Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

6-sentyabr kunidan boshlab yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi o‘quv yilining birinchi dars soatlari “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Shunday darslardan biri institut asosiy bino anjumanlar zalida institut Yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori A.Ermatov tomonidan Elektrotexnika fakulteti yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari bilan o‘tkazildi. A.Ermatov dars davomida talabalarga mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, taʼlim tizimidagi islohotlar xususida soʻz yuritdi. 30 yillik tariximiz davomida qо‘lga kiritilgan yutuqlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xalqning farovon hayotini ta’minlash, olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar tо‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek Andijon mashinasozlik instituti hamda yangi o‘quv yilidan boshlanadigan kredit-modul o‘quv tizimi haqida ham ma’lumotlar berildi.

 

 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot xizmati.