Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

BITIRUVCHILAR KLUBI

B I T I R U V CH I L A R  K L U B I

Qosimxodjaev Ulug’bek Patxiddinovich 1978 yili Andijon shaxrida tug’ilgan. 1994 yili Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabasi, “Umid” dasturi bo’yicha 1996 – 2000y.y. AQSHning Peys universiteti talabasi, 2000 – 2002 y.y. Andijon viloyati Xokimligida yetakchi mutaxassis, 2002 – 2005 y.y. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi  ijroiya apparatida mutaxassis, 2005 – 2007 y.y. Bari universiteti “Moliyaviy boshqaruv va investitsiyalar” yo’nalishi magistranti, 2008 – 2013 y.y. Zanderberd univesiteti (AQSH)da o’qituvchi.

Hozirda  O’zbekiston Respublikasi davlat turizm komiteti raisining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Umarov Ilhomjon YUldashevich 1979 yil 8 noyabrda Andijon  viloyati SHaxrixon tumanida tug’ilgan. 1998 – 2002 y.y. Andijon muxandislik – iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabasi, 2002 -2004 y.y.  Andijon muxandislik – iqtisodiyot instituti magistranti, 2009 yili Iqtisod fanlari nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Hozirda Andijon davlat universitetining Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda, xamda TDIU doktoranti.

 

 

 

 

Nurmatov Dilshodbek Nabijonovich 1971 yil 22 martda Qirg’izston respublikasi Osh viloyatida tug’ilgan. 1988 – 1993 y.y. Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabasi, 2008 yili Iqtisod fanlari nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2008 -2011 y.y. Andijon muhandislik – iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri. 2012 -2018 y.y. Andijon davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri.

Hozirda Andijon davlat universitetining Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi boshlig’i  lavozimida ishlab kelmoqda.