Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutining 2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashga ko‘maklashish maqsadida 2021 yil 01 iyun kuni soat 1000 da institutning katta majlislar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Q.Ermatov,  «Uzautocomponents» MChJ boshqarmasining xodimlar bilan ishlash bo‘lim yetakchi mutaxassisi O.Komilov, xodimlarni tanlash bo‘limi mutaxassisi X.Temirov,  “Uz Irae Climat Kontrol” Q/K xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i G.R.Tojiboyeva,  “Uz Xanvu” Q/K xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i D.V.Sirojidinov, “Uz Dong Yang Ko” Q/K xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i M.M.Bobojonov, “UzAutoMotors”AJ xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i B.B.Uraimov, “UzAutoMotors”AJ xodimlar bilan ishlash bo‘lim mutaxassisi J.D.Xamidov, Davlat mehnat inspeksiyasi xodimi X.S.Azimovlar hamda institut Marketing va talabalar amalyoti bo‘limi boshlig‘i S.T.Yorqulov, 150 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

“UzAutoMotors”AJ xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i B.B.Uraimov oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli yoshlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kasbga yo‘naltirish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida tushunchalar berdi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha javoblarni oldilar. Andijon mashinasozlik institutining bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlanishi uchun takliflar kiritdilar hamda uchrashuvga yig‘ilgan qo‘shma korxonalarda ishlash istagi bor 130 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar bilan test o‘tkazildi va natijalari e’lon qilindi. Testdan o‘tgan talabalarni ishga qabul qilish uchun 2021 yil 02.06 kuniga suhbat o‘tkazish rejalashtirib olindi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari