Kafedra mudiri
BAKIROV LUTFILLO YO`LDOSHALIYEVICH
Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Po’lat Bobohonovich Bobohonov nomli stipendiyasi sovrindori (TAYI 2008)
“Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni sovrindori (Toshkent-2019)
Telefon: (+99897) 490-30-37 (+99891) 491-30-37
E-mail: lutfillo.bakirov@yandex.ru
Kafedra tarixi
“Yer usti transport tizimlari” kafedrasi 1991 yilda Toshkent davlat texnika universiteti Andijon filiali tarkibida tashkil etilgan. O`zbekiston Respublikasi “Uzavtosanoat” uyushmasi va Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti tashabbuslari bilan institut Ilmiy Kengashining 1996 yil 31 avgust 1-sonli qarori va institut rektorining 1996 yil 2 sentyabr 591 “a” sonli buyrug`iga binoan “Yer usti transport tizimlari” nomi bilan tashkil etilgan. Institut Ilmiy Kengashining 1999 yil 30 avgust 1-sonli qarori va rektorning 1999 yil 3 sentyabr 629-sonli buyrug`iga asosan kafedraning nomini davlat standartiga monand qilish maqsadida unga “Transport vositalaridan foydalanish” nomi berildi.
Kafedrani tashkil etishda texnika fanlari doktori, professor marxum Toshlanov Ne`mat Yuldashevichning xizmatlari beqiyosdir. Shuningdek kafedra tashkil etishda texnika fanlari doktori, professor Djumaboev Alijon Bakishevich ham ulkan hissa qo`shgan. 1999-yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Tojiboy Almataev Orziqulovich rahbarlik qilgan.
2011 yil 20 maydagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-1533-sonli qaroriga asosan Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Andijon mashinasozlik institutiga aylantirishi to`grisidagi 2011 yil 25 iyundagi 214-son qarori va Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy kengashining 2011 yil 3 avgust 10 sonli bayonnomasi hamda institut rektorining 2011 yil 3 avgustdagi 545-sonli buyrug`ini ijrosini ta`minlash maqsadida, institut rektorining 2011 yil 15 avgustdagi 563-sonli buyrug`i bilan kafedraga “Yer usti transport tizimlari” nomi bilan qayta tashkil etildi.
Toshlanov Ne`mat Yuldashevich Djumaboyev Alijon Bakishevich Almatayev Tojiboy Orzuqulovich Ikromov Nurillo Avazbekovich
Hozirgi kunda kafedrada jami 21 nafar professor o`qituvchilar ishlaydilar: jumladan, 3 nafar texnika fanlari nomzodi, dotsent; 6 nafar katta o`qituvchilar, 12 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedraga t.f.n. L.Y.Bakirov rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada hozirgi kunda quyidagi bakalavriyat yo`nalishlari bo`yicha talabalar ta`lim olmoqdalar:
- 5310600 – “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi”
- 5111000 – “Kasb ta`limi (5310600 – YeUTT va UE )”
- 5610100 – “Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti)”
- 5620100 – “Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi”
Ushbu bakalavr yo`nalishlari bo`yicha 43 ta fanlardan ma`ruza, amaliy va laboratoriya mashqulotlari olib boriladi. Barcha fanlardan o`quv-uslubiy majmualar va o`quv me`yoriy hujjatlar mavjud.
Hozirgi kunda kafedra qoshida 2 ta o`quv labaratoriya xonasi va o`quv ustaxonasi tashkil etilgan va zamonaviy avtomobillarning agregat va qismlari bilan jihozlangan. Birinchi laboratoriya xonasida avtomobil va ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsiplarini o`rganish bo`yicha o`quv stenlari joylashgan. Ikkinchi laboratoriya xonasida avtomobilning elektr jihozlari, injektor tizimini o`rganish bo`yicha laboratoriya stendi va elketron planshetlar joylashtirilgan.
Kafedra a`zolari tomonidan 14 ta o`quv qo`llanma, 15 ta monografiya yaratilgan, 12 dan ortiq patent va avtorlik guvohnomalari, 30 ortiq ratsionalizatorlik takliflari olingan, 500 dan ortiq respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan, 500 dan ortiq xalqaro ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma`ruzalar qilingan.
Kafedra a`zolari tomonidan har o`quv yilida talabalar turar joylarida “Kafedra kuni” o`tkaziladi. Tadbirda talabalarga avtomobilning ekpluatatsiyasi to`g`risidagi yangiliklar, ma`ruzalar, maslahatlar va qiziqarli viktorinalar tashkil etiladi.
2011 yildan 2019 yilgacha texnika fanlari nomzodi N.A.Ikromov kafedra mudiri lavozmida faoliyat ko’rsatgan.
2019 yildan buyon Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Bakirov Lutfillo Yo`ldoshalievich kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda.
Kafedraga tegishli laboratoriya xonalari
Kafedraning o`quv ustaxonasi
Kafedraning o’quv labaratoriya jixozlari
Kafedraning o’quv labaratoriya jixozlari
KAFEDRA OLDIDAGI VAZIFALAR
“Yer usti transport tizimlari” kafedrasi Andijon mashinasozlik institutida “Transport va logistika” fakultetining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. Kafedrada Yo`naliga kirish, Yagona transport tizimlar, Avtomobillar konstruksiyasi, Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari, Yagona transport tizimlari, Yo`l xarakati qoidalari, Avtomobil yo`llari, Maxsus avtomobillar, Muxandislik faoliyati asoslari, Transport vositalarida ishlatiladigan eksplutatsion materiallar, Texnik tizimlarni boshqarish, Transport logistikasi, Yagona transport tizimlari, Transport vositalari detallarining ish qobiliyatini qayta tiklash texnologiyalari, Avtotransport tarmog`i korxonalarini loyihalash, Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi, Avtomobillar servisi asoslari, Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi, Avtomobillarda tashish va xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari,Avtomobillar, traktorlar konstruktsiyasi, Moylar va ishchi suyuqliklar, Yo`l xarakati qoidalari va amaliy boshqarish kabi fanlari bo`yicha o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kafedraning asosiy faoliyat yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- kafedra yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta`lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish takomillashtirish;
- kafedra fanlari bo`yicha ishlab chiqarish korxinalari talablari asosida o`quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o`quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- tayanch oliy o`quv yurtlari professori–o`qituvchilari va ishlab chiqarishdan mutaxassislar hamkor hamda darslik, monografiya, o`quv, uslubiy va ko`rgazmali qo`llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o`quv qo`llanma va o`quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
- o`quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan) bo`yicha oliy ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq tuzilgan o`quv rejalaridagi fanlar bo`yicha belgilangan mashg`ulot turlarini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o`tkazish, ta`lim sifatini ta`minlash;
- talabalarning mustaqil va kurs ishlariga hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo`yicha tadbirlar o`tkazish;
- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan nomdor stipendiyalar tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo`yicha choralar ko`rish;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo`lib bajarishga o`rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy shart-sharoitlar yaratish;
- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta`lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta`minlash;
- kafedra o`qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o`quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko`rib chiqish, tajribali o`qituvchilar faoliyatini o`rganish, umumlashtirish va ilg`or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishni boshlagan yosh o`qituvchilarga pedagogik malaka va ko`nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o`quv mashg`ulotlarida zamonaviy o`quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o`qitish va mustaqil ta`lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish, o`qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o`quv auditoriyalarda tashkil qilish, masofali o`qitish elementlarini rivojlantirish;
- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo`yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta`lim hujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo`yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- byudjetdan tashqari mablag`larni jalb etish, shuningdek, ilmiy- texnikaviy yordam ko`rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo`jaliklar bilan aloqa o`rnatish;
- kafedra ixtisosligi bo`yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazish, ta`lim xizmati ko`rsatish tizimini rivojlantirish;
- xorijiy ta`lim muassasalari bilan ta`lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- talabalarning qiziqishlarini e`tiborga olgan holda turli mavzular, yo`nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo`yicha to`garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo`sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- kafedrada o`qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to`liq va sifatli o`tkazilishini ta`minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
- institut axborot-resurs markazini kafedra ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o`quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to`ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.
Kafedra jamoasi oldida hozirda zamonaviy avtomobil sohasidagi yetuk bakalavr tayyorlash, o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo`yilgan.
KAFEDRA MAS`UL YO`NALISH VA MUTAXASSISLIKLAR:
Ta`lim yo`nalishlari:
5310600 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi (avtomobil transporti bo`yicha)
5111000 – Kasb ta`limi (5310600 – YeUTT va UE)
5610100 – Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti)
5620100 – Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi
Ta`lim mutaxassisliklari:
5A310101-“ Yer usti transport vositalari va tizimlari (avtomobil transporti bo’yicha)”
KAFEDRADA O`QITILADIGAN FANLAR RO`YXATI
“Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi” yo`nalishlari talabalari uchun:
- Yagona transport tizimlari.
- Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari.
- Yo`l harakati q
- Avtomobil yo`llari.
- Maxsus avtomobillar.
- Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatasion materiallar.
- Texnik tizimlarni boshqarish.
- Transport logistikasi
- Avtotransport tarmog`i korxonalarini loyihalash.
- Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari.
- Texnologik jihozlar va ularning ekspluatasiyasi.
- Avtomobillar konstruktsiyasi
- Transport vositalarida qo’llaniladigan nometal materiallar
- Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish
- Avtomobillarning texnik servisi
- Yo’lovchilarni tashishni tashkil etish va boshqarish
- Traktor va qishloq xo`jalik mashinalari konstruksiyasi
- Avtomobil va traktorlar texnik servisi
- Yonilg`i va moylash materiallari
- Avtomobil va traktorlar konstruksiyasi
- Yo`l harakat qoidalari va amalaiy boshqarish
- Ekspluatatsion materiallar
- Mashinalar puxtaligi asoslari
- Avtotransport vositalarini qayta tiklash metodlari
- Avtotransport vositalarini diaginostiklalash
- Maxsus avtomobillar va ularga xizmat ko’rsatish
- Mijozlar bilan ishlash va ularga xizmat ko’rsatish madaniyati
- Avtoservis korxonalarida servis xizmatini tashkil etish asosilari
- Avtomobil transportida tashishni tashkil etish
- Yo’l xarakati qoidalari va xarakat havfsizligini tashkil etish asoslari
- Transport umumiy kursi
- Transport tizimining huquqiy va me’yoriy asoslari
- Transport vositalari tuzilishi va nazariyasi va avtomobillar texnik ekspluatatsisi
- Logistika
- Bojxona ishi
- Avtomobil, traktorlar konstruktsiyasi va ulardan foylanish
- Transport vositalari konstruktsiyasi va texnik ekspluatatsiyasining rivojlanish yo’nalishlari, zamonaviy muammolari
- Transport vositalari va tizimlarning ishonchliligi
- Texnologik jarayonni boshqarish va eksperimentlarni rejalashtirish
- Avtomobil transportida moddiy texnik ta’minot va resurslarni tejash
- Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
- Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining me’yorlarini aniqlash usullari
- Avtotransport korxonalarining texnik negizi
“Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo`nalishlari talabalari uchun:
- Avtomobil va traktorlar konstruksiyasi.
- Yonilg’i va moylash materiallari.
- Yo`l harakati qoidalari va amaliy boshqarish.
- Avtomobillar va traktorlarning texnik servisi
“Xizmatlar sohasi” yo`nalishlari talabalari uchun:
- Yo`nalishga kirish
- Avtotransport vositalarining tuzilishi
- Mashinalarning puxtaligini asoslari
- Ekspluatatsion materiallar
- Avtotransport vositalari detallarini qayta tiklash metodlari
- Avtotransport vositalarining diagnostikalash
- Maxsus avtomobillar va ularga xizmat ko’rsatish
- Mijozlar bilan ishlash va ularga xizmat ko’rsatish madaniyati
- Transport vositalarida qo’llaniladigan nometal materiallar
- Avtoservis korxonalarida servis xizmatini tashkil etish asosilari
- Avtomobil transportida tashishni tashkil etish
- Yo’l xarakati qoidalari va xarakat havfsizligini tashkil etish asoslari
- Транспорт воситалари деталларини қайта тиклаш методлари
“Kasb ta`limi” yo`nalishlari talabalari uchun:
- Traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalari konstruktsiyasi (tuzilish)
- Traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalari konstruktsiyasi (nazariya)
- Yonilg’i va moylash materiallari
“TASHISHLARNI TASHKIL ETISH VA TRANSPORT LOGISTIKASI”
- Transport umumiy kursi
- Transport tizimining huquqiy va me’yoriy asoslari
- Logistika
- Transport vositalari tuzilishi va nazariyasi va avtomobillar texnik ekspluatatsisi
- Bojxona ishi
- Yagona transport tizimi
- Maxsus avtomobillar
“XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
1.Avtomobil, traktorlar konstruktsiyasi va ulardan foylanish
Ta`lim mutaxassisliklari talabalari uchun:
- Transport vositalari konstruktsiyasi va texnik ekspluatatsiyasining rivojlanish yo’nalishlari, zamonaviy muammolari
- Transport vositalari va tizimlarning ishonchliligi
- Texnologik jarayonni boshqarish va eksperimentlarni rejalashtirish
- Avtomobil transportida moddiy texnik ta’minot va resurslarni tejash
- Avtotransport vositalarini diagnostikalash
- Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
- Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining me’yorlarini aniqlash usullari
- Avtotransport korxonalarining texnik negizi
Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati
№ | F.I.SH | Lavozimi | Telefoni |
---|---|---|---|
18 | To`rayev SHoyadbek Axmadjonovich | Assistent | +99891 174-99-66 |
1 | Ikromov Nurillo Avazbekovich | Kafedra mudiri | +99891 479-46-46 |
2 | Sarimsaqov Akbarjon Mo`minovich | Dotsent | +99890 546-34-67 |
3 | Almataev Tojiboy Orzuqolovich | Dotsent | +99893 442-04-32 |
4 | G`iyasidinov Abdumannob SHaroxidinovich | Katta o`qituvchi | +99891 494-05-80 |
5 | Yusupov Sarvarbek Sodiqovich | Katta o`qituvchi | +99890 217-54-27 |
6 | Babatayev Akbarali Omanovich | katta o`qituvchi | +99894 568-77-30 |
7 | Xolmatov Umidjon Sadirdinovich | katta o`qituvchi | +99890 210-35-05 |
8 | Yuldashev Abdusamat Xalimovich | Katta o`qituvchi | +99891 602-46-46 |
9 | Ortiqov Sarvarbek Sattaralievich | Katta o`qituvchi | +99890 140-84-84 |
10 | Rasulov Dilshodbek Narimanovich | Katta o`qituvchi | +99893 787-06-87 |
11 | Sarimsaqov Asimjon Mo`minovich | Assistent | +99891 618-04-71 |
12 | Usmonov Jasur Mo`minalievich | Assistent | +99890 622-66-44 |
13 | Bakirov Lutfillo Yo`ldoshalievich | Assistent | +99891 491-30-37 |
14 | Odilov Furqatbek Umarbekovich | Assistent | +99890 380-11-17 |
15 | Halilov Samadullo Axmadillaevich | Assistent | +99893 429-66-70 |
16 | Abdullaev Alimardon Ikromjonovich | Assistent | +99890 140-65-17 |
17 | Toxtasinova Firuza Aleksandrovna | Assistent | +99891 290-89-11 |
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo`nalishlari
№ | Kafedra | Mavzular |
1. | YeUTT | O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni ekspluatasion ishonchliligini oshirish. |
2. | YeUTT | Yuqori mustahkamlikka ega bo`lgan ikkilamchi xom ashyo asosida yangi materiallar yaratish va ularni avtomobillarda qo`llash. |
3. | YeUTT | Avtoservis korxonalari uchun yangi texnologik jihozlarni konstruksiyalash (xo`jalik shartnomasi asosida). |
4. | YeUTT | Mamlakatimizdagi yuk va yo`lovchi tashish tizimini takomillashtirish. |
5. | YeUTT | Avtomobillarni ekspluatasiya qilishda yangi tizimlarni qo`llash orqali ularning ishonchliligini oshirish. |
DARSLIK VA O`QUV QO`LLANMALAR YaRATISH
Andijon mashinasozlik instituti “Er usti transport tizmlari” kafedrasi professor-o`qituvchilarini 2019-2020 o`quv yilida o`quv qo`llanma va uslubiy qo`llanma tayyorlash
REJASI
№ | professor-o`qituvchilarning
F.I.SH. |
Kafedra nomi | O`quv – uslubiy material turi | O`quv – uslubiy material nomi | Tayyorlash muddati |
1 | A.Sarimsaqov | Yer usti transport tizimlari | Darslik | Transport tizimining xuquqiy va me`yoriy asoslari | 01.08.2020 |
2 | N.Ikromov, M.Shukurov | Yer usti transport tizimlari | O`quv qo`llanma | Avtomobillarga texnik xizmat o`rsatish va diagnostika | 01.08.2020 |
3 | N.Ikromov, Sh.To`raev | Yer usti transport tizimlari | O`quv-uslubiy qo`llanma | Avtomobillar, traktorlar konstruktsiyasi
|
20.09.2019 |
4 | N.Ikromov, Sh.To`raev | Yer usti transport tizimlari | O`quv-uslubiy qo`llanma | Transport vositalarida qo`llaniladigan nometal materiallar | 20.09.2019 |