Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Institut tarixi

Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o’quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, ilg’or pedogogik texnologiyalar va o’qitish shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlar mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilingan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligininig manfatdor vazirliklari, idoralari va xo’jalik birlashmalari bilan kelishilgan ixtisoslashuvini o’zgartirish va qayta tashkil etish to’g’risidagi taklifga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ‑1533 sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Andijon muxandislik-iqtisodiyot institutini Andijon  mashinasozlik institutiga aylantirish to’g’risidagi 2011 yil 25 iyuldagi 214 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 29 iyuldagi 319 sonli buyrug’iga binoan Andijon muxandislik‑iqtisodiyot instituti negizida  Andijon mashinasozlik instituti tashkil qilingan.

Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida iqtisod fanlari doktori, professor Sotvoldiev  Abdulaziz Abdimo’minovich, institut professori, tarix fanlari doktori Ulug’bek Abdullaev, texnika fanlari doktori Ravshan Saydaxmedov, texnika fanlari nomzodi A.E.Teshaboevlar faoliyat ko’rsatganlar.

2016 yildan buyon Andijon  mashinasozlik  instituti rektori vazifasida Salomov Uktam Raximovich faoliyat olib bormoqda.

       Andijon mashinasozlik institutida hozirgi kunda 5 ta fakultet mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

  1. Avtomatika va elektrotexnika fakulteti.
  2. Avtomobilsozlik fakulteti.
  3. Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti.
  4. Transport va logistika fakulteti.
  5. Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti.

Bugungi kunga kelib, institutdagi mavjud “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomatika va elektrotexnika”, “Avtomobilsozlik”, “Transport va logistika” hamda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” fakultetlari negizida 16 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 5 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda. O’quv jarayonlari  mavjud 18 ta kafedra asosida tashkil etilgan. 

            Institutdagi mavjud 18 ta kafedralar:

  1. Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish.
  2. Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar.
  3. Axborot texnologiyalari.
  4. Avtomobilsozlik.
  5. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti.
  6. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi.
  7. Mashinasozlik texnologiyasi.
  8. Texnologik mashinalar va jixozlar.
  9. Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish.
  10. yer usti transport tizimlari.
  11. Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi.
  12. Hayot faoliyati xavfsizligi.
  13. Umumtexnika fanlari.
  14. Oliy matematika.
  15. Fizika va kimyo.
  16. Gumanitar fanlar.
  17. Tillar.
  18. Gidropnevmoyuritmalar.

Institutda quyidagi bakalavr ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari mavjud:

Bakalavr:

  1. 5111000 – Kasb ta’limi (yo’nalishlar bo’yicha)
  2. 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  3. 5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik
  4. 5310600 – Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo’yicha)
  5. 5. 5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi  va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha)
  6. 6. 5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)
  7. 7. 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
  8. 8. 5312600 – Mexatronika va robototexnika
  9. 9. 5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha)
  10. 10. 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik  ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
  11. 11. 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)
  12. 12. 5610100 – Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo’nalishlari bo’yicha)
  13. 13. 5620100 – Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo’yicha)
  14. 14. 5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi 

Magistratura:

  1. 1. 5A310501 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik
  2. 2. 5A310902 – Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
  3. 3. 5A311001 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo’yicha)
  4. 4. 5A320201 – Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo’yicha)
  5. 5. 5A320308 – Payvandlash ishlab chiqarishi texnologiyasi va jihozlari
  6. 6. 5A310601 – Erusti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo’yicha)

Joriy 2018-2019 o’quv yili davomida jami 16 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 3872 nafar talaba taxsil olmoqda.