Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 18 sentabr kuni “Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari” fakulteti dekani M.Sherboyev boshchiligida Mahallabay tadbirlari doirasida Andijon shahar  “Ozodlik ” MFY aholisi bilan 2021 yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo‘yicha  saylovoldi targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

MFY aholisiga Prezident saylovini O‘zbekiston fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilishi, saylov ochiq hamda oshkora o‘tkazilishi, saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘lishi , o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega ekanligi  haqida tushunchalar berildi. Xonadonlarda ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.

 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot xizmati