Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Magistratura

Magistratura bo’limi boshlig’i

Qobulova Nilufar Jalilovna

Telefon raqami : (99890) 5460821

Elektron pochtasi: n.qobulova@andmiedu.uz

 

 

Magistratura bo’limi xaqida ma’lumot:

О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida»gi qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida»gi Farmoniga, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi va 2007 yil 10 sentabrdagi 190-son «О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida institutimizda magistratura bo‘limi 2013-2014 o`quv yilidan  tashkil qilindi. Bugungi kunda Magistratura bo‘limi 2 shtat birligida (bo‘lim boshlig‘i va uslubchi) faoliyat yuritmoqda.

Magistratura bo‘limi instittutda magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, u kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

  • magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashishni;
  • o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
  • barcha fakultetlarning magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
  • magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Andijon mashinasozlik instituti magistrantlariga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar: fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan olimlar, shuningdek, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida boy ish tajribaga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan.

Andijon mashinasozlik instituti magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bazasi AndMI professor-o‘qituvchilari, hamda soha ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari tavsiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish muammolariga bag‘ishlangan dolzarb mavzulardir.

Magistratura talabasining o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyati magistratura talabasining kalendar ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.

Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultet o‘quv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari o‘qiyotgan birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyi ichida universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

 Magistratura talabalari faoliyati monitoringi 

Magistratura talabalari faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish va magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida institut rektori buyrug‘i bilan yetakchi o‘qituvchilar tarkibidan iborat Ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh tomonidan magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring quyidagi ko‘rsatkichlar asosida olib boriladi:

  1. a) birinchi kursda:

magistratura talabasining kalendar  ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi;

bitta ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada bitta tezis chop etganligi;

ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;

mutaxassislik bo‘yicha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi.

  1. b) ikkinchi kursda:

magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi;

ikkita ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada ikkita tezis chop etganligi;

magistrlik dissertatsiyasi dastlabki himoyadan o‘tganligi, agar u monitoring davrida rejalashtirilgan bo‘lsa;

ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;

mutaxassislik bo‘yicha barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi.

Monitoring jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar o‘tkaziladi, tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.

O‘quv yili oxirida Ishchi guruh monitoring yakunlari bo‘yicha institut Kengashida hisobot taqdim etadi.

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

5A310501- “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” mutaxassisligi

5A310601-Yerusti transport vositalari va tizimlari

5A310902 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (sanoat)” mutaxassisligi

5A311001-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” mutaxassisligi

5A320201 –  “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (mashinasozlikda)” mutaxassisligi

5A320308-“Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligi ochildi.

Hozirgi kunda magistraturada 37 nafar talaba taxsil olmoqda.

    Magistratura aniq mutaxassislik bо‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’limdir. 

    Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga kо‘ra ta’lim yо‘nalishining aniq mutaxassisligi bо‘yicha «magistr» akademik darajasi tо‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. 

   Magistraturani tomomlagan magistr tanlangan mutaxassislik bо‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatini yuritish; tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bо‘yicha oliy ta’limdan keyin katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutida tahsil olish; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qо‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi. 

    Magistr о‘zining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyat va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining: 

  • loyiha-konstruktorlik;
  • loyiha- texnologik;
  • ilmiy tadqiqot va tajriba;
  • ishlab chiqarish boshqaruvi;
  • ilmiy-pedagogik;
  • ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek bakalavriat ta’lim yо‘nalishiga mos boshqa mutaxassisliklari bо‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin. 

Magistratura to’g’risidagi Nizom: