Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy islohotlar boshlanib ulgurdi.

     2021-yilning 3-iyun kuni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Ermatov, Amerika Qoʻshma Shtatlari dasturi boʻyicha volonter, mutaxassis oʻqituvchi Alon Schneidman ETA hamda xalqaro boʻlim ingliz tili oʻqituvchisi Saodat Erkaboyevalar Andijon shahrida joylashgan 14-umumta’lim maktabining xorijiy til o‘qituvchilari uchun ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha master-klass o‘tishdi.

 

AndMI axborot xizmati