Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

Axborot resurslar markazi

865110be747528a4e83693cee6665009Axborot- rеsurs markazi dirеktori

Rasuljon Mamatov

  Telefon:   +99891 612 3006

  E-mail: r.mamatov@andmiedu.uz,  Arm.uz@freemail.uz

 

 

 

 

 

ARM direktori markaz “Nizomi”ga muvofiq:

– Axborot-kutubxona faoliyatiga oid Prеzidеnt, Vazirlar Mahkamasi Farmonlari va qarorlari, O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, instituti rektori buyruqlari va boshqa xujjatlarning ARM faoliyatida ijrosi va bajarilishini  tashkil etadi hamda nazorat qiladi.

– ARM jamg`armasini o’quv adabiyotlari, matbuot nashrlari va elеktron rеsurslar bilan boyitish yo`llarini qidiradi, nashriyotlar va boshqa axborot organlari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi.

– Markaz  moddiy tеxnika bazasi taraqqiyoti bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish  va amalga  oshirishni ta’minlaydi.

– ARM dirеktori viloyatdagi turli  tashkilotlar, ma’naviyat va ma’rifat markazlari, ta’lim muassasalari va xorijiy mamlakatlar ARM vakillari bilan  o`zaro xamkorlik ishlarini tashkil qiladi.

– Ichki tartib intizom va qonun-qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi, yong`inni oldini olish va mеhnat xavfsizligini ta’minlash uchun tеgishli ish sharoitini yaratadi.

Axborot-rеsurs markazi to’g’risida umumiy ma’lumot

        Axborot-resurs markazi  (ARM) da 5 ta bo’lim faoliyat ko’rsatadi. Institut fakultetlarida ARM ning 3 ta abonementidan kitobxonlarga adabiyotlar beriladi, 4 ta o’quv zali 80 o’rinli, talabalar turar joylarida 2 ta o’quv zali 40 o’rinli, ARM ning Jalaquduq tumanidagi 5 ta shoxobchasida  5 ta o’quv zali 60 o’rinli bo’lib, ish vaqti  8-00 dan 17-00 gacha, talabalar turar joylarida 17-00 dan 21-00 gacha.

       ARM ga yagona kitobxonlik guvohnomasi bo’yicha 3903 nafar kitobxon ro’yxatga olingan. Bulardan 3367 nafari talaba, 32 nafari magistr, 234 nafari professor-o’qituvchi, 125 nafari ishchi-xodim va 145 nafar mahalliy kitobxonlardir. SHuningdek shoxobchalarda 7029 nafar kitobxon ro’yxatga olingan. Umumiy kitobxonlar soni   10932 nafarni tashkil qiladi.

        Hozirgi kunda Axborot-resurs markazining umumiy fondi 170529 nusxani tashkil qiladi.

               SHundan:

              Darsliklar-  21146

              O’quv qo’llanmalar- 77638

              Ilmiy adabiyotlar-  8192

              Badiiy adabiyotlar-  8520                                  

              Elektron adabiyotlar-  36032

              Boshqa turdagi adabiyotlar-19001

              (Risola, entsiklopediya, lug’at va bosh.)

               Umumiy kitobxonlar soni – 10932

               2018 yil 1-choragida:

               Kitob berilishi – 86102

               Foydalanuvchilar qatnovi – 61255

               Gazeta va jurnallarga obuna :

               gazetalar – 43 nomda 216 nusxa

               jurnallar- 37 nomda 71 nusxa

       Axborot-resurs markazi kompyuterlariga o’rnatilgan “ARMAT” dasturiga jami 15197 nomdagi o’quv adabiyotlarning bibliografik tavsifi kiritilgan. ARM da 10117 nomdagi adabiyotlarning  to’liq elektron varianti mavjud bo’lib, ular  ushbu dasturga joylashtirilgan. SHundan 1071 nomdasi namunaviy dasturlarda keltirilgan asosiy  o’quv adabiyotlaridir.   

      Axborot-resurs markazi 27 ta kompyuter,  1 ta skaner, 2 ta printer bilan ta’minlangan.   ARM dagi  kompyuterlarning 20 tasi  Internet tizimi, korporativ va o’zaro lokal  tarmoqqa ulangan. Lokal tarmoq tezligi 100 Mb/s va  Internet tezligi  10 MB/s ni tashkil etadi.

       Axborot-resurs markazidagi mavjud elektron resurslar ma’lumot bazasining jami fondi 387,7 GB hajmda bo’lib, 36032 nomdagi elektron adabiyotlardan iborat. SHundan 10352 nomda darslik, 19343 nomda o’quv qo’llanma, 570 nomda ilmiy adabiyotlar, 3210 nomda badiiy adabiyotlar, 2557 nomda boshqa  turdagi adabiyotlarni tashkil qiladi.