Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Joriy yilning 5-oktabr kuni institut ilmiy kengashining navbatdagi kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar ko’rildi.

Dotsentlik ilmiy unvoni uchun saylov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz  malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmoni bo‘yicha institutda bajarilayotgan ishlar, 2020-2021 o‘quv yili Yakuniy davlat attestasiya komissiyalari faoliyatining yakunlari to‘g‘risida, Doktoranturaga qabul kvotalari va uning ixtisosliklar kesimidagi holati to‘g‘risida, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining 2020/2021 o‘quv yili yakuni bo‘yicha ish rejasining bajarilishi haqida hisoboti hamda  2021/2022 o‘quv yili uchun ish rejasini tasdiqlash, Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O‘zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish,  Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha 2021 yilda  6247, 6257-son Farmonlari va 5177-son qarori, ularga asosan qabul qilingan  vazirlik va institut buyruqlari ijrosini ta’minlash haqidagi masalalar ilmiy kengashning kun tartibidan asosiy masala sifatida o‘rin egalladi.

AndMI axborot xizmati