Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Kompleans-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi

Andijon mashinasozlik instituti Korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi

Ma’lumoti

Andijon mashinasozlik instituti Korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi faoliyati 2021 yil 17 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 18 maydagi 02-RA 1-8181-sonli topshirig’i, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 martdagi “YAshirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo’yicha 2020-2021 yillarga mo’ljallangan «Yo’l haritasi»da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 120-sonli buyrug’i hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 12 may kuni 2859-3-son bilan ro’yhatga olingangan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligining qo’shma qaroriga asosan boshlandi.

O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig’ilishining 2-sonli bayonnomasiga asosan Sog’liqni saqlash va Davlat xaridlari sohasida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini  amalga oshirin jarayonida Andijon mashinasozlik instituti ham faol ishtirok etdi. Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan tayyorlangan korruptsiyaning oldini olishga yo’naltirilgan videorolik institutning  3ta o’quv hududidan ikkitasining (Transport va logistika fakulteti hududidi karantinda) vestibyullari hamda 1-Talabalar turar joyida (2-TTJ karantinda) 2021 yil 3 may kunidan boshlab namoyish etildi.

Mazkur videorolik 2021 yil 3 may kuni Andijon mashinasozlik institutining ikkita rasmiy “Matbuot va muloqot” hamda “AndMI. Rasmiy kanal”, institut huzuridagi Akademik litsey, Andijon mashinasozlik texnikumi hamda Asaka transport va xizmat ko’rsatish texnikumlarining jami 5ta rasmiy telegram guruhlarida professor-o’qituvchilar va talaba-o’quvchilarga taqdim etilmoqda. 2021 yil 4 may kuni videorolik Andijon mashinasozlik texnikumi hamda Asaka trasnport va xizmat ko’rsatish texnikumlarining vestibyullari, o’quvchilarning rituallarida namoyish etildi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 12 may kuni 2859-3-son bilan ro’yhatga olingangan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligining qo’shma qaroriga asosan Andijon mashinasozlik instituti Korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi tashkil qilindi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 martdagi “YAshirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo’yicha 2020-2021 yillarga mo’ljallangan «Yo’l haritasi»da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 120-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan vazirlikning Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’limi vazifalariga asosan, institutning bo’lim boshlig’i va bosh mutaxassisi lavozim vazifalari ishlab chiqildi va rektor tomonidan tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PK-4910-sonli qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 martdagi “YAshirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo’yicha 2020-2021 yillarga mo’ljallangan «Yo’l haritasi»da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 120-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 20 may kuni Andijon mashinasozlik instituti rektorining “Rektor bilan yuzma-yuz” turqumidagi uchrashuvi tashkillashtirildi. Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining bajarilishi, vazirning korruptsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan so’nggi buyrug’i bilan tasdiqlangan Siyosati har tomonlama tahlil qilindi, akademik litsey tomonidan olib boriladigan ishlar muhokama qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligining 3-ishchi guruhi a’zolari ishtirokida 2021 yil 27 may kuni Andijon viloyati tashkilotlari, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari rahbar o’rinbosarlari va matbuot kotiblari uchun amaliy seminar o’tkazildi.

Tadbir kun tartibiga ikkita masala kiritildi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining joriy yil 18 may kunidagi 02-RA 1-8118-sonli topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida davlat tashkilotlarida korruptsiyaning oqibatlari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari.
  2. Respublikada korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida joriy etilayotgan yangi amaliyotlar, jumladan korruptsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimi, korruptsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, davlat xizmatchilarini korruptsiyaga qarshi tizimli o’qitish to’g’risida.

Seminarni Andijon viloyati hokimining birinchi o’rinbosari O.Tursunov ochib bergan bo’lsa, Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligining boshqarma boshlig’i o’rinbosari A.Ergashev, Bosh inspektori B.Rahmonov hamda yetakchi inspektori R.YUldashevlar respublikada korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan olib borilayotgan ishlar, soha bo’yicha ishlab chiqilayotgan yangi me’yoriy hujjatlar to’g’risida ma’lumotlar berdilar.

Seminarning ikkinchi qismida ishchi guruh a’zolari va viloyat tashkilotlari vakillari o’rtasida ochiq muloqot shaklida fikr almashuvi bo’lib o’tdi, savollar va takliflar muhokama qilindi. Guruh a’zolari tomonidan viloyat bilan tanishuv jarayonida aniqlangan ayrim qonunbuzarliklar, korruptsion holatlar bo’yicha mutasaddilarga alohida topshiriqlar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan o’tkazilgan amaliy seminarda Andijon mashinasozlik instituti Korruptsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i V.Turdiyev hamda institut Matbuot kotibi O.Odilovlar ishtirok etdilar.

Andijon mashinasozlik instituti ilmiy kengashining aprel oyi qarori bilan institut rektorining tashabbusi bilan korruptsiyaga qarshi kurashish talaba-yoshlar klubini tashkil qilish va va may oyi qarori bilan ushbu klubning namunaviy nizomi tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar haqida”gi Qonuni hamda  O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish” 5618-son Farmoniga asosan klub Nizomi bo’yicha  yoshlar (institut talabalari va uning tasarrufidagi akademik litsey va texnikum o’quvchilari hamda ihtiyoriy ravishda yosh pedagog-xodimlar) ikkita sektsiyada faoliyat ko’rsatadi :

  • Huquqiy-vatanparvarlik sektsiya – korruptsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limining targ’ibot-tashviqot tadbirlarida, jamoatchilik nazorat ishlarida ishtirok etish;
  • Huquqiy-xarbiy sektsiyayoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlari, shu jumladan huquq-tartibot idoralarga ishga va xarbiy-yuridik oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko’rish, xarbiy sport turlarini tag’ib qilish va musobaqalarni tashkil etish.

2021 yil iyun oyida  institut rektori U.M.Turdialiyevning tashabbusi bilan institutda Korruptsiyaga qarshi kurashish talaba-yoshlar klubini nodavlat notijorat tashkilot sifatida hududiy faoliyat bo’yicha Andijon viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamda respublika miqyosida faoliyat yuritish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan muzokaralar olib borildi. Natijada O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 28 iyundagi “Oliy ta’lim tizimida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish to’g’risida”gi 281-sonli buyrug’i bilan respublikaning barcha OTMlarida Korruptsiyaga qarshi kurashish talaba-yoshlar klublarini tashkil etish belgilandi va klubning namunaviy nizomi tasdiklandi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi hamda Andijon mashinasozlik instituti korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi tomonidan 2021 yil 7 iyun kuni  amaliy seminar o’tkazildi .

Tadbirni  institut rektori U.M.Turdialiyev kirish so’zi bilan ochib berdi. So’ngra Andijon viloyati DXX boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan “TA’LIMDA TA’MAGIRLIK” deb nomlangan videofilm namoyish etildi Ushbu film namoyishidan keyin so’zga chiqqan DXX boshqarmasi xodimi respublikada, shu jumladan viloyatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan  ishlar, oliy ta’lim muassasalarida korruptsion holatlar omillari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi, tadbirga to’plangan professor-o’qituvchi va xodimlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Amaliy seminar ochiq muloqot va fikr almashuv ruhida o’tkazildi. Tadbirni yakunlar ekan, institut rektori barcha professor-o’qituvchilar va xodimlarni noqonuniy hatti-harakatlardan, shu jumladan korruptsion holatlarga yo’l qo’ymasligi, ushbu holatlarni sodir etganlarning javobgarligi, jazo muqarrarligi haqida rasman ogohlantirdi.

Institut Korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i 2021 yil 23 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Kadrlar Departamenti  boshlig’i B.Qodirov. Komplaens nazorat va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i H.Abdurahmonov hamda vazirlik yuristi F.Fozilovlarning ZOOM orqali onlayn suhbatidan o’tdi.

Suhbat boshida B.Qodirovning “komplaens-nazorat” tizimini, sohadagi o’rni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan so’nggi qarorlari to’g’risida savollariga javoban batafsil javoblar berildi. Vazirlikning Komplaens nazorat va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i H.Abdurahmonov o’z navbatida yangi tashkil etilgan bo’limning maqsad va vazifalari to’g’risida savol berdi, bo’lim boshlig’i sifatida nimalarga e’tibor berish kerak, ishni samarali tashkil qilish bo’yicha takliflar bilan qiziqdi, korruptsiyaga qarshi talaba-yoshlar klubi faoliyatini yurgizish bo’yicha fikrlarni eshitdi va to’liq javoblar oldi. Vazirlik yuristi F.Fozilovda savollar bo’lmadi.

Onlayn suhbat davomida vazirlik mutasaddilariga korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limlarini samarali faoliyatini olib borish bo’yicha quyidagi takliflar kiritildi:

  • 2021 yil mobaynida institut Korruptsiyaga qarshi kurashish (KQK) sohasi bo’yicha vazirlikka 4 marotaba takliflar kiritdi, shu jumladan “komplaens-nazorat” va KQK (SB – “sobstvennaya bezopasnost”) tizimlarini bir-biridan ajratish, korruptsiyaning ob’ekti bo’lmish talabalarning o’zlarining imkoniyaitlaridan samarali foydalanish, masalan vazirlik miqyosida KQK Talabalar klublarini tashkil qilish;
  • KQK ishlari ortida siyosiy, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish yo’nalishi chetda qolishi kerak emas (qo’shni davlatlardan o’qishini ko’chirib kelganlar jinoiy va ekstremistik kuchlar ta’sirida bo’lishi mumkin);
  • OTMlarda asosiy korruptsiogen holatlar omillari bo’yicha –
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 393-qarori bo’yicha talabalarni o’qishdan sababsiz dars qoldirganlarning chetlashtirish tartibi(tibbiy ma’lumotnomalar)ga o’zgartirishlar kiritish;
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim va Sog’liqni saqlash vazirligi bilan tibbiy ma’lumotnomalarning yagona yuritish tartibini joriy etish, ya’ni talabalar hohlagan joydan emas Tibbiyot birlashmalari onlayn tartibida o’qishdan ozod etishni joriy etish;
  • kurs va mustaqil ishlardan, BMI himoyasining qog’oz shakllaridan voz kechish.
  • Vazirlik va OTMlardagi tuzilmalarning nomlari (vazirlikda “Komplaens nazorat va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’limi”, OTMlarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi”) va ish tartibi, vaqtini (vazirlikda soat 9-00dan 18-00gacha 5 kunlik ish haftasi, OTMlarda ish vaqti soat 8-00dan 16-00gacha, 6 kunlik ish haftasi) bir hil bo’lgani ma’qul.
  • OTMlardagi KQK bo’limlarining ish yurituvi alohida bo’lishi konfedentsial ma’lumotlarni sir saqlanishiga va samarali ishlashga imkon yaratar edi:
  • bo’lim muhri va blankalari
  • hujjatlar shakllari va ularni rasmiylashtirish tartibi bo’yicha yagona talablar va namunalar
  • maxsus chaqiruv qog’ozlari(povestkalar)ni amaliyotga kiritish,
  • oldindan bilib turib noto’g’ri ma’lumot, to’xmat qilishi uchun javobgarlikka tortilishi to’g’risida ogohlantiruv xati,
  • bo’lim tomonidan chiqarilayotgan hujjatlarning bajarish tartibi va muddatlari, qo’llanadigan choralar.
  • KQK bo’limlarining xodimlari va arizachilarning xavfsizlik choralarini ko’rish.
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kopmlaens nazorat va korrutsiyaga qarshi kurashish bo’limi tomonidan tashkiliy-metodik ishlar jarayoniga o’z hissasini qo’shish maqsadida institut 2021 yil iyun oyida davomida 3 martotaba o’z takliflarini kiritdi. Jumladan, Korruptsion holatlar to’g’risida ma’lumot berayotgan talabalar, xodimlar, fuqarolarni rag’batlantirish bo’yicha aniq me’yoriy hujjatlar va samarali mexanizmini ishlab chiqishimiz kerak deb hisoblaymiz.

Bu masalada so’nggi vaqtda qabul qilingan barcha choralar jinoiy-protsessual jarayonga taaluqli bo’lib, sud hukmi bilan rag’batlantirish belgilanadi. Lekin, materiallarni sudgacha olib borish, kerakli qaror chiqib, ekspertlar hulosasini olib, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni belgilash, rag’batlantirish miqdorini aniqlash va nihoyat arizachiga topshirish ko’p vaqt egallaydi.

Fuqarolarning faqat ma’naviy-ma’rifiy asoslar bilan, vatanparvarlik ruhi, beminnat yordami, huquqiy ongi va va huquqiy madaniyatiga tayanib bu sohada amaliy natijalarga erishish, poraxo’r, firibgarlarni fosh etish hozirgi kunda juda qiyin. Qolaversa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning bu sohadagi ish samaradorligi birinchi navbatda moddiy rag’batlantirish tizimini yo’lga qo’yilganliga bog’liq.

Andijon mashinasozlik institutida bir yildan beri korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi maxsus ishchi guruhlari, ishonch telefonlari, telegram botlaridan foydalanish, arizachilarning moddiy rag’batlantirilishi ichki buyruqlar bilan belgilangan va samarali ishlamoqda. Professor-o’qituvchilar va xodimlar tomonidan jinoiy ishlar sodir etilishini oldini olib, korruptsion holatlar alomatlari bo’yicha tasdiqlangan ma’lumotlar uchun bir qator talaba va xodimlar moddiy rag’batlantirilgan. Lekin ushbu rag’batlantirishlar institut rektorining shaxsiy mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan.

Taklif –  Oliy va o’rta ma’sus ta’lim va Moliya vazirliklari, kerak bo’lsa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan kelishilgan holda, vakolat doirasida samarali korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarini olib borish maqsadida “Vazirlik tizimida korrutsiyaga qarshi kurashish bo’yicha tasdiqlangan ma’lumotlarni taqdim etgan fuqarolarni moddiy rag’batlantirish bo’yicha Yo’riknoma”ni ishlab chiqish.