Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi dolzarb va ayni damda zarur masalalar qatorida.

     Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik harakati targ‘iboti ta’sirchanligini yanada oshirish, kitobning yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdagi ahamiyati to‘g‘risida talabalarning tasavvurlarini yanada boyitish, iste’dodli va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida 2021-yilning 31-may kuni Axborot resurs markazida «Kitobxon talaba» tanlovi bo‘lib o‘tdi.

     Tanlovda jami 3 ta shart bo‘yicha talabalarning bilimi sinovdan o‘tkazildi.

     “Eng bilimdon kitobxon” sharti. Bu shartda badiiy adabiyotlar asosida tuzilgan test  (50 ta savoldan iborat) savollariga javob berish uchun talabalarga 30 daqiqa vaqt ajratildi.

     “Savol-javob” sharti. Bunda, kitobxonlar badiiy adabiyotlar asosida tuzilgan savollarga 5 daqiqa ichida javob berishlari belgilangan bo‘lib, ushbu shartda ham talabalar munosib ishtirok etdilar.

     So‘ngi 3-shart qaysidir ma’nodan teng kewlayotgan kuchlarni saralashga yordam berdi. “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha erkin mavzu” sharti. Kitobxon targ‘ibot jarayonida o‘zi o‘qigan asarlarning kuchli va ta’sirchan tomonlarini ochib berishi hamda ushbu asarlardan olgan taassurotlarining o‘z hayot yo‘lida tutgan o‘rniga ahamiyat qaratishi lozim bo‘lib, taqdimot uchun 5 daqiqa vaqt berildi. Mazkur shartdan so‘ng 1-2-3 o‘rin egalari aniqlandi.

     G‘oliblarga tanlov tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Yakunda Avtomobilsozlik fakulteti «Biotibbiyot muhandisligi» yo‘nalishi 1-kurs K-0820 guruh talabasi Jaloldinova Nozimaxon Isroiljon qizi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Endilikda ushbu talabamiz tanlovning viloyat bosqichida institutimiz sha’nini himoya qiladi. Talabamizga kelgusi tanlovlarda omad tilab qolamiz. 

  

 

AndMI matbuot xizmati