Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page

Magistratura

Qabul to’g’risida umumiy ma’lumot

  • Hujjatlar onlayn ro’yxatdan o’tkazish muddati: 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulga qadar
  • Ro’yxatdan o’tkazish manzili http://magistr.edu.uz
  • Qabul komissiyasi telefon raqami: +998742259102

2020 yil 1 iyuldan Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro’yxatdan o’tkazish jarayoni boshlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq 2020/2021 o’quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o’qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Andijon mashinasozlik institutining 2020/2021 o’quv yilida magistrlar tayyorlash bo’yicha qabul ko’rsatkichlarining mutaxassisliklar va o’qitish tillari bo’yicha taqsimlanishi

Magistratura

SHifr Vazirlik, idoralar, oliy ta’lim muassasalari va mutaxassisliklar nomi Jami Davlat grantlari asosida Tulov-kontrakt asosida
Jami shu jumladan: Jami shu jumladan:
o’zbek rus o’zbek rus
5A230107 Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari 6 1 1 5 5
5A310501 Avtomobilsozlik va traktorsozlik 6 6 6 0  0 0
5A310601 Er usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo’yicha) 6 6 6 0 0 0
5A310609 Intellektual transport tizimlari 6 6 6 0 0
5A310701 Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo’yicha) 6 6 6 0 0
5A310902 Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha) 4 4 4 0
5A311001 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo’yicha) 6 6 6 0 0  0 0
5A312601 Mexatronika va robototexnika 4 4 4 0
5A320101 Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha) 6 6 6 0 0
5A320201 Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo’yicha) 6 6 6 0 0
5A320308 Payvandlash ishlab chiqarishi texnologiyasi va jihozlari 4 4 4 0  0
5A640101 Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (tarmoqlar bo’yicha) 6 1 1 5 5
  Andijon mashinasozlik instituti  66 56 56 0 10 10 0

 

👉 Veb-sayt: http://magistr.edu.uz

Oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o’qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish bo’yicha yo’riqnoma.

 

❗️Eslatma:

✅ Magistraturaga qabul Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o’tkazish orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to’lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

✅ Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo’yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo’yicha test savollari ham kiritiladi.

Asos: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev huzurida 2020 yil 30 aprel kuni o’tkazilgan yig’ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.