Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“Kelajak liderlari” klub a’zoligiga tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan 807 nafar nomzodlardan hujjatlar kelib tushgan. Ulardan 195 nafar nomzodning hujjati 1-bosqichda saralandi. Tanlovning 2-bosqichi joriy yilning 27-30 iyul kunlari jami 195 nafar nomzodlar test.argos.uz saytida “Kelajak liderlari-2021” platformasi orqali test sinovlarida ishtirok etishgan va shundan, saralash natijasida 56 balldan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 80 nafar yosh nomzodlar 3-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.

Bugun tanlovning 3-bosqichi o‘tkazildi. Ushbu bosqichda ishtirokchilardan “Xalqni sevadigan davlat xizmatchisi” mavzusida yozma insholar olindi. Insholar tanlovi natijasiga mazkur bosqichdan muvafaqiyatli o‘tgan yoshlar.

15 avgust kuniga qadar 4-bosqichda suhbatdan o‘tkazilib, eng munosiblari tanlab olinadi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari