Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Devonxona bo’limi

“Devonxona” bo’limi boshlig’i

ABDUKARIMOV BOBIR GULMAMATOVICH

Telefon: 03742234367

E-mail: devonxona@andmiedu.uz

Andijon mashinasozlik institutida xujjatlar bilan ish yuritish Vazirlikning 2015 yil 18 fevraldagi 58-son buyrug’ining ijrosi bo’yicha institut rektorining 2015 yil  2 apreldagi 217–sonli buyrug’i va  mazkur buyruqqa asosan ishlab chiqilgan “Andijon mashinasozlik institutida ish yuritish va xujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo’yicha Yo’riqnoma” asosida ish yuritish va ijro intizomi asosida tashkil qilingan.  

         Institut devonxonasi bo’limida  Vazirlikdan kelgan buyruqlar, modemlar, xatlar, viloyat xokimiyatidan kelgan xatlar, fuqarolarning og’zaki va yozma murojaatlarini ro’yxatga olish daftari, Prezident Virtual Qabulxonasiga kelgan xatlarni ro’yxatga olish daftari,  shuningdek, barcha  Kiruvchi va chiquvchi xujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish daftarlari  alohida yuritilgan. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va viloyat xokimligi uchun alohida, boshqa tashkilotlar uchun alohida yuritilgan. Har bir daftar shnurlangan va raqamlangan. Bo’limga kelayotgan buyruq, modem va xatlar shuningdek fuqarolarning og’zaki va yozma murojaatlari  belgilangan nazorat kartochkalari bilan  ro’yxatga olinadi. 

         O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi yuzasidan qabul qilingan vazirlik buyruqlari bo’yicha 1-2-jadval xisobotlari o’rnatilgan tartibda har oyda kelgusi oyning 2-sanasida elektron variantda va 5-sanasida qog’oz variantda vazirlikning Nazorat va monitoring boshqarmasiga o’z vaqtida taqdim etib boriladi.

         Institutda O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentining xujjatlari, xukumat qarorlari, vazirlikning buyruqlari ijro etilishini o’z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish, xujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etish maqsadida Job Flow Control axborotlashtirilgan dasturi joriy etilgan.

infox.edu.uz  portalidan  kelgan kunlik modem va buyruqlar olinadi, mas’ul shaxslarga yetkaziladi va ularning ijrosi nazorat qilib boriladi.

e-xat dasturidan institutga kelgan xatlar tekshirib boriladi va ijrosi ta’minlanadi.

  O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi bo’yicha aniq choralar, mas’ul ijrochilar va muddatlar ko’rsatilgan holda shaxsan rektor tomonidan rezolyutsiyalar qo’yiladi. Institutda kiruvchi xujjatlar devonxona bo’limi tomonidan qabul qilinib rasmiylashtirilgandan so’ng rektorga olib kiriladi, rezolyutsiya, bajarish muddati va mas’ul ijrochilar belgilangach devonxona bo’limi tomonidan xujjat ko’paytirilib nusxasi ijrochiga      Job Flow Control axborotlashtirilgan dasturi va ichki xujjat aylanmasi orqali yetkaziladi.

 

Institut devonxonasining asosiy vazifalari:

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligidan kelgan xat va modemnomalarni o’z vaqtida olib zudlik bilan rektor xuzuriga yetkazish.
  2. Rektor xuzuridan chiqqan xat va modemnomalarni bajarishi lozim bo’lgan shaxsga ro’yxat orqali muddatini belgilab berish.
  3. Ushbu xat va modemnomalarni o’z muddatida berilgan shaxsdan olib bir nusxasini devonxonada saqlash.
  4. Institutga kelgan xujjatlar va fuqarolardan tushgan arizalarni tegishli bo’limlarga taqsimlash, ularning xisobini ro’yxatga olinishini va bajarilishini doimiy nazorat qilish.
  5. Ushbu xat va modemnomalarni bajarilishi haqidagi xisobotni xar oyning oxirgi sanasida rektorga taqdim qilish.
  6. Kurer tomonidan xujjatlarni o’z vaqtida kerakli manzillarga yetkazish.
  7. Xozirda mavjud bo’lgan normativlar asosida arxiv ishini yo’lga qo’yish.
  8. Devonxona xodimlarining vazifalari to’g’risida yo’riqnomalar tayyorlash va ularni amalda qo’llash, xodimlar malakalarini oshirishni tashkil qilish.
  9. Arxivga xujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirishni va ularni topshirishgacha bo’lgan funktsiyasini nazorat qilish.

Devonxona xuquqlari:

Devonxonaga yuklatilgan vazifalarni va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi xuquqlar beriladi:

  1. Institut tarkibiy bo’linmalariga devonxona vakolatlariga kiruvchi masalalar bo’yicha belgilangan tartibda ko’rsatmalar berish.
  2. Ish yuritish masalalari, xujjatlar ishlatilishini nazorati, fuqarolar arizalari va arxiv ishlari bo’yicha ko’rsatmalar berish.
  3. Institutning barcha bo’limlarida xujjatlar yuritilishini bajarilishini, fuqarolar arizalari va ular to’g’risida xisobotlar berishni talab qilish.
  4. Devonxona mudiri ixtiyorida saqlanadigan o’zining muxri mavjud.

 

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

RAHBARLARI TOMONIDAN JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARINI QABUL QILISH

JADVALI 

Lavozimi Familiyasi, ismi, sharifi Qabul qilish kuni va vaqti
1 Rektor Salomov Uktam Rahimovich Har kuni (800-1100)
2 O’quv ishlari bo’yicha prorektor Ermatov Qobuljon Mo’minovich Dushanba  (1500-1800)

Payshanba (1500-1800)

3 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Ikromov Nurillo Avazbekovich Seshanba  (1500-1800)

Juma (1500-1800)

4 Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Mamadjanov Baxodir Djuraxonovich CHorshanba  (1500-1800)

SHanba (1500-1800)

5 Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektor A’zamov Sulaymon Mamatisaqovich Dushanba  (1500-1800)

Payshanba (1500-1800)

6 Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor Ermatov Akmaljon Adxamovich Seshanba  (1500-1800)

SHanba (1500-1800)

Devonxona bo’limining  Ish kuni-Xar kuni,  Dushanbadan – SHanbagacha.

Ish vaqti soat 900-1700 gacha.

SHanba kuni 900-1500 gacha