Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 15-iyun kuni Transport va Logistika suniy qoplamali minifutbol maydonida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti Talaba sport klubi tomonidan “Sportni sev-sport bilan yasha” shiori ostida futbol shousi tashkil etildi. Musobaqada Asaka, Marhamat, Andijon tumanlari Andijon shahri hamda Andijon mashinasozlik institutining jamoalari kuch sinashishdi. O‘yinlar olimpiya tizimida o‘tkazilib mag‘lub jamoalar musobaqani tark etib bordi. Yakunda barcha raqib jamoalarni mag‘lubiyatga uchratgan Marhamat tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqa so‘ngida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan o‘yinchilar institut rektorining maxsus sovg‘alariga ega bo‘ldilar.

 Institut talaba sport klubi rais o‘rinbosari A.Hayitov kelgusida yana shunday shoular o‘tkazilishi haqida ishtirokchilarga bildirib o‘tdi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari