Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va modemnomalari ijrosi

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon, qaror, farmoyishlari va hukumat qarorlari, vazirlik buyruqlari, topshiriqlarining bajarilishi.

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli qarori hamda mazkur qaror ijrosi doirasida qabul qilingan hukumat qarorlarida OTM bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar ijrosi.

Andijon mashinasozlik institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son Qaroriga asosan ishlab chikilgan chora-tadbirlar dasturida 9 ta yo’nalishlar bo’yicha vazifalar belgilangan.

2017 yil may-dekabr oylarida Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro aloqalar bo’limi va beshta kafedrasi tomonidan 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan kelishuvlar va shartnomalar imzolangan. Jumladan, N.E. Bauman nomli Moskva Davlat Texnika Universiteti, Novosibirsk Davlat Texnika Universiteti, Boshqirdiston Davlat Agrar Universiteti, Ufa Davlat neft Universiteti, Rusen universiteti (Bolgariya), Ukraina Milliy Universiteti, SHinxan Universiteti (Janubiy Koreya), “Senmon Kyouiku Publishing Co” o’quv markazi (YAponiya), Setubal politexnika instituti (Portugaliya), Riga Texnika Universiteti (Latviya) bilan shartnomalar imzolangan. Hozirda yana 5 ta xorijiy OTMlar bilan kelishuvlar asosida imzolash uchun shartnomalar loyihalari tayyorlangan. Hozirda kelishuvlar asosida xalqaro standartlarga asoslangan ilg’or ta’lim texnologiyalari va o’quv-uslubiy materiallarni ta’lim jarayoniga joriy etishga kirishilmoqda.

Magistrlik ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, magistrantlar, yosh o’qituvchilar va ilmiy xodimlarning xorijda stajirovkasini tashkil etish yuzasidan xalqaro kooperatsiyani kuchaytirish maqsadida institutning 7 nafar o’qituvchisi malaka oshirish, stajirovka o’tash va tajriba almashishi uchun xorij safarida bo’lib qaytganlar. SHu jumladan, 2 nafari Ruminiyaga, 2 nafari Polshaga, 1 nafari Hindistonga, 1 nafari AQSHga, 1 nafari Rossiya (Ufa)ga borib kelganlar. SHulardan 1 nafari YUnesko granti bo’yicha Polshaga 6 oylik stajirovkaga jo’natilgan. Reja bo’yicha 2017-2018 o’quv yiliga stajirovkaga, maqsadli doktoranturaga va magistraturaga 11 ta kvota berilgan. Jumladan 8ta qisqa muddatli (1-3 oy), 1ta uzoq muddatli (1 yilgacha), 1ta maqsadli doktorantura va 1ta maqsadli magistratura ajratilgan bo’lib, hozirda Italiyaning Turin politexnika universitetiga xujjatlar taqdim etilgan.

Institutda yangi ta’lim yo’nalishi 5111000 (5310600) «Kasb ta’limi» (Er usti transport tizimlari) uchun me’yoriy huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Akademik mobillik (academic mobility programs) dasturi bo’yicha reja tuzilgan. ERASMUS+ dasturi asosida avtomobilsozik bo’yicha Polshaga magistraturaga, mashinasozlik yo’nalishi bo’yicha Italiyaga bakalavriaturaga o’qishga yuborilmoqda.

Xorijiy OTMlardan taklif etiladigan professor-o’qituvchilar ro’yxati shakllantirilgan. Jami 10 nafar. Xozir 3 nafar kelgan. 2017 yil may va dekabr oylarida Ufa davlat universitetidan texnika fanlari doktori, professor N.R. Raximov, YAponiya Nanzyan universitetidan lingvistika fan doktori, professor Ashurova Umidaxon, Janubiy Koreyadan menejment bo’yicha fan doktori, professor SHin Kvan Su grafik asosida institut talabalari va magistrantlariga ochiq lektsiyalar o’tib bergan. Hozirda institut ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologik va o’qitish usullarini xorij tajribasi asosida keng joriy etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

YAngi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 12 ta ta’lim yo’nalishining faqat 3tasi bo’yicha 3ta darslik va 1ta o’quv qo’llanma uchun Vazirlik grifi olingan, 35 ta fandan takomillashtirilgan o’quv-uslubiy materiallar nashr etilgan. Qolgan 9ta yo’nalish bo’yicha yangi avlod o’quv adabiyotlari yaratilmagan. Ta’lim yo’nalishlarini o’quv, o’quv-uslubiy materiallar va adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida ARMga kerakli adabiyotlarni xarid qilish, xorijiy adabiyotni tarjima qilish va darsliklar chop etish rejalashtirilgan. Islom universitetidan 12 nomda 502ta o’quv qo’llanmalar sotib olingan. Vazirlikning Rivojlantirish markazidan beg’araz yordam ko’rinishida 34 nomda 372ta darslik va o’quv qo’llanmalar olingan. 4 nomda 40 dona kitob Toshkent shaxridagi Turin politexnika universitetidan olib kelingan. Toshkent iqtisodiyot universitetidan 58 ta o’quv uslubiy risolalar olib kelingan.

Pedagogik kadrlarning kasb maxorati va saviyasini yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o’tkazish bo’yicha 8 nafar o’qituvchi ingliz tilidan APTIS testlarini muvaffaqiyatli topshirganlar. 22 nafar o’qituvchi yevropa va Rossiya Federatsiyasi yetakchi OTMlarida malaka oshirish va stajirovkaga borish uchun “Iste’dod” fondi tomonidan tashkil etilgan tanlovda ishtirok etganlar. Xozirgi kunda ulardan 11 nafari 2-bosqich imtixonlariga qo’yilganlar.

Institutning ilmiy saloxiyatini oshirish maqsadida institut tayanch doktoranturasiga 2018 yil uchun 10 nafar doktorantlar qabul qilingan. Xozirda institut tayanch doktoranturasida 18 nafar doktorantlar o’zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Boshqa OTM larning tayanch doktoranturasiga 5 nafar o’qituvchi qabul qilingan. Institut professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish kun tartibida turibdi.

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi mashinasozlik tarmog’i korxonalari bilan institutda ishlab chiqilgan Kontseptsiya asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, talabalar ishlab chiqarish amaliyotlarini “GM –Uzbekistan” AJida 2-kursdan boshlab muntazam tashkil etish choralari ko’rilgan.

Institutda o’quv laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar dasturi belgilangan bo’lib, unga ko’ra 2017 yilda qiymati 2343 mln.so’mlik 3 ta o’quv xonalariga laboratoriya jihozlari majmuasi olinishi belgilangan. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan 16 ta kafedra zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan 2017-2020 yillarda ta’minlanishi (3,2055 mlrd.so’m), kompyuter, server xonalarni jihozlash, ichki aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash (0,9 mlrd.so’m) 2017-2021 yillarda rejalashtirilgan edi. Hozirda “Fizika va kimyo” kafedrasida 1 ta fizika va 1 ta kimyo fani bo’yicha yangi zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan xonalar tashkil etilgan. “Umumiy elektrotexnika” bo’yicha Germaniyadan zamonaviy laboratoriya jihozlari keltirilgan. Byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan 40 ta, byudjet mablag’lari hisobidan yangi 250 ta kompyuter olingan.

Mavjud kompyuterlarning 185 tasi ichki lokal, korporativ hamda internet tarmog’iga ulangan. O’quv jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida Internet resurslaridan foydalanish tezligi 9216 Kbit/s. ni TAS-IX ya’ni Respublika internet resurslaridan foydalanish tezligi 18432 Kbit/s. ni tashkil etadi.

Institut hududida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida simsiz (Wi-Fi) internet tarmog’i tashkil etish maqsadida 14 dona (WI-FI Ubiquiti UniFi Long Range Access Point) o’rnatilgan va bugungi kunda ishlatilib kelinmoqda. WI-FI ulanish nuqtalari soni 14 ta. Har bir nuqtaga 20 ta umumiy 280 nafar foydalanuvchi ulanishi mumkin.

Talabalar CAD-CAM CAE dasturlarida ishlashlari uchun zamonaviy eng so’nggi rusumdagi kompyuterlardan 25 dona olib kelindi. 2 ta xona tashkil qilindi bu xonalarga Eng so’nggi markadagi 3D Wi-1420 rusumli proyektor o’rnatilgan. Vazirlik tomonidan 28 dona videoproyektorlar va eng zamonaviy 24 dona elektron doska va proyektori mavjud bo’lgan xonalar tashkil etilgan.

Institutda o’quv jarayonini muntazam nazorat qilish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 58 ta videokamera o’rnatilib, kuzatuvlarni qayd etish va tahlil etish maqsadida maxsus monitoring xonasi tashkil etilgan.

Andijon mashinasozlik instituti bilan “ELXOLDING” MCHJ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligi bo’yicha 2015 yil 30 dekabrdagi hamda 2016 yil 19 oktyabrdagi shartnomalarga asosan institut o’quv va ilmiy laboratoriya bazasi umumiy qiymati 550950.93 EURO yoki 2185875,8 ming so’mlik kompyuter jihozlari bilan boyitilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarori ijrosi holati maxsus ishchi guruh tomonidan o’rganilib, o’rganish natijalari institut Ilmiy kengashning 2017 yil 29 dekabrdagi 5-son yig’ilishida muhokama etilgan. Qaror ijrosi yuzasidan institut faoliyati qoniqarli deb baholangan.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori hamda mazkur qaror ijrosi doirasida qabul qilingan hukumat qarorlarida OTM bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar ijrosi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 21 apreldagi 241-sonli buyrug’iga asosan vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari 2016-2017 o’quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash, joylashtirish va bandligi monitoringini samarali tashkil etish bo’yicha “CHora-tadbirlar rejasi”ga asosan institut reja-jadvali ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ushbu reja-jadval asosida institut ixtisosliklarining malakaviy amaliyot bazalari aniqlanib, talabalar malakaviy amaliyotlarini tizimli ravishda o’tkazilishi, amaliy mashg’ulotlarni bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda kelgusida bitiruvchilarni mazkur xo’jalik sub’ektlariga ishga joylashtirish bo’yicha, korxona va tashkilot hamda muassasalar bilan shartnomalar tuzilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta’minlash, institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlarni, iqtidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shug’ullanishga jalb etish, tadqiqot ishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab quvvatlashni takomillashtirish hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 28 sentyabrdagi 704-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida 2017 yil 2 oktyabr kuni 538-sonli institut buyrug’i ishlab chiqilgan. Buyruqqa asosan institutning “Avtomobilsozlik” kafedrasi “GM-O’zbekiston” AJ va “UZAUTOAUSTEM”ga, “Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomotlashtirish” kafedrasi “Uz Koram Ko”ga, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi “Andijon Mash” va “Uz-Tong Xong”ga, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi “Uz Dong Yang Ko”ga, “Texnologik mashina va jixozlar” kafedrasi “Uz-SaeMyung KO”ga, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi “Andijon SSM” ga, “Elektrotexnika, Elektromexanika, Elektrotexnologiya” kafedrasi “Andijon kabel”, “Andijon XET” OAJ, “UzKodji” ishlab chiqarish korxonalariga biriktirildi. Hozirda hamkorlik haqidagi shartnomalar tuzilgan. Ushbu shartnomalar doirasida talabalarning amaliyotlarini tashkil etish ko’zda tutilgan. Institut professor-o’qituvchilarining korxonalardagi stajirovka va malaka oshirishlari amalga oshirilmoqda. ”O’zavtosanoat” AKning 4 ta korxonasi bilan xo’jalik shartnomalari rasmiylashtirilib, ularning muammolarini yechishga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2017 yil 30 avgustda Andijon mashinasozlik institutida “GM – O`zbekiston” AJ qo’shma korxonasi mas’ul mutaxassislari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarorining ijrosi hamda institut bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi dolzarb masalalar bo’yicha istiqbolli hamkorlik olib borishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli qarori hamda 2017-yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151 sonli qarorlarining amaldagi ijrosini ta’minlash mahsadida Andijon mashinasozlik institutining 23 nafar iqtidorli talabalaridan tashkil topgan guruhi “GM-O’zbekiston” avtomobil yig’ish zavodida 20 kunlik amaliyotga yuborilgan. Joriy yilning 31 oktyabr kuni mazkur amaliyot bo’yicha talabalarning taqdimoti GM-O’zbekistan zavodi xodimlari, institut rektori, prorektorlar, bo’lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida tinglangan.

Vazirlikning “Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi” asosida Andijon mashinasozlik institutida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni tashkil etish bo’yicha tuzilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan:

2017/2018 o’quv yilidan boshlab institutda tegishli kurslarda 2 ta guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish maqsadida ingliz tilida dars o’tishi rejalashtirilgan 16 nafar professor-o’qituvchilarni ro’yxati va fanlar nomi vazirlikning 2017 yil 4 avgustdagi 529-buyrug’ining 4-ilovasiga muvofiq shakllantirilgan va bu ro’yxat vazirlikning Kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta’minlash bosh boshqarmasiga taqdim etilgan.

Ingliz tilini biladigan va mutaxassislik fanlarini yaxshi o’zlashtira oladigan talabalar tarkibidan ayrim mutaxassislik fanlari ingliz tilida o’tiladigan guruhlarni shakllantirish (har kursda 2 ta guruh) buyrug’idan kelib chiqib Institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida “Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishi, Avtomatika va elektrotexnika fakultetida “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo’nalishi, Mashinasozlik fakul’tetida “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishlari bo’yicha 4-kurslarda 3 ta guruh, 2- va 3-kurslarda 2 tadan guruhlar ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’tadigan guruhlar sifatida shakllantirilgan va ushbu guruhlarda Mexanika-1, Sifat menejmenti, Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari, Kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish, Mexatronika asoslari, Transport vositalarida tashish nazariyasi, Hayot faoliyati xavfsizligi, YAgona transport tizimlari va boshqa fanlardan darslar o’tila boshlangan.

2017 yil sentyabr oyida institutning barcha muxandislik yo’nalishlari 1-kurslari orasidan ingliz tilida erkin gaplasha oladigan iqtidorli talabalarni aniqlash maqsadida “Mashinasozlik” fakulteti binosida ingliz tilida dastlabki saralash imtihonlari o’tkazilgan. Saralab olingan 45 nafar talabalardan “Iqtidorli talabalar” guruhi tashkil etilgan. Ushbu guruhga hozirda birinchi blok darslari: Kimyo (Chemistry), CHizmachilik (Drawing), Matematika (Mathematics), Fizika (Physics) hamda Ingliz tilidan “YOzish” va “O’qish” (Reading & Writing) “Tinglash” va “So’zlashish” (Listening & Speaking) fanlaridan darslar olib borilmoqda. Darslar yetakchi horijiy OO’YUning o’quv dasturlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan mahsus o’quv dasturlari asosida tajriba asosida ingliz tilida olib borilmoqda.

Institutning 2-3-kurslardan iborat “Iqtidorli talabalar” guruhi talabalari (2016 yilda yuqoridagi kabi tanlov asosida saralab olingan) 2016-2017 o’quv yilida umumkasbiy fanlarni (birinchi blok darslari) ingliz tilida o’qigan bo’lib, hozirda, ya’ni 2017-2018 o’quv yilida ular mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qimoqda, shu bilan birga ushbu guruh talabalari “GM O’zbekiston” AJ o’zaro hamkorlik doirasida 2017 yilning 26 sentyabrdan 23 oktyabrga kadar haftaning 5-kuni, jami 20 kun davomida korxonada amaliyot o’taganlar.

Vazirlikning 2017 yil 16 oktyabrdagi 87-02-3231 sonli xatiga asosan institutda 2017/2018 o’quv yilidan boshlab kamida 2 ta guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga oid, ya’ni guruhlar, o’qitiladigan mutaxassislik fanlari, jalb etilgan professor-o’qituvchilar, ingliz tilida dars o’tishi uchun maqsadli tayyorlanayotgan professor-o’qituvchilar aniqlanib, bu borada ishlar tashkil etilgan.

Institutda 2017-2018 o’quv yilida hamkor xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalaridan institut o’kuv jarayoniga xorijiy mutaxassislar, o’qituvchi va olimlarni jalb etish rejasi ishlab chiqilgan. 2017-2018 o’quv yilida hamkor xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalaridan shartnoma asosida jalb etilishi rejalashtirilayotgan mutaxassislar soni 15 nafarni tashkil etilgan. Ayni vaqtda, 4-ta xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan – Italiyaning Turin Politexnika Universiteti, Rossiya Federatsiyasining – Moskva Texnika Davlat universiteti, Novosibirsk Davlat Texnika universiteti, Tomsk Davlat Politexnika Universiteti, Ufa Davlat Nef Texnika Universiteti bilan belgilangan tartibda akademik va ilmiy-tadqiqot almashinuv bo’yicha Kelishuv imzolangan hamda ularni jalb qilish uchun ketadigan taxminiy sarf-xarajatlari ishlab chiqilgan. SHu bilan birga, 2016-2017 o’quv yilida ham Rossiya Federatsiyasining Ufa Davlat Nef Texnika Universiteti bilan tuzilgan sharnoma asosida 3 nafar professor-o’qituvchilar professor R.T.Axmetov, professor N. A. Raximov, dotsent T.N.Minnivaliyevlar tarafidan 2017 yil 2 – 11 may kunlari Andijon mashinosozlik institutida “Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish”, “Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi”, “Avtomatlashtirilgan tizimlar” qabi fanlar bo’yicha talabalarga ma’ruzalar olib borildi hamda 2017-2018 o’quv yilida olib boriladigan faoliyatlar bo’yicha kelishuvlar imzolangan. Hozirgi vaqtda, 2017-2018 o’quv yilida taklif etiladigan professor-o’qituvchilar bilan shartnomalar tuzish ishlari davom ettirilmoqda.

YUqoridagilar bilan bir qatorda Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi assistenti X.Xoshimov 2017 yilning 6-11 iyul kunlari Rossiya davlati Ufa qishloq xo’jaligi institutida bo’lgan. Tashrif davomida universitetning “Metallar texnologiyasi va mashinalarni ta’mirlash” kafedrasida bo’lib, t.f.d., professor Sayfulin Rinat Nazirovich va t.f.n. Farxshatov Mars Nurullovichlar bilan uchrashgan. Tashrif davomida Andijon mashinasozlik instituti va Ufa qishloq xo’jaligi institutlari o’rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan. SHartnomada xar ikki ta’lim muassasalari o’rtasida ilmiy faoliyatni amalga oshirish hamda kelajakda ushbu ta’lim muassasalari bilan o’quv va ilmiy sohalarni rivojlantirish masalalari ko’zlangan.

2017-2018 yilda belgilangan kvota asosida 11 nafar professor-o’qituvchilardan xorijda malaka oshirish, stajirovka, doktorantura va magistraturaga yuborish ko’zda tutilgan. Ushbu professor-o’qituvchilar Andijon davlat universitetida 19 iyulda ingliz tili darajasini aniqlovchi APTIS testda qatnashganlar.

Institutda 2017/2018 o’quv yili dekabr oyida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Institutda tashkil etilgan 10 ta guruhga jami 16 ta fandan 15 nafar professor-o’qituvchi ingliz tilida dars o’tgan, shu bilan birga yana qo’shimcha ravishda 4 nafar xorijiy professor-o’qituvchilar jalb etilishi rejalashtirilgan.

Institutning 2-3-kurslardan iborat “Iqtidorli talabalar” guruhi talabalari uchun “GM-Uzbekistan” AJ bilan hamkorlikda maxsus o’quv kursi dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, unga asosan talabalar “5+1 modeli asosida haftaning payshanba kunlarida “GM-Uzbekistan” AJda amaliyot o’tamoqdalar, haftaning shanba kunlari esa ularga korxonaning yetakchi mutaxassislari professor-o’qituvchilari tomonidan maxsus darslar o’tkazilmoqda.

Ushbu yo’nalishda qo’shimcha guruhlarni shakllantirish maqsadida 1-kurs talabalari orasida tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borilib, fakultetlar kesimida talabalar ro’yxati shakllantirilgan. Birinchi bosqichda 27-28 oktyabr kunlari davomida ulardan saralash imtihonlari o’tkazilgan. Sinovlar asosida saralab olingan 45 nafar talabalar tarkibidan “Iqtidorli talabalar” 273-I 17 va 274-I 17 guruhlari tashkil etilib, ularning o’qishi “Mashinasozlik“ fakulteti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi o’quv rejasi hamda “GM-Uzbekistan” AJ va butlovchi korxonalar talablaridan kelib chiqqan holda yetakchi horijiy OO’YU o’quv dasturlari asosida tuzilgan dasturlar bo’yicha ingliz tilida tashkil etilgan. SHu bilan birga “Iqtidorli talabalar” guruhlarining o’quv mashg’ulotlari modul tizimi asosida “5+1 modeli” bo’yicha tashkil etilib, ularning dars jadvali blok tizimida ishlab chiqilgan. Ushbu guruhlarga dastlab birinchi blok darslari: Kimyo (Chemistry), CHizmachilik (Drawing), Matematika (Mathematics), Fizika (Physics) hamda Ingliz tilidan “YOzish” va “O’qish” (Reading & Writing) “Tinglash” va “So’zlashish” (Listening & Speaking) fanlaridan darslar olib borilgan bo’lsa, hozirda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi o’quv rejasidagi darslar xam olib borilmoqda.

Dars mashg’ulotlari Turin Politexnika Universiteti Toshkent filiali o’qituvchilari, Janubiy Koreya davlatining KOICA dasturi volontyori CHo Leon Von hamda institutning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilmoqda.

Hozirgi vaqtda, 2017-2018 o’quv yiliga taklif etiladigan professor-o’qituvchilar bilan shartnomalar imzolangan. Buning asosida Rossiya Federatsiyasining Ufa Davlat Neft Texnika Universiteti professori N. A. Raximov 2018 yilning 6-12 dekabr kunlari “Fizika”, “Avtomatlashtirilgan tizimlar” fanlaridan talabalarga ma’ruzalar olib borgan.

Institutda mavjud 1-kurs 12 ta bakalavr yo’nalishlari va 5 ta magistratura mutaxassisliklari uchun ishchi o’quv rejalari yo’nalish kafedralari va ishlab chiqarish korxonalari (Uz Sae Myung, O’zERAE Climate Control, Uz Dong Yang CO va boshqalar) takliflari asosida ishlab chiqilgan va kelishilgan.

2017 yilda institutning “GPYU”, “Fizika va kimyo”, UTF va “EEE” kafedralariga Germaniyadan zamonaviy laboratoriya jihozlari keltirilgan. YOsh pedagog-tadqiqotchilar, magistrant va doktorantlar uchun laboratoriya jihozlaridan ilmiy izlanish maqsadlarida foydalanish uchun sharoitlar ta’minlangan.

Andijon mashinasozlik institutining 14 nafar professor-o’qituvchilari yevropaning Italiya, Ispaniya, Ruminiya, Rossiya, YAponiya va Xitoy Xalq Respublikasining oliy o’quv yurtlarida tajriba almashish o’quv kurslari va halqaro konferentsiyalarda ishtirok etganlar. Mazkur ishlarni rejalashtirish uchun Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B.Jo’raev Italiyaning Turin Politexnika universitetida xizmat safarida bo’lgan.

Xorijiy OTMlarda professor-o’qituvchilarni qisqa muddatli malakasini oshirish 2017 yilda 8 nafar, 2018-2021 yillarda 6 nafardan rejalashtirilgan, 2017-2021 yillarda 1 nafardan bitiruvchilar magistratura, doktorantura (PhD) va stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan. “GM O’zbekiston” AJ bilan tuzilgan hamkorlik dasturi asosida xar oyda 10 nafardan institutning mutaxassislik kafedralarining o’qituvchilarini korxonada qisqa muddatli stajirovkalardan o’tashlari tashkil etilgan.

Malaka oshirish markazlarining tinglovchilariga ko’chma mashg’ulotlarni hamkor korxonalarda tashkil etish chora-tadbirlari ko’rilgan.

Institutning “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” hamda “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha har bir talabaning 2-kursdan boshlab “GM – O`zbekiston” AJda malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o’tkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashg’ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbir asosida ish olib borilmoqda.

