Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021 yil  9-sentyabr kuni Avtomobilsozlik hamda Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv kirish qismida institut rektori U.M.Turdialiyev talabalarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan muborakbot etib, ularni talabalik baxtiga muyassar bo‘lishgani bilan ham tabrikladi. Shundan so‘ng talabalar bilan ochiq suhbat boshlandi. Muloqot davomida talabalar tomonidan vaksinatsiya, talabalar turar joylari, ijara to‘lovi yarmining davlat tomonidan qoplab berilishiga doir savollariga javob berdi. Samimiy va ochiq, savol-javob ko‘rinishida o‘tgan uchrashuvda U.M.Turdialiyev talabalar tomonidan bo‘ladigan barcha murojaatlarni ijobiy hal qilib berishga tayyor ekanligini, shuningdek har qanday muammolar yuzasidan rektor botiga murojaat qilishlari mumkinligini aytib o‘tdi. Uchrashuvda korrupsion holatlar bo‘yicha ham so‘z borib, hozirgi shaffof holda o‘tayotgan imtihonlar fonida o‘qishga olib kirishni vada qilayotgan har qanday kimsalarning oddiy firibgar ekanligini ta’kidladi. Talabalardan o‘qish davomida ham korrupsion holatlardan uzoq yurishlarini va faqat bilim olishlarini so‘radi. Shuningdek rektor talabalarga qiziqishlari bo‘yicha har qanday sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.

1-kurs talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi ertaga ham davom etadi. Ertaga Elektrotexnika va Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakultetlari 1-bosqich talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.

 

 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot xizmati