Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Xalqaro veb-seminar 31 mayda Axborot resurs markazi Faollar zalida tashkil etildi. Andijon mashinasozlik instituti tomonidan Fizika va kimyo kafedrasi mudiri dotsent G.A.Umarova seminarini tashkil etish va ishtirokchilarni ta’minlash bo`yicha mas`ul hamda Rossiya Federatsiyasi Ufa davlat neft-texnika universiteti tomonidan «Gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri dotsenti, tarix fanlari nomzodi E.A. Muxtasarova bilan tashkil etildi.

Ta’lim jarayoni sifatini oshirish, shuningdek, o’qitish yo’nalishlari bo’yicha asosiy ta’lim dasturlarini amalga oshirishda interaktiv texnologiyalardan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkil etish shakllari va usullarini takomillashtirish maqsadida  Rossiya Federatsiyasi Ufa davlat neft texnika universiteti «Neft va gaz biznesi» va «Neft va gaz uskunalari va texnologiyalari» hamda Andijon mashinasozlik instituti Xalqaro fakulteti «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi», Elektrotexnika fakulteti «Energotejamkorlik va energotexnologiyalar» 1 kurs talabalari bilan o`tkazildi.

Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasining filiali «Ufa davlat neft texnika universiteti»  Oktyabrskiydan dotsent R.N. Yusupov so`zga chiqdi va  «Коммуникация с точки зрения философии» (Falsafa nuqtai nazaridan aloqa) mavzusi bo’yicha ma’lumot berdi hamda talabalar tomonidan savol – javoblar bilan fikr almashildi. 

Andijon mashinasozlik institutidan «Gumanitar fanlar» kafedrasi dotsenti G.Bozorova ushbu mavzu bo`yicha batafsil ma`lumotlar va misollar keltirdi va o`z so`zi yakunida minnatdorchiligini bildirdi.             Seminar yakunida Fizika va kimyo kafedrasi mudiri dotsent G.A.Umarova institut nomidan ushbu xalqaro veb-seminar tashkil etganlarga dotsent Э.А. Мухтасарова va Х.Д. Закироваlarga hamda qatnashgan talabalarga o`z minnatdorchiligini bildirdilar.