Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutimiz xalqaro loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha Respublikamizda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Jumladan, institutimizda Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “INTRAS”: “Intelligent Transport Systems: New ICT based Master’s Curricula in Uzbekistan” (“Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi”) loyihasi bajarib kelinmoqda.

Rejaga ko’ra loyiha doirasida navbatdagi konsertsium uchrashuvi 2021-yil 28-29-iyun kunlari Andijon mashinasozlik institutida bo‘lib o’tadi. Konsertsium uchrashuvida Erasmus + milliy ofisi vakili, Akademik bo’lmagan hamkorlar,  o’qituvchilar, talabalar, INTRAS loyihasi hamkorlari vakillari oflayn shuningdek, yevropa ittifoqidagi hamkorlar onlayn tarzda ishtirok etishadi.

Konsertsium uchrashuvi dasturida O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 va “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizning yetakchi sanoat korxonalaridan biri “UZAUTO MOTORS” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif rejalashtirilgan.

Konsertsium uchrashuvi quyidagi dastur asosida ish olib boradi.

Seminar kun tartibi 

2021 yil 28-iyun
Vaqt Masalalar
9:30 – 10:00 Ro’yxatdan o’tish
10:00 – 10:30 Kirish so’zi: Rektor nutqi
10:30 – 11:30 Coffee break
11:30 – 12:00 WP 2. INTRAS loyihasini realizatsiyasi holati.
12:00 – 13:00 WP 3. “Yozgi maktab” faoliyati natijalari
13:00 – 14:00 Tushlik
14:00 – 15:00 WP 3. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish holati
15:00 – 15:30 WP 3. Laboratoriya mashg’ulotlarni tashkil etish holati
15:30 – 16:00 WP 3. Mustaqil ta’limni tashkil etish holati
16:00 – 17:00 Ko’rilgan masalalar muhokamasi.
19:00 Kechki ovqat
2021 yil 29-iyun
9:30 – 12:00 “UZAUTO MOTORS” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif
12:00 – 13:00 Tushlik
13:00 – 14:00 Hamkor OTMlarda Magistrlik dissertasiyalarining bajarilish holati
14:00 – 15:30 WP 4. Loyiha natijalarini tarqatish va barqarorligi
15:30 – 16:00 WP 5. Loyiha menejimenti holati.
16:00 – 17:00 Muhokama va qaror qabul qilish
17:00 Jo’nab ketish