Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 6-sentyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy bino anjumanlar zalida institut rektori, Intellektual mulk agentligi mutaxasislari hamda institutda ilmiy faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, magistrature hamda bakalavr bosqichi talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida intellekual mulk obektlarini muhofazalashda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazining roli va intellektual mulk sohasidagi yangiliklar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarni institut rektori U.M.Turdialiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Kirish so‘zida ilmiy faoliyatning yurtimiz rivojida qanchalik foydali ekanligi, yangi innovatsion ixtirolar hamda seleksion yangiliklar va ularning mualliflik huquqini himoya qilish, ularga patent olish oldingidan ancha osonlashgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakili so‘zga chiqib intelektual mulk agentligi faoliyati haqida ma’lumotlar berdi. Ixtirolarga patent olish jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek mutaxassis yig‘ilganlar tomonidan berilgan bir qancha savollarga javob berdi.

 

Seminar yakunida Andijon mashinasozlik instituti hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida institutda “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini” tashkil etish to‘g‘risida hujjatlar imzolandi. Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyati yordamida institutimizda ilmiy faoliyat yuritayotganlar itirolar, innovatsion yangiliklarni patentlash uchun markaz tomonidan amaliy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.