Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     

     Hokim va yoshlar uchrashuvi Andijon mashinasozlik institutida shu yilning o‘zida 3-bor tashkil etildi. Yoshlarning xohish va istaklarini anglash, taklif va muammolarini  eshitish uchun joylardagi birinchi rahbarning shaxsan o‘zi tashabbus ko‘rsatmoqda. Bu esa shuni anglatadi-ki, yurtimizda yoshlar masalasi eng dolzarb masalalar qatoridan chuqur joy egallamoqda.

     Bugun Andijon mashinasozlik instituti talabalari yana bir bor viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan uchrashdilar. Institutning katta anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turli bosqichlarda tahsil oluvchi 200 nafar talaba ishtirok etdi.

 

     Uchrashuvda viloyat hokimi joriy yilning o‘zida Andijondagi bo‘layotgan o‘zgarishlar va amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi. Xususan, birgina Andijon shahrining o‘zida qad rostlagan ko‘p qavatli binolar, muz saroy, ekopark va ayni shu kunlarda qurilishi davom etayotgan Boburshox ko‘chasi va yangi bozor hududini bog‘lovchi osma yo‘l haqida alohida to‘xtaldi.

     Shuningdek kelgusida Andijonda yo‘llarning markazida Tramvay qatnovi faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganini aytdi. Shaharda aholi va ayniqsa yoshlar, talabalarga qulaylik yaratish maqsadida arzon avtobuslar qatnovini yanada kengaytirish uchun amaliy ishlar boshlanganligiga ham to‘xtaldi. Qilinayotgan ishlarning barchasi aholini yashash tarzini yaxshilash, ularni Yangi O‘zbekistonda – yangicha dunyoqarash bilan yashashga undash maqsadida qilinayotganligini aytdi.

     Suhbat samimiy va qizg‘in ruhda davom etib, viloyat hokimi talabalarning taklif, murojaat va muammolarni tingladi. Uchrashuvda hech bir muammo yechimsiz qolmadi. Asosan yotoqxona, kredit masalasi bo‘yicha bayon qilingan muammolarni hal qilish bo‘yicha soha egalariga shaxsan topshiriq berdi.  

     Viloyat hokimi talabalarning ovqatlanishlari uchun yaratilgan sharoit bilan tanishish maqsadida institut oshxonasida bo‘ldi. Suhbat talabalar bilan birgalikda bir piyola choy ustida yana davom etdi.

    Shu kuni viloyat hokimi institutning 1-Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. TTJ da talabalar uchun 24 soat ishlab turadigan do‘kon faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek xonalar ikki qavatli krovatlar bilan jihozlanib va bu bilan yotoqxonaga extiyoji bo‘lgan 1400 nafar talabalar yotoq joy bilan ta’minlanganligidan mamnun ekanligini aytdi.  

AndMI axborot xizmati