarga o`rnatilgan. ARM dagi kompyuterlar Internet tizimi va ichki lokal tarmoqqa ulangan. Lokal tarmoq tezligi 100 Mb/s va Internet tezligi 1 Mb/s ni tashkil etadi. ARM da Wi-Fi zonasi mavjud.
Axborot – resurs markazi da 36187 nomda elektron resurslar mavjud:
Shundan:
Darsliklar- 10383
O`quv qo`llanmalar- 19415
Ilmiy adabiyotlar- 587
Badiiy adabiyotlar- 3234
Boshqa turdagi adabiyotlar- 2568