Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 13-oktabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy bino katta anjumanlar zalida tyutorlik lavozimi uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbatlar bo’lib o’tdi. Suhbatni institut rektori U.M.Turdialiyev boshchiligidagi komissiya a’zolari olib bordi.

Suhbat davomida nomzodlarning pedagogik faoliyatga tegishli qonunlar, ta’limga oid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar, ta’lim standartlari talablari va mazmunini, mohiyatini bilishi darajasi o‘rganildi.

Shuningdek nomzodlarning istiqbolli rejalar, talabalar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid bilimlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish malakasiga ega ekanligi, sohaga oid yangiliklar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardorlik holati, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yo’llarni topishni va amalda qo’llashni bilishi bo’yicha tajribasi qay darajada ekanligi bilan yaqindan tanishildi.


 

Andijon mashinasozlik instituti axborot xizmati.