Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida joriy yilning 14-oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Saylov-2021: «Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostidagi «Targ’ibot» guruhi o‘z loyihalarini Andijon mashinasozlik institutida davom ettirdi. Tashrif buyurgan mehmonlarni institut talabalari qizg’in kutib oldi. Institutning katta anjumanlar zalida ko‘tarinki ruhda boshlangan tadbirni dastlab institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Akmaljon Ermatov ochib berdi.

Shundan so‘ng »Targ‘ibot» guruhi a’zosi Zayniddin Shamsiddinov talaba atamasiga to‘xtaldi hamda talabalarning fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Kirish so‘zidan so‘ng seminar-treyningning asosiy qismi boshlandi. Dastlab talabalardan faol siyosiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishni istagan 10 nafar ko‘ngilli yoshlar saylov viktorinasida ishtirok etdi. Vikotorinada 3 nafar eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi g’olib deb topildi hamda ularga “Targ‘ibot” guruhining esdalik sovg’alari  kitoblar topshirildi.

 

Tadbir ishtirokchilariga kayfiyat ulashish maqsadida har bir spiker chiqishidan so‘ng Targ‘ibot poyezdi guruhi a’zolari tomonidan go‘zal kuy qo‘shiqlar ijro etildi. Shundan so‘ng Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston davlat san’at va ma’daniyat instituti talabalari tomonidan saylov huquqining prinsiplari saylov kodeksining yaratilishi va uning asoslari haqida ma’ruzalar olib bordilar. Ushbu tadbir talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga katta hissa qo‘shdi. Talabalar o‘ziga kerakli ma’lumotlar oldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarga ega bo‘ldilar.

 

Andijon mashinasozlik instituti axborot xizmati