Institutning tegishli ta’lim yo’nalishlari talabalarining 2-kursdan boshlab tegishli tarmoq (soha)ning muayyan tashkilot va korxonalarida malakaviy amaliyotlarini tizimli ravishda o’tkazish, shuningdek, ularning amaliy mashg’ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha aniq choralarni belgilash bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

  1. a) Bakalavriat va magistraturaning 2017-2018 o’quv yili uchun o’quv jarayoni jadvali yo’nalishlar va kurslar kesimida malakaviy amaliyotlar ko’rsatilib ishlab chiqilgan;
  2. b) Ishchi o’quv rejalari Ishlab chiqish Korxonalari (GM Uzbekistan, Uz SaeMyung, O’zERAE Climate Control va boshqalar) bilan birgalikda ishlab chiqilib talabalar amaliyotini mazkur korxonalarda o’tkazish kelishib olingan;
  3. v) Talabalarni amaliy va laboratoriya darslarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazish uchun strategik dasturlar ham ishlab chiqildi, GM Uzbekistan va boshqa qo’shma korxonasi ish dasturi ishlanganligi institutni 3-4-kurs talabalarini strategik tayyorlash dasturi rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil oktyabrdagi “Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada rag’batlantirish to’g’risida”gi 839-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 23 oktyabrdagi 787-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 28 oktyabr 606-sonli institut buyrug’i ishlab chiqilgan. Buyruqqa asosan institutning 8 nafar doktorantlarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga biriktirilgan.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo’nalishida maxsus sirtqi bo’limlarni tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3183-son qarorida OTM bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar ijrosi.

Sirtqi bo’limni tashkil etish to’g’risida vazirlikka taklif xati berilgan.

  1. 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosi.

Institutda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, muhandis kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashning normativ-huquqiy bazasini o’rganish va shu asosda institut faoliyatini takomillashtirishga imkon beruvchi me’yorlarni ishlab chiqish maqsadida institutning Xalqaro aloqalar bo’limi zimmasiga yetakchi xorijiy OTMlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish vazifasi yuklatilgan.

2017 yil may-dekabr oylarida Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro aloqalar bo’limi va beshta kafedra tomonidan 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan kelishuvlar va shartnomalar imzolangan. Jumladan, N.E. Bauman nomli Moskva Davlat Texnika Universiteti, Novosibirsk Davlat Texnika Universiteti, Boshqirdiston Davlat Agrar Universiteti, Ufa Davlat neft Universiteti, Rusen universiteti (Bolgariya), Ukraina Milliy Universiteti, SHinxan Universiteti (Janubiy Koreya), “Senmon Kyouiku Publishing Co” o’quv markazi (YAponiya), Setubal politexnika institut (Portugaliya), Riga Texnika Universiteti (Latviya) bilan shartnomalar imzolangan. Hozirda yana 5 ta xorijiy OTMlar bilan kelishuvlar asosida imzolash uchun shartnomalar loyihalari tayyorlangan. Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik asosida o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish ko’zlangan. Hozirda o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish maqsadida institut tarkibiy tuzilmasini takomillashtirib borish nihoyasiga yetkazilmoqda.

Institut rektorining 2017 yil 2 oktyabrdagi 541-sonli, 25 oktyabrdagi 602-sonli buyruqlari asosida institut tasarrufiga 2-son akademik litsey o’tkazildi va ushbu buyruqlar ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tuzilib, ishchi guruh tomonidan institut rektorining 2017 yil 25 oktyabrdagi 602-sonli buyrug’i bilan tegishli kafedra mudirlari hamda litsey rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida institutning yetakchi professor-o’qituvchilari va akademik litsey o’qituvchilarining o’zaro darslarda qatnashishlari ta’minlanmoqda. Akademik litseyga umumta’lim maktablarining bilimli, qobiliyatli va iqtidorli o’quvchilarini tanlab olish tartibi to’g’risidagi Nizom loyihasi hamda akademik litseylardagi 2 yillik ta’lim uchun tajriba-sinov sifatida ishlab chiqilgan o’quv reja va o’quv dasturlarini tanqidiy qayta ko’rib chiqib, ularni takomillashtirish bo’yicha anik takliflar Ishchi guruxga takdim etilgan. Bundan tashqari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 2 dekabrdagi 87-02-3574-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institut tasarrufidagi akademik litsey Ustavi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan buyruq bilan tasdiqlanishini inobatga olgan holda ilovada keltirilgan namuna asosida qayta ko’rib chiqilib, tahrir qilingan holda 4 dekabr kuni vazirlikka (Kadrlar tayyorlash va bitiruvchilar taqsimoti monitoringi bo’limi, 214-xona, I. Nematovga) 3 nusxada chop etilgan shaklda taqdim etildi. SHunga asosan institut Ustavi qayta ko’rib chiqilishi belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bog’lik o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 246-sonli qarori ijrosi institut kafedralar kesimida 2017 yil 15-30 iyun kunlari 8 nafar tarkibdagi ishchi guruh tomonidan o’rganilgan. Institutning 2017 yil 23 martdagi 122-sonli buyrug’iga asosan professor-o’qituvchilari faoliyati baholangan. Mazkur buyruqqa binoan institutda pedagog xodimlar faoliyatini kompleks o’rganish bo’yicha komissiya tarkibi, pedagoglar faoliyatini fakultetlar kesimida baholashni yo’lga qo’yish uchun ishchi guruxlar, baholash mezonlari va o’rganish muddatlari grafigi tasdiqlangan. O’qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizimda baholash natijalari pedagoglar faoliyatiga tanqidiy nazar tashlashni talab etgan. Ushbu ballarning zamirida professor-o’qituvchilar shaxsiy ish rejalarining bajarilishi yotganligini o’rganishlar isbot qilgan.

“Ta’lim sifatini boshqarish va nazorat qilish” bo’limi faoliyati tashkil etilgan, bo’lim uchun 2017 yil sentyabr oyidan 3 shtat birligi ajratilgan. 2017 yil 28 dekabrdan bo’lim boshlig’i etib i.f.n., dotsent M.B.YUsupova tayinlangan.

Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimi bo’yicha Institut reytingini oshirish maqsadida institut ilmiy-pedagogik salohiyatini kuchaytirish va ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishning aniq vazifalari Ilmiy kengash yig’ilishlarida belgilangan hamda qarorlar ijrosi nazoratga olingan.

2017-2018 o’quv yilida yangi ochiladigan bakalavr ta’lim yo’nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari uchun o’quv-me’yoriy hujjatlarni talablar darajasida tayyorlashni tashkil etish maqsadida institutda 327/M–sonli buyruq ishlab chiqilgan va quyidagi yangi bakalavriat 5610100 – Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti), 5111000 – Kasb ta’limi (5310600 – yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) ta’lim yo’nalishlari va magistraturaning 5A311001-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati) mutaxassisligi ochilgan.

2017-2018 o’quv yilida hamkor xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalaridan shartnoma asosida jalb etilishi rejalashtirilayotgan mutaxassislar soni 10 nafarni tashkil etgan. Tuzilgan shartnomalar asosida 4 nafar xorijlik professor-o’qituvchilar tomonidan ma’ruzalar olib borilgan, xolos.

Institutda tashkil etilgan Iqtidorli talabalar guruxlari dars mashg’ulotlari Turin Politexnika Universiteti Toshkent filiali o’qituvchilari, Janubiy Koreya davlatining KOICA dasturi volontyori CHo Leon Von hamda institutning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan ingliz tilida olib borilmoqda.

Professor-o’qituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlariga malaka oshirishga yuborish bo’yicha quyidagi ishlar bajarilgan:

2017-2018 o’quv yilida institut professor-o’qituvchilaridan 11 nafari xorijga, jumladan: 8 nafari malaka oshirishga, 1 nafari stajirovkaga, 1 nafari doktoranturaga (PhD), 1 nafar bitiruvchi talaba magistraturaga tanlab olingan. SHu jumladan, 1 nafar assistent Polshada 6 oylik stajirovkaga jo’natilgan.

Professor-o’qituvchilar uchun institut rektorining buyrugi bilan ingliz tili va Axborot va kommunikatsion texnologiyalar fanlari bo’yicha o’quv kurslari 2017 yil 1 dekabrdan tashkil etilgan. Institutda qishki ta’til davrida professor-o’qituvchilar “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusida 2017 yilning 28 dekabr – 2018 yilning 10 yanvar kunlari oralig’ida seminar mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan. Seminar mashg’ulotlari davomida asosan Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, Axborot kommunikatsion texnologiyalar va Amaliy ingliz tili bo’yicha darslar har kuni soat 9-00 dan 14-00 gacha o’tilgan.

2017 yil 30 avgustda Andijon mashinasozlik institutida “GM – O`zbekiston” AJ qo’shma korxonasi mas’ul mutaxassislari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarorining ijrosi hamda institut bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi dolzarb masalalar bo’yicha istiqbolli hamkorlik olib borishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilgan. “GM O’zbekiston” AJ bilan tuzilgan hamkorlik dasturi asosida xar oyda 10 nafardan institutning mutaxassislik kafedralarining o’qituvchilarini korxonada qisqa muddatli stajirovkalardan o’tashlari tashkil etilgan.

Institutda o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha ilg’or pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o’zida mujassamlashtirgan o’quv-uslubiy majmualar, shuningdek, ularning elektron ko’rinishlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan quyidagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilgan:

Vazirlikning 2017 yil 1 martdagi 107 buyrug’i asosida institut bo’yicha O’quv uslubiy majmualarni tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar ishlab chiqildi va kafedralar tomonidan O’UMlarni tayyorlash xolati o’rganilib borilgan. 1-kurs bakalavriat ta’lim yo’nalishlaridagi 38 ta fandan va magistratura mutaxassisligidagi 33 ta fan bo’yicha xorijiy adabiyotlar asosida o’quv-uslubiy majmualar tayyorlanib, qayta ko’rikdan o’tkazilib, kamchiliklar bartaraf etilgan. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari (2-4 kurs) va magistratura (2-kurs) mutaxassisligi bo’yicha 219 ta fandan o’quv-uslubiy majmualar tayyorlangan va hozirda qayta ko’rikdan o’tkazilmoqda.

Institut rektorining 2017 yil 4 noyabrdagi “Institut kafedralarida o’quv jarayoni sifatini ta’minlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 615-sonli buyrug’i ishlab chiqilgan. Unga ko’ra 2017 yil 6 noyabrdan boshlab kafedralar kesimida o’quv jarayoni sifatini o’rganish yuzasidan ishchi guruh tuzilgan. Har hafta davomida 2 tadan kafedraning professor-o’qituvchilari dars tahlili amalga oshirilishi tashkillashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 120 dan ziyod mashg’ulotlarga tashrif buyurilib, darslarning tahlili amalga oshirilgan.

YAngi o’quv adabiyotlari yaratish natijalari: 3 ta darslik va o’quv qo’llanma uchun grif olingan. Xususan, «Fan va texnologiyalar» nashriyoti tomonidan “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi talabalari uchun «Materialshunoslik va KMT” nomli o’quv qo’llanma nashr etilmoqda. “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabalari uchun “Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy tahlil va audit” nomli darsliklar uchun vazirlikning 2017 yildagi 603-sonli buyrug’i bilan nashr uchun grif olingan.

Vazirlikning “Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi” asosida “Andijon mashinasozlik institutida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni tashkil etish bo’yicha CHora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilgan. Unga ko’ra instituda 10 ta guruh shakllantirilgan bo’lib ularga jami 16 ta fandan 15 nafar professor-o’qituvchi dars o’tishi ta’minlangan.

SHu bilan birga bu borada quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

Ingliz tilini biladigan va mutaxassislik fanlarini yaxshi o’zlashtira oladigan talabalar tarkibidan ayrim mutaxassislik fanlari ingliz tilida o’tiladigan guruhlarni shakllantirish (har kursda 2 ta gurux) buyrug’idan kelib chiqib Institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida “Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishi, Avtomatika va elektrotexnika fakul’tetida “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo’nalishi, Mashinasozlik fakul’tetida “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishlari bo’yicha 4-kurslarda 3 ta guruh, 2 va 3 kurslarda 2 tadan guruhlar shakllantirilgan va ushbu guruhlarda Mexanika 1, Sifat menejmenti, Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari, Kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish, Mexatronika asoslari, Transport vositalarida tashish nazariyasi, Hayot faoliyati xavfsizligi, YAgona transport tizimlari va boshqa fanlardan darslar o’tila boshlangan.

2017 yil sentyabr oyida institutning barcha muxandislik yo’nalishlari 1-kurs talabalari orasidan ingliz tilida erkin gaplasha oladigan iqtidorli talabalarni aniqlash maqsadida ingliz tilida dastlabki saralash imtihonlari o’tkazilgan. Ushbu yo’nalishda qo’shimcha guruxlarni shakllantirish maqsadida 1-kurs talabalari orasida tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borilib, fakultetlar kesimida talabalar ro’yxati shakllantirilgan. 27-28 oktyabr kunlari davomida ulardan saralash imtihonlari o’tkazilgan. Sinovlar asosida saralab olingan 45 nafar talabalar tarkibidan “Iqtidorli talabalar” 273-I 17 va 274-I 17-guruhlari tashkil etilib, ularning o’qishi “Mashinasozlik“ fakulteti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi o’quv rejasi xamda “GM-Uzbekistan” AJ va butlovchi korxonalar talablaridan kelib chiqqan holda yetakchi horijiy OO’YU o’quv dasturlari asosida tuzilgan dasturlar bo’yicha ingliz tilida tashkil etildi. SHu bilan birga “Iqtidorli talabalar” guruhlarining o’quv mashg’ulotlari modul tizimi asosida “5+1 modeli” bo’yicha tashkil etilib, ularning dars jadvali blok tizimida ishlab chiqilgan. Ushbu guruxlarga dastlab birinchi blok darslari: Kimyo (Chemistry), CHizmachilik (Drawing), Matematika (Mathematics), Fizika (Physics) hamda Ingliz tilidan “YOzish” va “O’qish” (Reading & Writing) “Tinglash” va “So’zlashish” (Listening & Speaking) fanlaridan darslar olib borilgan bo’lsa, xozirda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi o’quv rejasidagi darslar xam olib borilmoqda. Dars mashg’ulotlari Turin Politexnika Universiteti Toshkent filiali o’qituvchilari, Janubiy Koreya davlatining KOICA dasturi volontyori CHo Leon Von xamda institutning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilmoqda. Institutning 2-3 kurslardan iborat “Iqtidorli talabalar” guruhi talabalari (2016 yilda yuqoridagi kabi tanlov asosida saralab olingan) 2016-2017 o’quv yilida umumkasbiy fanlarni (birinchi blok darslari) ingliz tilida o’qigan bo’lib, xozirda, ya’ni 2017-2018 o’quv yilida ular mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qimoqda, shu bilan birga ushbu gurux talabalari “GM O’zbekiston” AJ o’zaro xamkorlik doirasida 2017 yilning 26 sentyabrdan 23-oktyabrga qadar haftaning 5-kuni, jami 20 kun davomida korxonada amaliyot o’taganlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta’minlash, institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlarni, iqtidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shug’ullanishga jalb etish, tadqiqot ishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab quvvatlashni takomillashtirish hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 28 sentyabrdagi 704-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida 2017 yil 2 oktyabr kuni 538-sonli institut buyrug’i ishlab chiqilgan. Buyruqqa asosan institutning “Avtomobilsozlik” kafedrasi “GM-O’zbekiston” AJ va “UZAUTOAUSTEM”ga, “Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomotlashtirish” kafedrasi “Uz Koram Ko”ga, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi “Andijon Mash” va “Uz-Tong Xong”ga, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi “Uz Dong Yang Ko”ga, “Texnologik mashina va jixozlar” kafedrasi “Uz-SaeMyung KO”ga, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi “Andijon SSM” ga, “Elektrotexnika, Elektromexanika, Elektrotexnologiya” kafedrasi “Andijon kabel”, “Andijon XET” OAJ, “UzKodji” ishlab chiqarish korxonalariga biriktirilgan. Hozirda hamkorlik haqidagi shartnomalar tuzilgan. Ushbu shartnomalar doirasida talabalarning amaliyotlarini tashkil etish ko’zda tutilgan. Institut professor-o’qituvchilarining korxonalardagi stajirovka va malaka oshirishlari amalga oshirilmoqda. ”O’zavtosanoat” AKning 4 ta korxonasi bilan xo’jalik shartnomalari rasmiylashtirilib, ularning muammolarini yechishga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2017-2018 o’quv yili uchun institutda jami 30 nafar magistratura bitiruvchilari ishga qabul qilingan va o’quv, ilmiy-tadqiqot va ta’lim-tarbiya jarayonlariga jalb etilgan.

Institutda dissertatsiyalar himoyalarini faollashtirish maqsadida 2018-2021 yillarda dissertatsiyalarni himoya qilishning prognoz ko’rsatkichlari asosida 2017 yil 1 ta, 2018 yilda 4 ta, 2019 yilda 7 ta, 2020 yilda 7 ta, 2021 yilda 7 ta himoya bo’lishi rejalashtirildi. Hozirda institut kafedralari tomonidan Xolmatov Umidjon, Daliyev SHuhratbek, Muxtorjon YUsupov, SHarifjon Sulaymonov kabi mustaqil tadqiqotchilarga alohida shart-sharoitlar yaratilib, ilmiy izlanishlarini yakunlash uchun ko’mak berilmoqda. Institut “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” kafedrasi katta o’qituvchisi B.Qayumov 2017 yil 4 dekabr kuni falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasi olish uchun dissertaiya ishini himoya qilgan.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda falsafa doktori (Doctor of Philosopy) va fan doktori (Doctor of Science) tayyorlash tajribasini chuqur tahlil qilgan holda falsafa doktori va fan doktorlari tayyorlash, yuqori ilmiy-uslubiy va amaliy-tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash hamda ularni nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etishni faollashtirish masalasiga institut Ilmiy kengashining 5-sonli yig’ilishida alohida urg’u berilib, ushbu soha bo’yicha aniq vazifalar belgilangan. Institut rektorining buyrug’iga asosan xar bir kafedrada bir oyda kamida uchta tizimli seminarlar tashkil etish jadvali ishlab chiqilgan. (2017 yil 16 yanvar). Jadvalning ijrosi doimiy nazoratga olingan.

2017 yil 17 mart kuni Andijon davlat universitetida “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” bo’lib o’tgan X Respublika yarmarkasi Andijon viloyati xududiy bosqichida AndMI 50 dan ortik ishlanma, foydali model, texnologiyalar bilan ishtirok etgan. YArmarkada Bekkulov Botiralining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun quritish qurilma”si, Oybek Umarovning “Elektromobil” ishlanmasi mexmonlarda katta kizikish uyg’otgan. 2017 yil 10-12 may kunlari “X Respublika Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyixalar yarmarka”sida OO’MTV ro’yxatida ko’rsatilgan 13 ta ishlanmalar bilan qatnashilgan. Jami 24 ta shartnoma imzolangan, umumiy xajmi 756,4 mln so’m. Institut xisobiga 24.6 mln so’m kelib tushgan.

Institutda davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 1 ta innovatsion 1 ta fundamental loyixa 2017 yil dekabr oyida yakunlangan. Ularning umumiy qiymati 105 mln so’mni tashkil etgan. 2017 yilda Fan va texnologiyalar agentligiga amaliy innovatsion va yosh olimlar loyixalaridan 29 tasi taqdim etilgan.

2018 yilda Andijon mashinasozlik instituti tomonidan “Zamonaviy ishlab chiqarishning ish samaradorligi va energo-resurs tejamkorligini oshirish muammolari” mavzusida xalqaro konferentsiya rejalashtirilgan. 2017yil 26 aprel kuni institutda Respubldika miqyosidagi “Innovatsion rivojlanish muammolari: ishlab chiqarish, ta’lim , ilm-fan” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazilgan. Konferentsiyada 200 dan ortiq professor-o’qituvchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, olimlar va talabalar ishtirok etganlar. 1000 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.

2017-2018 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) tayinlash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 sentyabr kungi 698-sonli buyrug’iga asosan Andijon mashinasozlik instituti talabalaridan “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasiga 5311000-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)” yo’nalishi 3-kurs 125-14-guruh talabasi Muratova Zulfizar Axmadjonovna va 5310500-Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi 2 kurs 163-guruh talabasi Komilov Nasibullo Akramjon o’g’li, “Islom Karimov” nomli Davlat stipendiyasiga 5230100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo’nalishi 3-kurs 111-14-gurux talabasi Turdaliyeva Nazokatxon Alisher qizilar sovrindor bo’lganlar.

Institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlarda shukronalik, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg’ularini yuksaltirish hamda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi”, 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” asarlarining mazmun-mohiyati bo’yicha 9 marotaba o’quv seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilgan.

Davlat mustaqilligi, istiqlolga erishish natijasida qo’lga kiritilgan yutuqlar: o’zlikni anglash, milliy-ma’naviy tiklanish, qadriyatlarimiz va madaniy merosimizning tiklanishi hamda demokratik fuqarolik jamiyati, obod turmushni barpo etish borasida erishgan marralarimizni talaba yoshlar, professor-o’qituvchilar va xodimlar, keng xalq ommasi orasida targ’ib etish, Davlat dasturida belgilangan vazifalar orqali ularning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini yuksaltirish maqsadida 28 marotaba targ’ibot-tashviqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan. Ta’lim va tarbiyaning uyg’unlashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli ravishda rivojlantirish yo’nalishida talaba-yoshlarlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatorlari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Iqtisodiyot vazirligi boshqa davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddi xodimlari bilan 19 marotaba uchrashuvlar tashkil qilingan. Talaba-yoshlarning istiqlol yillari tarixi bo’yicha bilimlarini oshirish, siyosiy va huquqiy dunyoqarashini kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilmiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida institut miqyosida 2 marotaba “Tafakkur sinovlari”, 5 marotaba “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovlari o’tkazilgan. “XXI asr – intellektual avlod asri” yosh olim va talabalarning ilmiy-amaliy konferentsiyasida ishtirok etishlarini ko’zlab ilmiy to’garaklar faoliyatini kengaytirilmoqda.

Institut qoshidagi akademik litseyiga institutning byudjetdan tashqari mablag’lar (to’lov-kontrakt asosida o’qitish uchun tushumlardan tashqari) hisobiga o’quv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olishni ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 14 oktyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga o’tkazilgan akademik litseylarni to’liq inventarizatsiyadan o’tkazish to’g’risida”gi 87-04-1471-raqamli topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2017 yil 16 oktyabrdagi 585-sonli buyrug’i ishlab chiqilgan. Ushbu buyruq bo’yicha ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar asosida institut byudjetdan tashqari mablag’lari (to’lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o’qituvchi va o’quvchilarini moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha 3 yillik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tegishli mas’ul xodimlar tomonidan bajariladigan tadbirlar, bajarish muddatlari aniqlab olingan. Akademik litsey ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida Institutning yetakchi professor-o’qituvchilar tomonidan institutda o’qitilayotgan fanlar asosida 4 ta seminar-treninglar o’tkazilgan.

Institutni zamonaviy moddiy-texnik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 16 dona elektron doska, 16 dona videoproyektor, Videoproyektor SONY 28 dona, jami 117 mln so’mlik zamonaviy moddiy-texnik va axborot-kommunikatsiya jihozlari vazirlik tomonidan berilgan. 30 mln. so’m byudjet mablag’lari, 170 mln so’m byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 40 dona kompyuter olingan. Institutning 2-o’quv laboratoriya binosiga ximiya laboratoriyasi uchun 5 ta sinf xonalari qurib bitkazilgan. Bu ishlarga byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 144 mln so’m mablag’ sarflangan. Institutning 1- o’quv laboratoriya binosiga fizika laboratoriyasi uchun yangi 4 ta sinf xonalari qurib bitkazilgan xamda yangi konditsionerlar o’rnatilgan. Bu ishlarga byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 35 mln so’m sarflangan. Institutning 2-talabalar turar joyining yuvinish xonalari joriy ta’mirlangan. Bu ishlarga byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 16 mln so’m so’m sarflangan. yer osti suv qudug’i ta’mirlangan bu ishlarga byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 1.5 mln so’m sarflangan. Institutga xar biri 1 megavattli 2 ta yangi ichki isitish qozonxonalari qurilgan. Bu ishlarga byudjet xisobidan 360 mln so’m mablag’ sarflangan.

Axborot-resurs markazi (kutubxona) fondini kerakli zamonaviy o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar, davriy nashrlar va multimediali mahsulotlari bilan boyitish maqsadida 144 nomda 1422 nusxa 15422445 so’mlik yangi o’quv adabiyotlari sotib olingan. SHundan 8 nomda 81 nusxasi Prezident kitoblari, 41 nomda 565 nusxasi darslik va o’quv qo’llanmalar, 81 nomda 410 nusxasi ma’naviy-badiiy nashrlar hamda 14 nomda 245 nusxa boshqa turdagi adabiyotlardir. 2017 yil uchun institut Axborot-resurs markazi tomonidan 91 nomdagi vaqtli matbuot nashrlariga obuna tashkil qilingan. SHundan 38 nomdagi gazeta va jurnallar yo’nalishlarga mos ravishda mutaxassislikka oid.