Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Har safar yurtboshimizning ma’ruzalarini zo‘r qiziqish bilan kuzatar ekanmiz, mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi fikr mulohazalari barchamizda katta taassurot qoldiradi.

Kuni kecha prezidentimiz raisligida yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash, oliy ta’limdagi isloxotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan video selektor bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda yurtboshimizni tizimni isloh qilish bo‘yicha bildirib o‘tgan fikrlari barchamizni birdek quvontirdi.

Ayniqsa, tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha 4 ta ustuvor vazifani belgilab berishi, undagi, oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish, o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovasiyani rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish kabi muhim omillarga to‘xtalib o‘tgani yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lmoqda.

Shuningdek, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan Davlat ta’lim standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish, o‘qitilayotgan fanlarni mazmunan qayta ko‘rib chiqish, mutaxassislik fanlarni ko‘paytirish hamda talabalarga mustaqil ilmiy izlanish uchun imkoniyat yaratish kerakligi to‘g‘risidagi bildirib o‘tgan fikrlari faoliyatimizning asosiy mezoniga aylanadi.

Prezidentimizning ma’ruzalarini tinglar ekanmiz, yutuqlarimiz bilan birgalikda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv ishlarini bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish, ayrim o‘quv darslari zamon va bozor talabiga emas, balki professor-o‘qituvchilarga moslashganligi  to‘g‘risidagi bildirib o‘tgan tanqidiy fikrlari o‘ylaymanki, barchamizni o‘z vazifamizga yanada mas’uliyat bilan yondoshishimiz kerakligini anglatadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda kechayotgan yurt taraqqiyoti,  islohotlar muvaffaqiyati yuqori bilim va malakaga ega mutaxassislarga bog‘liq. Bugungi shiddatli yangilanish davrida Prezidentimizga kamarbasta bo‘laylik, yangi O‘zbekistonning uyg‘onish davrida faol ishtirok etib, berilgan ishonch va salohiyatimizni ezgulikda ko‘rsataylik.

Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev – Andijon mashinasozlik instituti rektori