Kafedra mudiri
Tojiboyev Begijon Mamitjonovich
Telefon: (+99894) 685-84-52 E-mail: bek19801027@rambler.ru
Kafedra faoliyati
1. Kafedra faoliyati o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqbolliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
2. Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
– rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
– kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
– kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash.
Hozirgi kunda kafedrada asosan 5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda, hamda quyidagi yo’nalishlarga professor-o’qituvchilar tomonidan “Materialshunoslik” va “Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi” fanlardan bilimlar berilib kelinmoqda:
- 5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
- 5310600 – yer usti transport tizimlari va ulardan foydalanish (avtomobil transporti);
- 5640100 – Hayotiy faoliyat xavsizligi;
- 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish;
- 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar.
“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati
Kafedraning ilmiy salohiyati bugungi kunda 26,6% ni tashkil etmoqda. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida istiqbolli reja ishlab chiqilgan, unga muvofiq 2019-2020 yilga kafedra ilmiy salohiyati 40% ni tashkil etish ko’zda tutilmoqda.
Kafedrani tashkil etish va boshqarish
1.Kafedrada asosiy shtatda 16,5 nafar professor-o’qituvchi mavjud bo’lib, ulardan 1 ta kafedra mudiri, 0,5 professor, 2ta dotsent, 4 ta katta o’qituvchi va 7 ta assistent, o’rindosh asosida (2 ta professor-0,5), (1 ta katta o’qituvchi-0,5), (5 ta assistent-1,75) lardan tashkari 2 ta o’quv yordamchilaridan 1 nafar laboratoriya mudiri va 1 nafar laborant lavozimlarida ishlab kelmoqdalar.
- Kafedra “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti binosida joylashgan.
3.Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.
4.Kafedrani rektor buyrug’i asosida tayinlangan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.
ILMIY TADQIQOT FAOLIYATINING UMUMIY TAVSIFI
“Materialshunoslik va yangi matriallar texnologiyasi” kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari
“Materialshunoslik va yangi matriallar texnologiyasi” kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishi institutning kompleks ilmiy-tadqiqot yo’nalishi «Mashinasozlik korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va istiqbolli rivojlanish muammolari» deb belgilangan mavzusidan kelib chiqib, belgilangan xozirda 2 mavzu bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borildi.
Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari
Kafedralar | Mavzular |
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi | 1. Mashinasozlikda yangi materiallar texnologiyalarini rivojlantirish.
2. Avtomobilsozlikda maxalliy xom-ashyo va materiallardan foydalanish muammolari. |
Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo’jalik shartnomalari
Hozirda «UzChasus» qo’shma korxonasi bilan xo’jalik shartnoma asosida 8500000 moliyalashtirilgan. «Materialshunoslik va materiallar qarshiligi» fanidan o’quv mashg’ulotlar olib borilgan.
CHet el grantlari bo’yicha bajarilayogan ishlar
Kafedrada 1 ta chet el granti mavjud bo’lib 2017-2021 yy. mo’ljallangan.
Erasmus+ dasturining 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “INTRAS” (“Intras-intelektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O’zbekiston uchun yangi magistratura dasturi”) loyihasi
Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi (olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish)
Ushbu yo’nalishda kafedradagi faoliyat natijasida “UZ DONG YANG CO”, “UZ-KORAM KO”, “UZ DON JU”, “UZ-SAEMYUNG CO”, “UZ-HANWOO” kabi qo’shma korxonalari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. hamkorlik sohalari quyidagi yo’nalishda olib borilmoqda:
-qo’shma tadqiqotlar o’tkazish va natijalaridan ta’lim maqsadlarida foydalanish;
-ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha qo’shma tadqiqotlar o’tkazish.
Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar
Xozirda Polsha Gdansk Politexnika unversiteti, va TOMSK Politexnika institutlari bilan xalqaro xamkorlik aloqalar yo’lga qo’yilgan. Jumladan: dotsent L.Olimov xamda katta o’qituvchi Z.Madaminovlar ushbu oligoxlarga tajriba almashish maqsadida malaka oshirish kurslariga borib keldi.
Ilmiy – tadqiqot ishlarining samaradorligi
Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan qator maqola va tezislar anjuman materiallari to’plamlari hamda respublika jurnallarida chop etilib kelinmoqda.
Kafedrada 2 ta umumiy qiymati 0,8 mlrd so’mni tashkil etgan grantlar asosida ITI olib borilmoqda.
Professor-o’qituvchilar tomonidan 1 ta foydali model 3 ta ixtiro talabnomalar topshirilgan.
Mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
Kafedra professor o’qituvchilaridan 2 nafari DS va 4 nafar PhD bo’yicha dissertatsiya ishlarini bajarmoqdalar.
IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH
Iqtidorli talabalarni tanlash, ularni maqsadli yo’naltirish bo’yicha ma’lum ishlar amalga oshirish ishlari reja asosida olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilaridan B.Tojiboyev, Z.Madaminov S.Ataxonova va F.Arabboyevalar xamda assistentlar Z.Mamataliyeva, N.Xakimov, A. To’ychiyev va boshqalar iqtidorli talabalar bilan birgalikda faoliyat olib borgan. Ilmiy tadqiqot ishi natijalari bo’yicha maqolalar chop etilgan.
- Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv-uslubiy materiallarni tayyorlash jarayoniga iqtidorli talabalar jalb etilmoqda.
- Iqtidorli talabalarni turli halqaro va respublika tanlovlariga va olimpiadalarga tayyorlashga jalb etilmoqda.
KAFEDRA TO’GARAKLARI XAIDA MA’LUMOT
№ | To’garakning nomi | To’garakning ilmiy raxbari |
1 | “YOshasbobsoz” to’garagi | S.Ataxonova |
2 | “Avtomobilsozlikda maxalliy xom-ashyo va materiallardan foydalanish muammolari” to’garagi | F.Arabboyeva |
Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati
№ | F.I.SH | Lavozimi | Mutaxassisligi | Telefon raqami |
---|---|---|---|---|
1 | Tojiboyev Begijon Mamitjonovich | Kafedra mudiri | Avtomobil servisi, texnik magistr | +998946858452 |
2 | Olimov Lutfiddin Omonovich | Dotsent | Umumtexnika fanlari va fizika | +998934438940 +998979995456 |
3 | Madaminov Zafar Kamilovich | Katta o‘qituvchi | Injener-metallurg | +998914787522 |
4 | Umarova Maldaxon Nazirovna | Dotsent | Muhandis-texnolog | +998934292526 |
5 | Arabboyeva Firyuza Uchqunovna | Katta o‘qituvchi | Tikuv buyumlarini konstruqsiyalash | +998914822340 |
6 | Qosimov Umidjon Qaxarovich | Katta o`qituvchi | To‘qimachilik, yengil sanoat va maishiy xizmat mashini va apparatlari | +998916205768 |
7 | Mamataliyeva Zulfiya Xusanovna | Assistent | Muxandis-texnolog | +998937872366 |
8 | Ataxonova Sayyora Qoraboyevna | Assistent | Mashinasozlik materialshunosligi | +998934122688 |
9 | Xakimov Nodir Nurilloyevich | Assistent | Mashinasozlik texnologiyalari va jihozlari (quymakorlik) | +998909751554 |
10 | Karimov Aslbek Alimjanovich | Assistent | Ozik ovqat sanoati mashina va agregatlar | +998979946161 |
11 | Baymirzayev Akbarjon Rustamjon o‘g‘li | Assistent | Oziq ovqat sanoati mashina va agregatlar | +998979996161 |
12 | Tuychiyev Abdumalik Tursunovich | Assistent | Injener-metallurg | +998931031620 +998905446714 |
13 | Saydaxmedov Ravshan Xalxodjayevich | Professor | Avtomobilsoz-lik va traktorsozlik | |
14 | Mamasharipov Akmal Abdumannop o‘g‘li | Assistent | Metallurgiya muxandisi | +998934105113 |