Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish to’g’risida»gi  PQ-3012 hamda “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032 qarorlari bugungi kunda mazkur sohalarning  oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari uchun juda ko‘plab vazifalarni belgilab bermoqda. Shu o‘rinda Andijon mashinasozlik institutida ham “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi tomonidan talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.

     Jumladan muqobil energiya manbalari kafedrasi tomonidan, doktorantlar magistrlar va talabalarni ilmiy faoliyatlarini tashkil etishga alohida e’tibor va shart -sharoitlar yaratib berilmoqda.

     Xususan, 26-27-may kunlari “Muqobil energiya manbalari” qoshidagi  “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va materialshunosligi” o‘quv-ilmiy laboratoriyasida 2-kurs talabalari uchun  “Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish” mavzusida ilmiy – amaliy seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

     Ushbu seminarning maqsadi institutda tahsil olayotgan talabalarning ilmiy  faoliyatga jalb etish va ularga amaliy ko‘mak berishdan iborat. Bu amaliy seminar kafedra qoshidagi “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va materialshunosligi” o‘quv -ilmiy laboratoriyasi o‘qituvchilari, yosh doktorantlari va magistrlari A.Yusupov, I.Anorboyev, U.Axmadaliyev va I.Xojimatovlar  tomonidan olib borildi.

     Amaliy seminarda talabalar laboratoriya sharoitida ishlash uchun mo‘ljallangan quyosh konsentratorlari yasalishi va ishlash prinsipini o‘rganish, quyosh konsentratorlari va ular yordamida yangi turdagi termoelektrik materiallar olish, olingan termoelektriik materiallarning volt-amper xarakteristikalarini o‘rganish bo’yicha amaliy ko‘nikmalar oldilar.

 

 

AndMI matbuot xizmati