Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish

Kafedra mudiri

Kurbonov Yokub Egamberdievich

Telefon:     (+99890) 529-60-41

Faks:

E-mail: kurbonovyokubjon@gmail.com

 

Kafedra tarixi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning  PQ‑1533 sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Andijon muxandislik-iqtisodiyot institutini Andijon  mashinasozlik institutiga aylantirish to’g’risidagi 2011 yil 25 iyuldagi 214 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 29 iyuldagi 319 sonli buyrug’iga binoan Andijon muxandislik‑iqtisodiyot instituti negizida  Andijon mashinasozlik instituti tashkil qilingan. Shu yili dekabr oyida «Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish» kafedrasi tashkil etilgan.

2011-YILDAN HOZIRGI KUNGA QADAR KAFEDRA MUDIRLARI.

  1. 2011-2012 yillar t.f.n. К.Qosimov.
  2. 2012-2013 yillar t.f.n. Yo.Qurbonov
  3. 2013-2016 yillar i.f.n. U.Sabirov
  4. 2016 yildan h.v. t.f.n. Yo.Qurbonov

Kafedra ta’lim yo`nalishi:

Bakalavr:

  • 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati) yo’nalishida 509 nafar talaba
  • 5312600 – Mexotronika va robotatehnika yo’nalishida 20 nafar talaba
  • 5312600 – Mexotronics engeenering yo’nalishida 25 nafar talaba

Magistratura:

  • 5А311001 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishida 6 nafar talaba

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

Qurbonov Yoqubjon Kafedra mudiri
Abduqodirov Abduzarif Professor
Mirzaeva Manzura dotsent
Karimov Ne’matjon dotsent
Sidiqov Isamidin dotsent
Parpiev Odilbek katta o‘qituvchi
Qobulov Nozimjon katta o‘qituvchi
Shomirzaev Bobur katta o‘qituvchi
Atajonov Muxiddin katta o‘qituvchi
Axmedov Shavkatbek katta o‘qituvchi
Safarov Elyor katta o‘qituvchi
Sultonov Il’dar katta o‘qituvchi
Kosimova Umida katta o‘qituvchi
Atajanova Saida katta o‘qituvchi
Raxmatillaev Javlonbek katta o‘qituvchi
Sodikjanov Jaxongir assistant
Turg‘unova Nodira assistent
Igamberdiev Anvar assistent
Xolmuratov Botir assistent
Xolmatov Oybek assistent
Begijonov Maxmudjon assistent
Dumaxonov Furqatbek assistent
Sherboev Murodbek assistent
Umarova Dilfuzaxon assistent
Burxonov Zafarbek assistent
Yusufov Azizbek assistent
Abduraximov Lutfiyor assistent

KAFEDRANING ILMIY TADQIQOT ISHLARI VA INNOVATSION FAOLIYATI.

Andijon mashinasozlik instituti O’zbekiston Prizidentining 2017-yil 20 aprel PQ-2909 2017 yil 27-iyuldagi PQ-3151 qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida ‘’O’zbekistonda ‘’Mexotronika va robotatehnika ‘’ bakalavriat ta’lim yo’nalishining innovatsion g’oyalar va raqamli tehnologiyalar asosida modernizatsiya qilish’’ mavzusidagi loyihasi bilan qatnashib O’zbekiston Respublikasining Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Akademik innovatsiyalar fondi Granti tanlovida Respublikamizning sanoqli OTMlari qatorida g’olib chiqdi. G’olib chiqqan loyihalar Jaxon banki tomonidan 60000 AQSH dollari miqdorida moliyalashtirildi. 2019 yil mart oyidan boshlagan va davomiyligi 16 oy muddatda belgilangan. Loyiha koordinatori ‘’Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish’’ kafedrasi mudiri dots.Yo.Qurbonov  ishchi guruh tarkibiga J.Raxmatullayev O.Parpiyev va F.Dumaxonov kiritilgan.

Ushbu loyiha ‘’Mexotronika va robotatexnika’’yo’nalishi bo’yicha jahonning yetakchi Oliy ta’lim muassasalarida va ‘’GM-Uzbekistan’’AJ hamkorligida amalga oshirilmoqda.loyihaning asosiy maqsadi yurtimizda zamonaviy tehnologik muammolarni (sanoat 4,0) hal qila oladigan yangi avlod muhandislarini innovatsion ta’lim asosida tayyorlash bo’yicha o’quv dasturini ishlab chiqish va modernizatsiya qilishdan iborat.Shuningdek loyiha davomida quyidagi ishlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan;

  • Sankt-Peterburg politehnika universiteti va Shimoliy Xitoy tehnologiyalar universitetida AndMI professor-o’qituvchilarini malakasini oshirish;
  • Andijon mashinasozlik institutida o’quv va ilmiy labaratoriya yaratish;
  • Yaqin istiqbolda sohani rivojlanishini inobatga olgan xolda ‘’Forsayt-mexatronika’’markazini yaratish;
  • Ayol tadqiqotchilarni qo’llab quvvatlash;
  • Loyihani barqaror rivojlantirish maqsadida Web sayt yaratish.
  • Ayol tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash. Unitwin loyixasi bo‘yicha assitent N.Turg‘unova “Nazoratning texnik asboblari” fani bo‘yicha Koreya UUOOI granti 600 USD miqdorda g‘olibasi bo‘ldi. Markaziy osiyoda oliy ta’limni yangi texnologiyalari qo’llab modernizatsiyalash (HiEdTec) loyihada kafedra professor-o`qituvchilari qatnashib 42 ming evro miqdordagi mablag`ni qo`lga kiritdi.

Monografiyalar:

  1. “Mexatronik tizimlarni loyihalash” 25.05-Informatsion jarayonlar va tizimlar AndMI 2018 yil 26 maydagi 7 sonli  Ilmiy Kengashi Qurbonov Yo.
  2. “Texnologik jarayonlarni kompyuter yordamida identifikatsiyalash” 01.01.07-Hisoblash matematikasi AndMI 2018 yil 11 apreldagi 6 sonli Ilmiy Kengashi Mirzaeva M. Yangibaeva R.
  3. “Talabalarda geometromodulli malakaviylikni shakllantirish muammolari” 05.01.01-Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi AndMI 2018 yil 7 martdagi 5 sonli Ilmiy Kengashi Parpiev O.A.
  4. “Grafik fanlarni o‘qitishda talabalrning kreativlik salohiyatini rivojlantirish” 05.01.01-Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi AndMI 2018 yil 26 maydagi 7 sonli Ilmiy Kengashi. Parpiev O.A.

 

MARKAZIY OSIYODA  OLIY TA’LIMNI YANGI TEXNOLOGIYALARI QO’LLAB MODERNIZATSIYALASH  (HiEdTec).

Didaktik modellar va innovatsion ta’lim tehnologiyalari sohasida ilg’or tajribalarni  almashinish uchun muntazam ishlaydigan akademik tarmoqni shakllantirish;

Raqamlashtirishga o’tish jarayoniga ta’lim tizimini moslashtirishning 5ta konsepsiyasi –xar bir hamkor –davlat uchun 1tadan;

Hamkor –davlatlar ta’lim muassasalarida jami 15ta innovatsion ta’lim tehnologiyalari markazlari;

Xar bir oliy ta’lim muassasalarida 3tadan jami 45ta faol o’qitish kurslari;

Hamkor universitetlarining xar biri uchun 1 tadan virtual kurslar;

Innovatsion ta’lim tehnologiyalari uchun ma’lumot –qo’llanma;

Tranarlar uchun raqamlashtirish bo’yicha tegishli ko’nikma xosil qilish va o’qitish usullarini o’rganish kurslari;

Professor –o’qituvchilar uchun raqamlashtirish bo’yicha tegishli ko’nikma xosil qilish va o’qitish usullarini o’rganish kurslari;

Evropa komissiyasining Erasmus+ dasturi 2018 yildan 2021 yilgacha loyiha tashabbuskori va koordinatori  Bolgariyaning Ruse universiteti rahbarligida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikistonning 15 ta universiteti va Italiya, Portugaliya hamda Lyuksemburg davlatlarining 3 ta universitetlari bilan ta’limni zamonaviy raqamli texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish bo’yicha umumiy byudjeti 988,5 ming yevroga teng yangi loyihani moliyalashtirishini e’lon qildi. O’zbekiston Respublikasidan ushbu loyihada Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent moliya universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan birgalikda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ham ishtirok etmoqda. Loyihadan Andijon mashinasozlik instituti 3 yil davomida 42,5 ming yevro miqdoridagi mablag’ni o’zlashtiradi.

Kafedra faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini orttirish, ularning faoliyatini ishlab chiqarish korxonalaridagi mavjud muammolarga qaratish maqsadida, kafedraning Ilmiy seminari tashikl etiladi. Kafedrada oyiga to‘rt martadan,  o‘n ikkita Ilmiy seminar yig‘ilishi o‘tkaziladi va unda professor-o‘qituvchilar va magistrlar o’z ilmiy mavzularini kafedra a’zolariga taqdim etadilar.

Quyidagi kafedra doktorantlari respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ilshlarini bajarmoqdalar.

Kafedraning ilmiy seminarlaridan lavhalar.

       

Doktorantlar olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari.

Kabulov Nozimjon Abdukarimovich

«Методы и алгоритмы контроля и управления процессами хранения и промышленной переработки масличного сырья»

Shomirzayev Boburjon Urinbayevich

«Газни ер остида сақлаш иншоатларини технологик параметрларини мониторинг ва бошқаришни автоматлаштириш»

Atajanov Muhiddin Odiljonovich

«Синтез системы ситуационного управления режимами работы технологических агрегатов в объектах машиностроения»

Yusupov Azamat Alijonovich

«Сочилувчан моддаларни сатҳини автоматик ўлчовчи интелектуал тизимли қурилмани ишлаб чиқиш»

Atajonova Saida Barataliyevna

«Автоматизация и управление технологическими системами прядильного производства»

Sodiqjanov Johongir Shuhratbek ogli

«Электронные и оптические свойства плено Si и CdS, имплантированных ионами различной химической природы»

BAKALVRIYAT TA’LIM YO’NALISHIDA O’QITILADIGAN FANLAR.

  • Avtomatik boshqarish nazariyasi
  • Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash, o`rnatish va sozlash
  • Texnologik jarayonlarni identifikatsiyalash
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
  • Avtomatlashtirishning texnik vositalari
  • Xisoblash usullarini algoritmlash,Mexatronika asoslari
  • Yo’nalishga kirish, Sxematexnika, Texnik tizimlarni boshqarish
  • Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari
  • Raqamli boshqaruv tizimlari,Muxandislik dasturlari
  • Chizma geometriya va kompyuter grafikasi
  • Nazoratning texnologik asboblari
  • Kompyuterli loyihalash (CAD, CAM, CAE)
  • Mexatron tizimlarni dasturlash, modellashtirish va simulyatsiyalash
  • Xisoblash mashinalari, tizimlari va tarmoqlari
  • Avtomatlashtirish sistemalarining diagnostikasi va ishonchliligi
  • Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari
  • Robototexnika komplekslari va tizimlari
  • Texnologik jarayonlarni va qurilmalarni kontrollerlar asosida boshqarish
  • Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari

MAGISTRATURADA O’QITILADIGAN FANLAR.

  • Texnologik jarayonlar nazariyasi
  • Boshqarishning intllektual sistemalari va qaror qabul qilish
  • Ko’p pog’onali boshqarish sistemalari
  • Optimal va adaptiv boshqarish sistemalari
  • Xabar berish-o’lchash sistemalari
  • Mexatron tizimlarni dasturlash, modelashtirish va simulyatsiyalash

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTIDA YANGI XALQARO FAKULTET.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli ‘’Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida’’gi qaroridan kelib chiqib ,xorijiy tajribalarni ta’lim tizimiga joriy qilish va xalqaro talablar asosida ta’lim sifatini,o’zaro hamkorlik yanada rivojlantirishdan iborat bo’ldi. Yangi tashkil etilayotgan qo’shma fakultetda kelishuvga muvofiq bakalavriatning 4ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha xar yili 100ta talaba qabul qilinadi va ular 2+2 modeli asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Qo’shma ta’limning bakalavriat yo’nalishlari hozirgi zamon talablari,zamonaviy ishlab chiqarishning talabi  va ikki davlat ta’lim standarti asosida tanlab olingan bo’lib,ular; Mashinasozlik tehnologiyasi,Mexatronika va Robotatehnika ,Sun’iy intelektual tizimlar va Elektron axborot muhandisligini yo’nalishlaridir.

Shuningdek Yangi fakultet magistraturaning ‘’Mashinasozlik tehnologiyasi’’,’’Mexatronika va Robototehnika ‘’va ‘’Elektron axborot muhandisligi’’ ta’lim mutahassisligi bo’yicha xar yili 30 ta magistr 1+1 modeli (birinchi yil AndMI ikkinchi yil Shimoliy Xitoy  Tehnologiya Universitetida )asosida tahsil olish imkoniyati yaratildi.Mazkur  kelishuv shartnomalar 2018-yil 14-avgust Shimoliy xitoy tehnologiyalari Universiteti va AndMI o’rtasida imzolangan hamkorlik memorendumi va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo’shma ta’lim dasturlari va ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida imzolangan qo’shma dastur shartnomasining uzviy davomidir.

Sport klublari.        

Kafedra manzili:

170119, O’zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Bobur Shoh ko’chasi 56, Andizhan, Mashinasizlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, blok «B», 1-qavat, 118-xona.