Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Ilmiy tadbirlar

Institutning 2019 yil 28 avgustdagi 1 sonli ilmiy kengashining qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, institut reytingini ko’tarish, professor-o’qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ko’maklashish, ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida institutda doimiy faoliyat yurituvchi ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi. Har oyning birinchi haftasining seshanbasida 15.00 da o’tkazilayotgan seminar faoliyatida alohida e’tibor quyidagilarga:

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini natijalari bo’yicha xorijiy va respublikamizdagi Oliy attestatsiya komissiyasi ro’yxatiga kiruvchi jurnallarga maqola tayyorlab topshirish;
  • ixtiro, foydali modelga patent olish uchun talabnoma tayyorlash va topshirish;
  • innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan innovatsion amaliy va fundamental tadqiqotlar loyihalari tanlovlariga loyihalar tayyorlab, topshirish;
  • xalqaro loyihalar tanloviga loyihalar tayyorlab, topshirish va ularda ishtirok etish;
  • institut jamoasini qarorlar, buyruqlar, xatlar, Nizomlar bilan tanishtirib borishga qaratilmoqda.

2019 yilning 25 iyun kuni  Andijon mashinasozlik instituti hamda  Andijon viloyati xokimligi hamkorligida «Zamonaviy ilm-fanning innovatsion rivojlanishi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.

Andijon Mashinasozlik instituti mezbonligida bo’lib o’tgan ilmiy amaliy anjumanda Respublikamizning taniqli olimlari va professor-o’qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, ishlab chiqarish korhonalarining vakillari va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Anjuman texnika fanlari,  aniq va tabiiy fanlar, iqtisodiyot fanlari hamda gumanitar fanlar kabi ilmiy yo’nalishlarda o’tkazildi.

SHuningdek, anjumanda zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi yechimini kutayotgan muammolar, innovatsion texnologiyalar, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, hayotiy faoliyat xavfsizligi kabi masalalar yuzasidan o’zaro bahs- munoazaralar ham bo’lib o’tdi. Olimlar o’z yo’nalishlari bo’yicha sho’balarga bo’lingan holda o’zaro fikr almashdilar.

  • Anjumandan natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik:
  • ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida investitsiyalarni jalb etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
  • xususiy sektorni  innovatsion faoliyatga jalb etish usul va mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar berildi;
  • innovatsion jarayonlarni rag’batlantirish, hududlar va sohalar kesimida innovatsion rivojlanishni va faollik darajasini oshirish bo’yicha tavsiya va takliflar jamlanmasi xosil qilindi;
  • ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Institut rektori U.M.Turdialiyev 2019 yilning 23 iyun, 2 iyul va 17 avgust kunlari joriy yilda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilishi kutilayotgan 7 nafar 3-bosqich tayanch doktorantlari va 6 nafar mustaqil tadqiqotchilar va ularning ilmiy rahbarlari bilan, shuningdek, barcha doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv o’tkazdi. Ularning dissertatsiyalarining tayyorlik holatini o’rganib, ularga amaliy yordam berish choralarini ko’rdi.