KAFEDRA MUDIRASI
Bazarova Gulnora Gulamovna
Bazarova Gulnara Gulamovna 1960-yil 18-iyunda Andijon shahrida tug`ilgan. Ma’lumoti oliy. 1981-yilda Moskva xalq xo`jaligi institutining “Mehnat iqtisodi” mutaxassisligini imtiyozli tamomlagan. 1993-yil 15-martda “Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan bandlik tarkibini o`zgarishining o`ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini Sankt-Peterburg moliya iqtisodiyot universitetida iqtisod fanlari doktori, professor E.R. Saruxanov ilmiy rahbarligida himoya qilgan. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan ma’ruzalar o`qiydi. 1 ta darslik, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni sohibi.
Telefon: +99891 497-53-97
“GUMANITAR FANLAR” kafedrasi tarixi
Kafedra 1980-yilda tashkil topgan. Dastlab «Marksizm – leninizm», so’ngra «Politologiya va sotsiologiya», «Siyosatshunoslik va huquq», 1998-yildan O`DJQNA, 2011 yil 16 avgustdan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko`rsatmoqda.
Birinchi kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Salim Vasilovich Niyozov, ikkinchi kafedra mudiri falsafa fanlari doktori, professor Abdullajon Begmatov, uchinchi kafedra mudiri politologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimovich Iminov edi.
«O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 1998 yil 5 dekabr 343-sonli buyrug`iga asosan «Siyosatshunoslik va huquq» kafedrasi negizida tashkil topgan.
2006 yilning 16 yanvaridan, 2012 yilning 20 fevraligacha kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muhitdin Nazarov boshqardi.
Institut rektorining 2011 yil 30 oktyabr kungi №244-sonli “Institut strukturasiga o`zgartirish kiritish haqida” gi buyrug`iga asosan «Ijtimoiy fanlar» kafedrasining tarkibiga «Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi qo`shildi.
2012 yilning 21 fevralidan boshlab kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Gulnora Bazarova boshqarib kelmoqda.
Kafedra professori Q.Muftaydinov 2007 yilda “Iqtisodiy ta’limotlari tarixi” fanidan darslik nashr ettirdi.
Kafedra dotsenti G.Bazarova 2004 yilda “Ekonomicheskaya teoriya” fanidan darslik tayyorladi. 2009 yilda dotsent M.Nazarov “Politologiya” fanidan 15,0 bosma taboq hajmida darslik nashr ettirdi. Dotsent M.Nazarov 2001 yilda “Ma’naviyat ibrat” nomli risola Toshkent “Minhoj” nashriyotida chop ettirilgan.
Kafedra dotsenti M.Nazarov tomonidan 2010 yilda “Yoshlarning ma’naviy kamolati va milliy g`oya tarbiyasi” nomli monografiya Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 4.5 bosma taboq hajmida chop etildi.
Kafedra professor-o`qituvchilar tomonidan o`qitiladigan barcha fanlardan o`quv-uslubiy majmualar tayyorlanib, takomillashtirilib borilmoqda.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan Viloyatimizning shahar va tumanlarida aholi bilan hamda mehnat jamoalarida O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimi qarorlarining mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida targ`ibot-tashviqot yo`nalishida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Institutning 2018 yil 22 dekabrdagi 573-sonli buyrug’iga asosan “Ijtimoiy fanlar” va “O’zbekiston tarixi” kafedralarining faoliyati tugatilib, yangi “Gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib dotsent G.Bazarova tayinlandi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati
- “Fuqarolik jamiyati. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”
- “Falsafa”
- “Iqtisodiyot nazariyasi”
- “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”
- “Sotsiologiya”
- “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”
- “O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati”
- “Dinshunoslik”
- “O’zbekiston tarixi”
- “Milliy g’oya va asosiy tushunchalar”
Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati
№ | F.I.SH | Lavozimi | Mutaxassisligi | Telefon raqami |
---|---|---|---|---|
1 | Bazarova Gulnora Gulamovna | Kafedra mudiri, dotsent | Mehnat iqtisodi | 998914975397 |
2 | Muftaydinov Qiyomiddin | Professor | Buxgalter-qtisodchi | 998905715581 |
3 | Abdullaev Ulug’bek Saydanovich | Professor | Etnogrf | 998944341848 |
4 | Nazarov Muhitdin | Dotsent | O`zbek tili va adabiyoti | 998902173840 |
5 | Aripova Zulfiyaxon Solijonovna | Dotsent | Falsafa | 998934261020 |
6 | Karimova Muyassar Abduqayumovna | Dotsent | Falsafa | 998902174155 |
7 | Kurbanova Nargiz Nasirdinbekovna | Dotsent | Tarix va huquqshunos | 998936320764 |
8 | Rahimov Rustamjon Karimovich | Dotsent | Sharq, Afrika va Okeaniya mamlakatlari iqtisodiyoti | 998944365494 |
9 | Iymanova Dilafuruz Abdumannobovna | Dotsent | O`zbekiston tarixi | 998937061354 |
10 | To’lanov Mamasidiq Qodirovich | Katta o’qituvchi | Falsafa | 998901428252 |
11 | Taylyakova Feruzaxon Sultanovna | Katta o’qituvchi | O`zbekiston tarixi | 998902565939 |
12 | Sotvoldiev Azizbek Ahmadjonovich | Katta o’qituvchi | Sotsiologiya | 998937840700 |
13 | Ergashev Ozodbek SHavkatovich | Assistent | Vatan tarixi | 998914791234 |
14 | Gofforov Zafariddin Zaynobiddinovich | Assistent | Dinshunos | 998979921767 |
MUFTAYDITNOV QIYOMIDDIN
iqtisod fanlari doktori, professor
Muftaydinov Qiyomiddin 1953-yil 5-martda Andijon viloyati Asaka tumanida tug`ilgan. Ma’lumoti oliy. 1979-yil Toshkent xalq xo`jaligi institutining “Buxgalter-iqtisodchi” mutaxassisligini tamomlagan. 1984-yil 24-oktyabrda “Специализация и концентрация производства в первычном звене АПК” mavzu bo`yicha Sankt-Peterburg davlat universitetida 08.00.01- “Iqtisodiy nazariya” ixtisosligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2004-yil 27-aprelda “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari” mavzusida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida 08.00.01- “Iqtisodiy nazariya” ixtisosligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan ma’ruzalar o`qiydi. 1 ta darslik, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” ko‘krak nishoni sohibi. (+99890 571-55-81)
NAZAROV MUHITDIN
falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Muhitdin Nazarov 1947-yil 1-yanvarda Andijon viloyati, Qo`rg`ontepa tumanida tug`ilgan. Ma’lumoti oliy. 1970-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining “O`zbek tili va adabiyoti” mutaxassisligini imtiyozli tamomlagan. 1981-yilda “Ma’naviy madaniyat rivojlanishining qonuniyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Fuqarolik jamiyati. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Falsafa” fanlaridan ma’ruzalar o`qiydi. 1 ta darslik, 1 ta monografiya, 3 ta o’quv-qo’llanma 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 10 yil” ko‘krak nishoni sohibi. (+99890 217-38-40)
ARIPOVA ZULFIYAXON SOLIJONOVNA
falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Aripova Zulfiyaxon Solijonovna 1956-yil 18-fevralda Andijon shahrida tug`ilgan. Ma’lumoti oliy. 1980-yilda Toshkent davlat universitetining “Falsafa” mutaxassisligini imtiyozli tamomlagan. “Falsafa” fanidan ma’ruzalar o`qiydi. 2012 yil 6 sentyabrda 09.00.11 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo`yicha “Shaxs ahloqiy fazilatlari takomilida milliy ma’naviyat va umuminsoniy qadriyatlarning uyg`unligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta monografiya, 2 ta o’quv-qo’llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 17-oktyabrdagi 427-sonli buyrug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovida qatnashib Respublika bosqichi g’olibi bo’lgan. (+99893 426-10-20)
RAHIMOV RUSTAMJON KARIMOVICH
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Raximov Rustamjon Karimovich 1974-yil 6-avgust Andijon viloyati Marhamat tumanida tug`ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yilda Andijon davlat universitetining “Sharq, Afrika va Okeaniya mamlakatlari iqtisodiyoti” mutaxassisligini tamomlagan. 2010-yil 14-dekabrda “Jadidlar iqtisodiy g`oyalari va ularning bozor munosabatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati” mavzusida 08.00.01- “Iqtisodiyot nazariya” ixtisosligi bo`yicha nomzodlik dissertatsiyasini Toshkent moliya instituti huzuridagi O`zbekiston Milliy universiteti hamkorligida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo`yicha D.067.60.01 raqamli Birlashgan ixtisoslashgan kengashda i.f.d. professor Q. Muftaydinov ilmiy rahbarligida himoya qilgan. “Iqtisodiyot nazariya”, “Iqtisodiy tarbiya nazariyasi” fanlaridan ma’ruzalar o`qiydi. R.K. Raximov hozirgi kunda “Jadidlar iqtisodiy g`oyalari” nomli monografiya ustida ishlamoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. (+99894 436–54-94)
TO`LANOV MAMASIDIQ QODIROVICH
katta o`qituvchi
To`lanov Mamasidiq Qodirovich 1963-yil 8-fevralda Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tug`ilgan. Ma’lumoti oliy. 1990-yilda Toshkent davlat universitetining “Falsafa” mutaxassisligi tamomlagan. “Falsafa” fanidan ma’ruzalar o`qiydi. 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. (+99890 142-82-52)
SOTVOLDIEV AZIZBEK AHMADJONOVICH
katta o`qituvchi
Sotvoldiev Azizbek Ahmadjonovich 1974-yil 16-iyulda Andijon shahrida tug`ilgan. Ma’lumoti oliy. 1996-yilda Farg`ona davlat universitetining “Sotsiologiya” mutaxassisligini tamomlagan. “Sotsiologiya” fanidan ma’ruzalar o`qiydi. 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. (+99893 784-07-00)
ERGASHEV OZODBEK SHAVKATOVICH
assistent
Ergashev Ozodbek SHavkatovich 1980-yil 22-martda Andijon shahrida tug`ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004-yilda Andijon davlat universitetining “Vatan tarixi” mutaxassisligini tamomlagan. “Fuqarolik jamiyati. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan ma’ruza va amaliy mashg`ulotlar olib boradi. 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. (+99891 479-12-34)
Karimova Muyassar Abduqayumovna
f.f.n dotsent Telefon nomeri: 998902174155
Abdullaev Ulugbek Saydanovich.
professor. Etnogrf. 998944341848
Kurbanova Nargiz Nasirdinbekovna
Dosent.Tarix va huquqshunos. 998936320764
Taylyakova Feruzaxon Sultanovna
Katta o’qituvchi. O`zbekiston tarixi. 998 90 256 59 39
Iymanova Dilafuruz Abdumannobovna
Dosent. O`zbekiston tarixi. 998 93706 13 54
Gofforov Zafariddin Zaynobiddinovich
Аssitent. Dinshunos. 998 97 992 17 67
KAFEDRANING ILMIY – TADQIQOT FAOLIYATINING USTIVOR YO’NALISHLARI
Institut Ilmiy Kengashining 2013 yil 30 yanvardagi 4-sonli yig’ilish qaroriga muvofiq kafedraning umumiy tadqiqot yo’nalishi qilib, “Zamonaviy oliy muhandislik ta’limini tashkil etish” (etakchi ilmiy xodimlar–falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.Nazarov, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent G.Bazarova) mavzusi belgilandi.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasida professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida ularning shaxsiy rejalarida ko’zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining kafedra, fakulьtet hamda institut miqyosida uzviy bog’liqligini ta’minlash zarur, deb hisoblaymiz. Bu o’z navbatida ilmiy ishlar rejasida ustivor yo’nalishlar qilib, quyidagilar belgilangan:
- Ilmiy-tadqiqot ishlari.
- Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash.
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Xay’at qarorlari va buyruqlarida berilgan ko’rsatmalar hamda vazifalardan kelib chiqqan holda ilmiy faoliyatni tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Institut jamoasi oldiga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha eng dolzarb masalalarni hal qilish vazifasi qo’yilgan:
- Fan, texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari.
- Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash yuzasidan innovatsion hamkorlik.
Ilmiy faoliyatning ushbu ikki yo’nalishi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilib, ular ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda iqtidorli talabalar bilan ishlashni qamrab olishi zarur.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari
- «Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy muammolari»
- «Yoshlar ma’naviyati muammolari»
- «Ijtimoiy ong ziddiyatlari va omma kayfiyati»
- «Zamonaviy oliy muhandislik ta’limini tashkil etishning dolzarb muammolari»
- «Milliy va umumbashariy qadriyatlarini tushunish ruhida tarbiyalash masalalari»
DARSLIK VA O’QUV QO’LLANMALAR YaRATISH
Kafedra professori Q.Muftaydinov, dotsent G.Bazarova, dotsent R.Rahimovlar tomonidan 2020 yilda “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” darsligi chop etish rejalashtirilmoqda.