Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Hujjatlar to’plami

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga qayd qilish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Fuqarolik pasportining asl nusxasi (pasport yoshiga yetmaganlar tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma);
  • Maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik to’g’risidagi hujjat (ilovasi bilan);
  • Imtiyozga ega bo’lganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.

Abituriyent bir vaqtda, o’qitishning bir shakli doirasida 3 tagacha OTMni tanlash mumkin.

     Davlat xizmatini ko’rsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogironligi bo’lgan yoki to’liq davlat ta’minotidagi shaxslardan to’lov undirilmaydi.

      Test sinovlari o’tkazilayotgan yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi (101 ming 365 so’m) miqdorida to’lov undiriladi.