Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutida yangi o‘quv yili boshlandi. Bugun institutning barcha fakultetlarida o‘quv yili ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Asosiy binoda o‘tkazilgan tadbirda institut rektori U.M.Turdialiyev so‘zga chiqib o‘quv yilida barcha talabalarga omad tiladi. Shuningdek institutga yangi qabul qilingan talabalarni imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganligi bilan tabriklab, o‘z tilaklarini bildirdi. O’quv yili ochilishi tadbirlari institutning boshqa binosida joylashgan binolarida ham institut prorektorlari ishtirokida o’tkazildi. 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari