Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021 yil 16-sentyabr kuni institut Elektrotexnika hamda Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakultetlarining 1-kurs talabalari bilan birgalikda «Rektor va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv ochiq va samimiy suhbat ruhida o‘tdi. Suhbat avvalida U.M.Turdialiyev barcha tabalarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi hamda talabalikka tavsiya etilganligi bilan tabrikladi. Shuningdek so‘nggi yillarda yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida rektor o‘z hayot yo‘lidagi tajribalarini hayotiy misollar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek talabalarga o‘qish davomida chalg‘imasdan faqat ilm olishlari kerakligi to‘g‘risida aytdi. Talabalar tomonidan bo‘ladigan barcha murojaat va takliflarni o‘z vakolati va qonun doirasida yechib berishga tayyor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Talabalardan jamiyat kushandasi bo‘lgan korrupsiya va uning har qanday ko‘rinishidan uzoq bo‘lib, bu kabi holatlarga qarshi kurashda birgalikda turishlarini so‘radi. Talabalardan bo’lgan takliflar yuzasidan U.M.Turdialiyev o’sha joyning o’zida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Suhbat so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot xizmati