Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Monitoring va ichki nazorat

Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i –

YUSUPOVA MALIKA BOTIRALIYEVNA

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

 Xizmat telefoni (0374) 223-44-09

Uyali aloqa +998 91 600-38-59

 Elektron manzil: myusupova@rambler.ru

Monitoring va ichki nazorat bo’limi, uning vazifalari

Andijon mashinasozlik instituti Monitoring va ichki nazorat bo’limi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’quv-ta’lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini o’z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan.

Monitoring va ichki nazorat bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi ichki nazorat va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish to’g’risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Monitoring va ichki nazorat bo’limi institutda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay’at va Ilmiy kengash qarorlari, Vazirlik va o’quv yurti bo’yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, xo’jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo’linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibida belgilangan talablardan kelib chiqib, Monitoring va ichki nazorat bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi yuzasidan qabul qilingan vazirlik buyruqlari bo’yicha 1-2-jadval hisobotlari o’rnatilgan tartibda har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 2-sanasida elektron variantda va 5-sanasida qog’oz variantda vazirlikning Nazorat va monitoring boshqarmasiga o’z vaqtida taqdim etib boriladi.

SHu bilan birgalikda Monitoring va ichki nazorat bo’limi Andijon mashinasozlik institutida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining qarorlari va buyruqlari ijrosi monitoringini yuritib, ular bo’yicha choraklik hisobot ma’lumotlarini vazirlikning Hay’at kotibi hamda Nazorat va monitoring boshqarmasiga har chorak oxirgi oyining 25-sanasiga taqdim etib boradi.

Bo’limning ish rejasiga binoan har oyda Oliy ta’lim tizimiga oid qabul qilingan hujjatlarning ijrosini maqsadli va kompleks o’rganishlar o’tkazilib, maqsadli o’rganish natijalari institut Kengashi yig’ilishlarida va faollar yig’ilishida muhokama qilib boriladi.

Monitoring va ichki nazorat bo’limining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

4.1. Institutda O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, Vazirlikning Hay’ati qarori, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, o’quv yurtining Kengash qarori va buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini yuritish.

4.2. Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo’lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va oliy o’quv yurtlari bo’yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda o’quv yurti moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish.

4.3. Professor-o’qituvchilar tarkibi va xalq xo’jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va o’tkazish.

  1. Monitoring va ichki nazorat bo’limi o’ziga yuklatilgan vazifalar doirasida:

5.1. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.

5.2. Oliy ta’lim muassasasida ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.

5.3. Oliy ta’limni boshqarish organlari (Vazirlik, rektorat, Ilmiy kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi.

5.4. Oliy ta’lim muassasasi qaror va buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

5.5. Oliy ta’lim muassasasi ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.

5.6. Ta’lim muassasasida ilg’or tajribalarini o’rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga imkoniyat yaratadi.

5.7. Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tatbiq etilishini amalga oshiradi.

  1. Institutda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, ta’lim masalalari bo’yicha respublika hukumati qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’ati qarori, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Monitoring bo’limiga va tegishli boshqarmalariga o’z muddatida, sifatli taqdim qilishni ta’minlaydi.

6.2. Xulosa, ko’rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo’yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi.