Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 3-may kuni institut 1-TTJ da istiqomat qiluvchi qizlar ishtirokida qizlar orasida “Sog‘lom turmush tarsi profilaktikasi” mavzusida institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, institut shifokori M.Xalimova, Transport va Logistika fakulteti dekan muovini G.Yusupova, Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti dekan muovini O.Sotiboldiyeva, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchisi M.Xojimuhammedovalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda TTJ ichki tartib qoidalariga amal qilish, TTJ maishiy xonalaridan to‘g‘ri foydalanish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, eng namunali qizlar xonasi tanloviga munosib nomzodlarni TTJ da aniqlash, tozalikka rioya qilish, elektr jihozlaridan oqilona foydalanish kabi masalalarda maslahatlar va tavsiyalar berildi.   

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari