Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Joriy yilning 26- iyun kuni «Ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va pedagogik kadrlarni tayyorlash» bo‘limi qoshidagi  «Doktorantlar maktabi» ning navbatdagi ilmiy-amaliy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Seminarda Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor U.A.Madrahimov, Ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va pedogogik kadrlarni tayyorlash bo‘lim boshlig‘i t.f.n., dots. Q.I.Xolmirzayev va barcha tayanch doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar qatnashdilar. Ilmiy-amaliy seminar kun tartibida   

  1. «Ayrim to‘yingan bir asosli karbon kislotalarning propargil efirlari asosida 1,2,3- triazol hosilalari sintezi va ularning hossalarini o‘rganish» dissertasiya mavzusi bo‘yicha prezentasiyasi. Ma’ruzachi: «Fizika va kimyo» kafedrasi 3 bosqich tayanch doktoranti F.Kirgizov
  2. «Yeyilgan detallarning yuzasini payvandlab qoplab, mustahkamligini oshirish texnologiyasi parametrlarini asoslash» dissertasiya mavzusi bo‘yicha prezentasiyasi. Ma’ruzachi: «TMJ» kafedrasi 3 bosqich tayanch doktoranti Sh.Yo‘ldoshev
  3. «Tola ajratish mashinalari yeyilgan detallarini payvandlab, qayta tiklash texnologiyasi parametrlarini asoslash» dissertasiya mavzusi bo‘yicha prezentasiyasi.    Ma’ruzachi: «TMJ» kafedrasi 3 bosqich tayanch doktoranti X.Xoshimovlarning dissertasiya mavzusi bo‘yicha amaliy va nazariy qilingan ishlarini taqdim qildilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari