Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

E`LON!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qaroriga asosan Andijon mashinasozlik institutida stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi.

 Andijon mashinasozlik institutida 2022 yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha ajratilgan kvota va uning ixtisosliklar kesimidagi

TAQSIMOTI

 Ixtisoslik shifri va nomi

2022 yil uchun kvota (soni)
Doktorantura (DSc) Tayanch doktorantura (PhD) Stajyor-tadqiqotchi
01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi 1 2 0
01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi 0 2 0
02.00.03 – Organik kimyo  0 1 0
02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi 0 1 0
03.00.10 – Ekologiya 0 2 1
05.01.02-Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash 0 0 1
05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish 0 4 1
05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi 0 9 2
05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari 0 2 0
05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va
robototexnika tizimlari
0 5 1
05.02.04 – Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish 0 3 1
05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stantsiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar 0 5 1
05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari 0 3 1
05.08.06 – G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish 0 9 2
08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi 1 2 1
08.00.06 – Ekonometrika va statistika 0 1 1
09.00.04 – Ijtimoiy falsafa 0 3 0
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) 0 5 2

 

TALABGORLAR TOMONIDAN TOPSHIRILISHI ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR

 

Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-son qarori 16-bandidagi talab bo‘yicha ilmiy ishlari yakka mualliflikda va ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga mos kelishi lozim).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Agar tanlangan ilmiy rahbar fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lsa ilmiy unvonini tasdiqlovchi attestati taqdim etilishi shart.

 Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib, Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

 Doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib, Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Hujjatlar 2021 yilning 15 oktyabr  (mazkur sana ham kiradi) sanasiga qadar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi.

 Manzil: Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 56-uy.

Murojaat uchun telefon raqami: 74-223-47-18.