Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page

Texnologik mashinalar va jihozlar

Kafedra mudiri

t.f.d., dotsent
Qosimov Karimjon Zuxriddinovich

Telefon:  
E-mail: 

 

Kafedra tarixi

Andijon mashinasozlik institutida 2019 yil 25 iyuldagi institut rektorining № 255-sonli buyrug‘iga asosan “Texnologik mashinalar va jihozlar”  (mashinasozlik va metallga ishlov berish) hamda shu kafedra tarkibida bo‘lgan “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi kafedra sifatida ajralib chiqdi va “TMJ” kafedrasiga kafedra mudiri sifatida K.Z.Qosimov tayinlandi.

Xozirgi kunda kafedra tarkibida 19 nafar professor o‘qituvchilar  faoliyat yuritadi. Ulardan 1 nafri (DsC) dotsent, 2 nafari professor, 3 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada 05.02.01- “Mashinasozlikda materialshunoslik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligida 2 nafar, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligida esa 3 nafar tayanch doktorantlar va 1 nafar stajyor-tadqiqotchi o`z ilmiy ishlarini olib bormoqdalar. Bundan tashqari kafedraning 7 nafar mustaqil izlanuvchilari ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritishmoqda.    

 5320300- “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo‘nalishida kunduzgida 298 nafar, sirtqida 85 nafar bakalavr talabalari va 5A320308 – “Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligi bo‘yicha 17 nafar magistrantlar taxsil olmoqdalar.

2018 yilda kafedra assistentlari M.Qosimova, X.Xoshimov, SH.Yo‘ldashevlar “Yosh olimlar” loyihasida qatnashib YoOT-Atex-2018-85 “Zamonaviy kompozitsion materiallarni qoplab mashina detallari resursini ortirish texnologiyasi parametrlarini asoslash” 80 mln so‘mlik loyiha yutib oldilar.

2019 yilda kafedra dotsenti K.Qosimov, katta o‘qituvchi SH.Abdulxakimovlar tomonidan “GM-Uzbekiston” qo‘shma korxonasi bilan “Payvandlash tsexlarida kontakt payvandlash jarayonidagi uchqun sachramalarini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida 8880000 so‘mlik shartnoma imzoladilar.

Kafedra tarkibi

 

Qosimov Karimjon Zuxriddinovich – t.f.d., dotsent

 

 

 

Abralov Maxmud Abralovich – Professor

 

 

 Dunyashin Nikolay Sergeyevich – Professor

 

 

 Mirzaev Ilxomjon Gofurovich – T.f.n. dotsent

 

 

  

Abdulxakimov Shavkatbek Abdullayevich – dotsent

 

 

 

Ermatov Ziyodulla Dosmatovich – dotsent

 

 

 Igamberdiyev Madaminjon Quchqarboyevich – Katta o`qituvchi

 

 

  

Madazimov Muzaffar Toxirjon o‘g‘li – katta o‘qituvchi (PhD)

 

 

 

 Qirg‘izaliyev Nodirbek Xoldarovich – Katta o`qituvchi

 

 

   

Isaboyev Toxir Mexmonovich – Katta o`qituvchi

 

 

 

 Abdullayev Shavkatbek Azimovich – Assistent

 

   

Qosimova Malohat Karimovna – Assistent

   

Mo‘ydinov Azizbek SHuxratovich – Assistent

 

 

 Umarova Shaxnoza Olimovna – Assistent

 

   

Sultonov Rasuljon Shoxobidin o‘g‘li – Assistent

 

 

Xoshimov Xalimjon Xamidjonovich – Assistent

 

 

Yo‘ldashev Shuxratbek Xabibullo o‘g‘li – Assistent

 

 

 Mirzaev Otabek Abduraximovich – Assistent (PhD)

 

 

 Ashurboev Jasurbek Komil o‘g‘li – Kabinet mudiri

 

 

                                                 

                                              Obidov Oybek Sobit o‘g‘li – Kabinet mudiri

 

 

Mamarasulova Oyistaxon Usmonjon qizi – Laborant 

 

 

 

Kafedra talabalari

Kunduzgi bo’limda  298 ta, sirtqi bo’limda 85 ta talaba tahsil oladi.

Bakalavr yo‘nalishi

5320300-“Texnologik mashinalar va jihozlar” (tarmoqlar bo‘yicha).

Magistratura mutaxassisligi

5A320308“Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari”

Ilmiy faoliyat

Qishloq xo`jaligi mashinalarining tez yeyiladigan detallarini ta’mirlash va ish resursini oshirish bo`yicha kаfеdrаdа K. Qosimov, M. Madazimov, M.Qosimova, A. Mo`ydinov va N. Qodirovlar;
Yengil sanoat va yo`l qurilish mashinalarini yеyilgаn  qismlаrni kukunsimon kompozitsion materiallardan foydalanib qayta tiklаsh va mustаhkаmligini оshirish bo’yichа M. Abralov,  X. Xoshimov va Sh. Yo`ldashevlar;
Pаyvаndlаsh materiallari elektrodlar va flyuslarini mahalliy xom ashyolardan foydalanib yaratish ustidа N. Dunyashin, Sh. Umarova, B. Yusupov va A. Umarovlar;
Urug`lik chigitini tukini gаz-аlаngаsi yordаmidа tuksizlantirish tеxnоlоgiyasi vа qurilmа kоnstruksiyasini lоyihаlаsh bo’yichа Sh. Abdulhakimov, H. Bekboyev
Andijonda joylashgan sanoat korxonalarida sаmаrаli tеxnоlоgik pаyvаnd  jаrаyonlаrini yarаtish va takomillashtirish ustida M. Igamberdiyev, N. Qirg`izaliyev, T. Isaboyevlar ilmiy tаdqiqоt ishlаri оlib bоrishmoqdalar.

Оlib bоrilgаn ilmiy izlаnishlаr nаtijаsidа  quyidаgi tajriba moslama va jihozlari yaratildi:

  • pаxtа urug`ini gаz аlаngаsidа tuksizlantirish uchun ko’p alangali qurilma;
  • metallarni laboratoriya sharoitida yeyilishga sinash moslamasi;
  • kolosniklarni yeyilishga sinash qurilmasi;
  • Yassi va silindrsimon detallarni payvandlab qoplash uchun qurilma;
  • Aylanuvchi detallarni moy muhitida yeyilishga sinash moslamasi;
  • Tekis va figurali yuzalarni payvandlab qoplash uchun qurilma;

Ilmiy va amaliy loyihalar

Payvandlash tsexlarida kontakt payvandlash jarayonidagi uchqun sochramalarini kamaytirish texnlogiyasini ishlab chiqish”, “Plug lemehlarini ish resursini oshirish” va “Pаxtа urug`ini gаz аlаngаsidа tuksizlantirish uchun ko’p alangali qurilma”  mavzusida.

Kafedra yutuqlari

“TMJ” kafedrasi assistentlari M.Qosimova, X.Xoshimov, SH.Yo‘ldashevlar “Yosh olimlar” loyihasida qatnashib YoOT-Atex-2018-85 “Zamonaviy kompozitsion materiallarni qoplab mashina detallari resursini ortirish texnologiyasi parametrlarini asoslash” 80 mln so‘mlik loyiha yutib oldilar.

Kafedra dotsenti K.Qosimov, katta o‘qituvchi SH.Abdulxakimovlar tomonidan “GM-Uzbekiston” qo‘shma korxonasi bilan “Payvandlash tsexlarida kontakt payvandlash jarayonidagi uchqun sachramalarini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida 8880000 so‘mlik shartnoma imzoladilar.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 14 ta Scopus, Web of Science ilmiy jurnalida, 5 dan ortiq xorijiy jurnallarda, 10 ta OAK tassrufidagi jurnallarda, 13 ta respublika ilmiy konfrentsiyalarda ilmiy maqolalar chop etildi.

Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 ta foydali modelga arizalar topshirildi. Xozirgi kunda berilgan arizalardan 6 tasiga rozilik xatlari olinib, ekspertiza uchun xujjatlar topshirib qo‘yildi.

Laboratoriya va turli to‘garaklar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan laboratoriya darslarini ishlab chiqarish korxonalarida bilan tuzilgan shartnomalar asosida korxonalarda o‘tkaziladi.

Kafedrada “Texnogen” hamda “Yosh payvandchi” to‘garaklari mavjud bo‘lib hozirda bu to‘garaklarda kafedraning professor-o‘qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqdalar.

 

Kafedra oldidagi vazifalar

  1. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari taqdim etiladigan yangi loyihalarni qo‘lga kiritish va ularni samarali olib borish.
  2. Yangi iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda xo‘jalik shartnomalari tuzish.
  3. Kafedra professor-o‘qituvchilariga yuklatilagan payvand jihozlardan foylanadigan o‘quv laboratoriya darslarini olib borish uchun mo‘ljallangan loyihani yakunlash.

Kafedra manzili: Andijon shahar, Boburshoh ko‘cha 56 uy, Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti 4-etaj.